Mavzu: smm platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Telegram, Instagram tarmoqlari




Download 438.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana06.05.2023
Hajmi438.87 Kb.
#57301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ma\'ruza SMM
Muhandislik va kompyuter grafikasi, Umumiy pedagogika fanidan 2 topshiriq sirtqilar uchun 1 (2), - MO\' turlsr-TATU, Aytmuratova Kamila menejment, Sarvinoz Mustaqil ish, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning didaktik g’oyalar, aniq integralning asosiy xossalari va aniq integrallarni hisoblash, ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI, Bayonnama Yengil atletika — 7 (2), Mirzoanvar dasturlash deadline 2, 140, bbetlik, 8- Informatika I chorak monitoring test, 1702050354


Mavzu:SMM platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, 
Telegram, Instagram tarmoqlari. 
SMM(Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, 
tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish. 
Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra, mijozlar biron tovarni sotib olishdan 
yoki xizmatdan foydalanishdan avval o'rtacha 10.4 ta maqolani o'rganib chiqishar 
ekan. Oddiy foydalanuvchi o'rtacha 5.8 ta akkauntga ega bo'lib, ularni 2.8 tasidan 
faol ravishda foydalanar ekan. Bu esa mahsulot yoki xizmat egalarida aynan shu 
muhitlarda foydalanuvchilar bilan aloqani yo'lgda qo'yish, o'z mahsulot yoki 
xizmarlarini aynan shu muhitlarda reklama qilish, uni qo'llab-quvvatlash zaruratini 
tug'diradi. 
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - juda effektiv qurol bo'lib, uning yordamida, 
ijtimoiy tarmoqlardan, bloglardan, kundaliklardan va forumlardan saytga 
foydalanuvchilarni jalb etish mumkin. Foydalanuvchilar va potensial mijozlarni 
jalb etishni reklama yordamida sotib olish mumkin. Ammo potensial auditoriyani 
sotib olish mumkin emas. Uni ishonchini qozonish mumkin. Ijtimoiy medida 
muhitlar - bu mijozlar/foydalanuvchilar bilan muloqot qilish quroli. Hozirgi kunda 
bu auditoriyani teletomoshabinlar auditoriyasi bilan solishtirish mumkin. Eng katta 
farqi shundagi, bu auditoriya teletomoshabinlar auditoriyasidan ko'ra ancha 
ehtiyotkor, faolroq va juda diqqatlidir. SMM reklamadan ko'ra ko'proq PR'ga 
o'xshash. SMM bu bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari 
bilan ishlashdir. 

SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo'lgan vazifalar: 

brend yaratish va uni yurgizish/tanitish; 

brendni mashhur qilish, unga bo'lgan qiziqishni oshirish; 

PR; 

kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish; 

mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo 
bo'lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko'rsatish. 
SMM hozirda bajaradigan vazifasiga ko'ra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. 
Shunga qaramay, hozirda ko'pchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning 
kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi. 
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - hozirda nafaqat katta kompaniyalar, o'z bozorlari 
faollari, balkim, o'rta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida 
foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, o'z mijozlari bilan qayta aloqani yo'lga 
qo'yishmoqda. 
Odatiy ijtimoy mediada marketing quroli: 

har xil muhitlarda bloglar yaratish, uni ma'lumotlar bilan to'ldirish va bu 
resursni tanitish; 

blogni yurgazish; 



tematik saytlarda, guruhlarda mahsulot yoki xizmatni qo'llab-quvvatlash 
bilan shug'ullanish; 

tematik forumlar yaratish, ularda mahsulot yoki tovar yuzasidan beriladigan 
savollarga javob berish; 

kompaniya nomidan munozara va mulohazalarda qatnashish; 

virusli marketing; 

mahsulot yoki xizmatga bo'lgan yaxshi va yomon kayfiyatlarni kuzatib 
borish; 

kompaniya internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash, optimizatsiya 
qilish. 
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing kompaniya saytini SMO - Social Media 
Optimization talablariga moslashni ham talab qiladi. 

Download 438.87 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 438.87 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: smm platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Telegram, Instagram tarmoqlari

Download 438.87 Kb.
Pdf ko'rish