• 5. Qisqacha sinxron mashinalarni qozgalish usullari.
  • Mavzu: Sinxron generatorda qisqa tutashuvlar. Reja: Kirish




    Download 239.74 Kb.
    bet1/5
    Sana06.05.2023
    Hajmi239.74 Kb.
    #57007
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2) zafarbek 2 etq
    6 Qalay, amaliy mexanika, Mavzu O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Reja. O‘zgarmas tok-www.fayllar.org

    Mavzu: Sinxron generatorda qisqa tutashuvlar.





    Reja:


    Kirish
    1. Sinxron mashinalarning tuzilishi va vazifalari.
    2. Sinxron generatorning ishlash prinsipi.
    3. Sinxron dvigatellar va generatorning tavsiflari.
    4. Sinxron mashinalarda qisqa tutashuvlar

    5. Qisqacha sinxron mashinalarni qo'zg'alish usullari. 


    Xulosa
    Foydalanishlan adabiyotlar

    Kirish
    Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator toʻkining chastotasi {\displaystyle f={\frac {pn}{60}}}  nisbat orqali bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan toʻk mashinasi sinxron mashina deb ataladi.

    Stator va rotor sinxron mashinaning asosiy qismlari hisoblanadi.
    Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotehnik poʻlat yaproqchalardan yegʻilgan boʻlib, silindrsimon yahlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali oʻzgaruvchan toʻk choʻlgʻamlari joylashtiriladi.
    Sinxron mashinalar elektr generatorlari, dvigetellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi. Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik husuiyatlariga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati 800 kVa (kilovatt) va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan. Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha kam boʻlib, 500 — 600 kVa ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper — transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi.


    1. Sinxron mashinalarning tuzilishi va vazifalari

    Sinxron mashinalar asinxron mashinalar kabi o‘zgaruvchan tok mashinalari hisoblanadi. Sinxron mashinalar ham generator, ham dvigatel sifatida ishlatiladi.
    Elektr ta’minotida sinxron generatorlar asosiy elektr energiya manbai sifatida ishlatiladi. Sinxron generatorlar bug‘, gaz va gidravlik turbinalar yordamida harakatga keltiriladi. Birinchi holatda ular turbogeneratorlar, ikkinchi holatda esa gidrogeneratorlar deyiladi. Elektrstansiyalardagi sinxron generatorlar quvvati 1200 MVt ga etadi. Avtonom ishlovchi elektrstansiyalardagi sinxron generatorlarning quvvatlari uncha katta bo‘lmay, dizelp dvigatellari yoki gaz turbinalar yordamida ishga tushiriladi.
    Sinxron dvigatellar o‘zgarmas aylanish chastotasiga ega bo‘lib, tezlikni sozlash talab qilinmagan hollarda foydalaniladi. Sinxron dvigatellar katta quvvatga ega bo‘lib, metallurgiya zavodlarida, shaxtalarda va boshqa korxonalarda nasoslar, kompressorlar, ventilyatorlar va boshqa qurilmalarning mexanizmlarini ishga tushirishda ishlatiladi. Avtomatik o‘zi yozar qurilmalar, avtomatik soatlar va aylanish tezligi bir xil bo‘lishi talab qilingan boshqa sohalarda turli sinxron dvigatellardan foydalaniladi.
    Sinxron mashinalar asinxron mashinalardan farqli ravishda turli reaktiv quvvatlarda ham ishlashi mumkin. Ular korxonalarning quvvat koeffitsientini yaxshilash imkoniyatini beradi. Katta korxonalarda, salt ishlash rejimidagi maxsus mashinalar o‘rnatiladi. Ular tarmoqqa reaktiv quvvat beradilar. Bu quvvat asinxron dvigatellar tomonidan iste’mol qilinadi. Bu mashinalar asinxron kompensatorlar deyiladi.
    Sinxron mashinani statorining konstruktiv tuzilmasi xuddi asinxron mashina statori kabi bo‘ladi.
    R otor konstruktiv tuzilishiga ko‘ra yaqqol namoyon qutbli (14.1-rasm, a) va yaqqol ko‘rinmaydigan qutbli (14.1-rasm,b) rotorlarga bo‘linadi. Rotorda uyg‘otish cho‘lg‘ami joylashgan bo‘lib, u o‘zgarmas tok manbasidan kuchlanish oladi. YAqqol namoyon rotor po‘lat listlardan yig‘iladi. Ular ko‘p miqdorda qutblarga ega bo‘lib, ularga cho‘lg‘amlar joylashgan bo‘ladi. Bunday rotorlar gidrogeneratorlarda ishlatiladi, ularning aylanish tezligi katta bo‘lmaydi. Kichik aylanish tezligida standart chastotali kuchlanish olish uchun, ko‘p miqdorda juft qutblar bo‘lishi kerak. Katta quvvatli gidrogeneratorlarning vali vertikal joylashgan bo‘ladi.


    14.2 – расм

    14.1 – rasm.
















    YAqqol ko‘rinmaydigan qutbli rotor maxsus po‘latdan yasaladi. Ularda pazlar frezlangan bo‘ladi. Pazlar rotorning taxminan 2/3 qismini tashkil etadi. Ularga cho‘lg‘amlar joylashtiriladi va juft qutb (r=1) hosil qilinadi. Ularning vali gorizontal joylashadi va turbogeneratorlarda ishlatiladi. Valning aylanish tezligi 3000 ayl/min ni tashkil etadi.
    3000 ayl/min aylanish chastotasiga ega bo‘lgan sinxron dvigatellar va kompensatorlar gorizontal holatda ishlab chiqariladi. Ularning rotori yaqqol ko‘rinmaydigan qutbli bo‘ladi. 100 dan 1000 ayl/min chastotasida yaqqol namoyon qutbli bo‘ladi.
    Uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok generatoridan ta’minlanadi. Bu generator sinxron mashina rotorining valiga joylashtiriladi. O‘zgarmas tok cho‘tkalar orqali valga o‘rnatilgan xalqalarga beriladi (14.2-rasm).


    1. Download 239.74 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 239.74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Sinxron generatorda qisqa tutashuvlar. Reja: Kirish

    Download 239.74 Kb.