• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Mavzu: shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash. Reja




    Download 8.87 Mb.
    bet1/6
    Sana27.03.2024
    Hajmi8.87 Mb.
    #178431
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    11-amaliy
    Mehnat muhofaza 39, 01-04, Rustamov Asadbek, Hisobot-saylov yig‘ilishi bayoni, 2 5407079099397047175, JAMIYAT FALSAFASI VA INSON FALSAFASI, Академик алмашинув келишуви УрДУ, Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi, 9-sinf kirish testi informatika, Image to PDF 20230315 18.28.23, 5, Boʻlinish alomatlari, Djoldasov Aybol, 2 5271607442810081252, abbosbek

    MAVZU: SHAHAR YO‘LLARINI SAQLASH VA TA’MIRLASH.


    Reja:
    1.Transport vositalarining yo‘l to‘shamasiga ta’siri
    2.Shahar yo‘llari to‘shamalaridagi deformatsiya turlari
    3.Shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash turlari
    4.Shahar yo‘llarida qishki mavsumda bajariladigan tadbirlar
    5.Shahar hududida transport shovqiniga qarshi chora tadbirlar.
    Tayanch so‘zlar va iboralar: Ta’mirlash, saqlash, qishki saqlash, ko‘kalamzor- lashtirish, ta’mirlashlararo oraliq muddat.

    Shahar yo‘llarini ta’mirlash va saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil qiladi:



    • yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifiga va ta’mirlashlar oraliq muddatini ta’minlashga muvofiq avtomobil yo‘llarini o‘z vaqtida va sifatli saqlash hamda ta’mirlashni tashkil qilish;

    • yo‘l va uning inshootlarini texnik holatini baholash va doimiy nazorat qilish;

    • piyodalar va transport vositalari harakat xavfsizligini, yo‘l va inshootlar texnik va ekspluatatsion holatini oshirish bo‘yicha yillik va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • yo‘l va ko‘priklarning harakat uchun xavfli bo‘laklarini aniqlash va hisobga olish, shu bilan birga yilning turli davrlarida harakat xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • harakatni cheklanishi va uzilishini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, mavsumiy deformatsiyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish, yo‘ldagi harakat sharoiti haqida manfaatdor tashkilotlarni va harakat ishtirokchilarini o‘z vaqtida xabardor qilish;

    •  yo‘l va uning inshootlarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish, harakatni hisobga olish, yo‘l va ko‘priklar holati haqida ma’lumotlarning avtomatlashgan bazasini, axborot‑qidiruv va boshqa avtomatlashgan tizimlarni tashkil qilish va rivojlantirish;

    • yo‘l tashkilotlari va avtomobil yo‘llaridagi tezkor aloqa barcha vositalarini, avtomatika, telemexanika va kuzatuv kameralari doimiy sozligini saqlash, ushbu vositalarni takomillashtirish, harakatni avtomatik boshqarish uchun ularning qo‘llanilishini kengaytirish;

    • yo‘llarni muhandislik va arxitektura‑badiiy jihozlash loyihasiga topshiriqlar tayyorlash, obodonlashtirish, arxitektura‑badiiy bezash, manzaraviy va qordan, qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;

    • shahar yo‘llarini o‘z vaqtida ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan binolarni, inshootlarni, mashinalarni, transport vositalarini va boshqa asosiy fondlarni samarali ishlatilishini ta’minlash;

    •  yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari sifatini oshirish va bahosini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, buning uchun yangi fan va texnika yutuqlarini hamda ilg‘or tajribalarni, zamonaviy texnologiyalarni, mahalliy qurilish materiallarini qo‘llash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash hamda qo‘l mehnatini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

    • IIV boshqarmalari va mahalliy hokimiyat bilan birgalikda yo‘l va uning inshootlarini qo‘riqlashni taminlash, yo‘l va uning inshootlarini qo‘riqlanishi va ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish, yo‘llarni ta’mirlash va saqlashda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

    Shahar ko‘chalari va yo‘llarining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi. Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘ratma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi suniy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi.


    Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, silliq va suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi. Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi. Iqlim va ob-havo tabiat faktorlarining asosiy qismi bo‘lib, yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga, avtomobillarning harakat rejimi va harakat xavfsizligiga hamda ularning ishlash qobiliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
    Shahar ko‘cha yo‘lari turli xil ta’sirlar va tabiiy omillar ostida ishlaydi. Bu ta’sir etuvchilar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi.
    1. Yo‘l poyi va to‘shamasini mustahkamlik va xizmat muddatiga ta’siri;
    2. Yo‘lning qoplama yuzasida bo‘ladigan o‘zgarishlari, g‘ildirak bilan qoplamani ilashish xususiyatlarini pasayishiga olib keladi.

    Download 8.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 8.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash. Reja

    Download 8.87 Mb.