|
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarining rivojlanishi bo‘yicha hukumat qarorlari va farmoyishlarini o‘rganish
|
bet | 1/3 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 22,08 Kb. | | #102696 |
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarining rivojlanishi bo‘yicha hukumat qarorlari va farmoyishlarini o‘rganish.
Reja:
Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash bo’yicha qarorlar .
Avtomabil yo’llarida harakat harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan farmoyishlar .
Avtomabil yo’llarini yanada rivojlantirish boyicha qarorlar .
Avtomabil yo’llarini loyihalashtirish,qurish,rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash bo’yicha qarorlar .
Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
Ayni vaqtda, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi.
Shu bilan birga, respublikada yo‘l qurilish ishlari sifatini oshirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud.
Jumladan, yo‘l tarmog‘iga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning yo‘qligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini bermayapti.
Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachi va pudrat tashkilotlari o‘rtasidagi shartnoma uchun Red Book (Qizil kitob) "Conditions of Contract for Works in Civil Engineering Construction" deb nomlangan andozaviy shartnoma ishlatiladi.
Qurilish ishlari sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni qo‘llash - nafaqat yuqori sifatli qurilish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha masalalarni hal qilishni tartibga soladigan sifat menejmenti tizimini yaratishga balki uni amalda qo‘llashga imkon beradi. Buning uchun konsalting xizmatlari bozorini rivojlantirish kerak.
Yo‘l qurilishida shaffoflik me’zonlarini joriy qilish maqsadida sohaga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Shaffof yo‘l” onlayn axborot platformasi ishga tushirilgan. Ushbu platformada avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash obyektlarining interaktiv onlayn xaritasi ishlab chiqilgan, unda avtomobil yo‘li uchastkasida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati haqida fuqarolar tomonidan izoh qoldirish imkoniyati ham yaratilgan.
2023-2027 yillar davomida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan jami 92 183 km avtomobil yo‘llarini, 1 532 ta dan ortiq ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilishda deputatlar avtomobil yo‘llari sohasida buyurtmachi, nazorat va xo‘jalik funksiyalarini aniq chegaralash, sohaga xususiy pudrat korxonalarini keng jalb qilish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, yo‘l qurilish korxonalarida mehnat unumdorligini, ishlab chiqarish hajmlari va sifatini oshirish, raqamli yechimlarni joriy etish, moliyaviy oqimlarni maqbullashtirish hamda avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy korxonalarni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlarni ohiriga yetkazish lozimligini ta’kidladilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarining rivojlanishi bo‘yicha hukumat qarorlari va farmoyishlarini o‘rganish
|