• 2.2. Simsiz tarmoq turlari..................................................................10
  • 3.1.Wifi simsiz tarmoq haqida ...............................................................16 3.2.Wifi simsiz tarmoq imkoniyatlarihaqida ......................................18
  • VI .FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………..39 KIRISH .
  • Mavzu: simsiz tarmoqlar xavsizligi mundarija: I. Kirish




    Download 3.41 Mb.
    bet1/13
    Sana27.06.2023
    Hajmi3.41 Mb.
    #75893
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Ro\'ziboyeva Zuxra
    1-маъруза, To\'xtamurodova Mashhura, Shk va ofis qur tex xiz majmua, Mo\'minova Salomat, BOG\'DAGUL, MALUMOTLAR BAZASI, TEMURIYALAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR., EFFECTIVE STUDY HABITS, HEALHTY WAY OF LIFE, 5А320901-To‘qimachilik-maxsulotlari-texnologiyasi-to‘qimatrikotaj, 7-mavzu. Sportchi shaxsida xotira va uning ahamiyati, Jasur Baxromovich., JavaScriptda o‘zgaruvchilar, ma’lumotlar turlari, operatorlar, m-fayllar.org (1), Yen Sanoat. 2022 IO\'D

    MAVZU: SIMSIZ TARMOQLAR XAVSIZLIGI
    MUNDARIJA:
    I. KIRISH………………………………………………………………2

    1. NAZARIY QISIM

    2.1.Simsiz tarmoq haqida ......................................................................7
    2.2. Simsiz tarmoq turlari..................................................................10
    2.3.Simsiz tarmoq tarixi......................................................................14

    1. TEXNOLOGIK QISIM

    3.1.Wifi simsiz tarmoq haqida ...............................................................16
    3.2.Wifi simsiz tarmoq imkoniyatlarihaqida ......................................18
    3.3.Wifi simsiz tarmoq xafsizligi haqida ..............................................23
    IV. MEXNAT MUXOFAZASI………………………………………34
    V.XULOSA……………………………………………………………...38
    VI .FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………..39


    KIRISH .
    Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
    Axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:.(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)

    2020-yilda tashkil etiladigan, informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari hamda ularga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy va innovatsiya markazlari, hamda ishlab chiqarish korxonalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)


    2020 — 2023-yillarda informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son) (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)5. Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: (5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son) a) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:ixtisoslashtirilgan va boshqa umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining “Bir million dasturchi” loyihasiga oid o‘quv dasturlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va IT-parkning mablag‘lari hisobidan har yili bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimini joriy qilsin;b) umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturini ishlab chiqish doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiqlashtirsin;.
    b) (5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
    6. Ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan tashkilotlarning ushbu maktablarni muqobil darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘qituvchilari malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
    Belgilansinki, ixtisoslashtirilgan maktablarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni zamonaviy jihozlar, mebel, kompyuter va tashkiliy texnika bilan jihozlash, shuningdek, o‘quv adabiyotlari, metodik qo‘llanmalar va boshqa vositalar bilan ta’minlash quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537-son qaroridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlarida nazarda tutilgan moliyalashtirish manbalari;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjetlari qo‘shimcha manbalari va budjetdan tashqari mablag‘lari;ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari, ilmiy va innovatsiya markazlari hamda ishlab chiqarish korxonalarining homiylik mablag‘lari;xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik ko‘magi va grant mablag‘lari;homiylik mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. (7-band
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
    8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini sertifikatlash milliy tizimini joriy qilsin.
    9. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi.


    Download 3.41 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 3.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: simsiz tarmoqlar xavsizligi mundarija: I. Kirish

    Download 3.41 Mb.