• Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslaridan foydalanishni huquqiy tartiblash
  • Mavzu: Soha axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari




    Download 2.12 Mb.
    bet1/4
    Sana26.07.2023
    Hajmi2.12 Mb.
    #77338
      1   2   3   4
    Bog'liq
    sohada axborot
    Abdumalikova 2665, 1698346213 (1), 072-023-22 guruhlar 1-mustaqil ish (3), 2-Amaliy 2-topshiriq, Ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash va dekodlash rejjkhjghfgfghj, cho\'lpon oy

    Mavzu: Soha axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari


    Reja:


    1. Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslaridan foydalanishni huquqiy tartiblash

    2. Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslari asosida hujjatlarni shakllantirish.


    3. Interaktiv xizmat turlari.



    1. Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslaridan foydalanishni huquqiy tartiblash


    Davlat boshqaruv organlari axborot resurslaridan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxsning identifikatsiyalash zarurligi tufayli, fuqaroning hukumat axborot resurslaridan foydalanishini texnologik tartiblash zarur. Odatda fuqaroning hukumat interaktiv xizmati axborot resursidan foydalanishi ikki ko‘rinishda amalga oshadi. Hukumat axborot resurslaridan foydalanuvchi shaxslarni identifikatsiyalash qonunchilik bilan tartiblanadi, hamda fuqaroga ma’lumot olish huquqini beradi yoki cheklaydi.
    Birinchi ko‘rinishdagi axborot resurslariga ruxsat, ma’lumot olishga ruxsat berilgan shaxsni avvaldan identifikatsiyalash bilan harakterlanadi. Bu turdagi ixtiyoriy ma’lumotga ruxsatlar cheklangan doiradagi ruxsat hisoblanadi, masalan, davlat sirlariga bog‘liq yoki shaxsiy ma’lumotlar. Identifikatsiya ma’lum bir shaxsning quyidagi ma’lumotlarni olishlari uchun zarur:

    • bevosita ushbu shaxsga aloqador bo‘lgan ma’lumotlar, ya’ni tashkilot yoki xodimlarning o‘zlarining ma’lumotlarini olishga ruxsati bo‘lgan, ularning huquq va majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy ma’lumotlarga ruxsati bo‘lganda;

    • ma’lum bir shaxsning o‘z lavozimiga bog‘liq majburiyatlarini bajarish uchun zarur ma’lumotlar, bu o‘z ichiga shaxsning davlat sirlariga bog‘liq ma’lumotlar bilan ishlashini, yoki huquqni muhofaza qilish organlari xodimi yoki tibbiiyot xodimlarining shaxsiy sirlaridan xabar topishni oladi.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday shaxs faqat identifikatsiya qilinganidan so‘ng ma’lumot olish huquqiga ega bo‘ladi. Masalan, shunday model yordamida fuqaro va tashkilot manzillari haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsatni tashkil etish mumkin. Ma’lumot har qanday shaxsga faqat identifikatsiya qilingandan so‘ngina taqdim etilishi mumkin.
    Ushbu model asosida davlat organlari ma’lumotlarini taqdim etish, buyurtma berilishi orqali tashkil etiladi. Ma’lumotga bunday turda ruxsat berilishi tanqidga haqqoniy sazovor, chunki ma’lumot olgan, identifikatsiyalangan shaxsga ma’lumotni tarqatmasligi haqida mas’uliyat yuklab bo‘lmaydi, shuningdek bunday ma’lumotni nazorat qilish samara bermaydi. O‘zini identifikatsiya qilish ma’muriyatchi uchun qulay to‘siq bo‘lib, ma’lum darajada korrupsion salohiyatga ega bo‘lishiga imkon yaratadi.Ma’lumotga avvaldan identifikatsiyadan o‘tish orqali ruxsatga ega bo‘lgan shaxs ma’lumotga bo‘lgan ruxsatnomasini, shaxs haqidagi ma’lumotlarini, olgan ma’lumotlarini, olingan ma’lumot tarkibi va ma’lumot taqdim etilgan vaqt haqidagi ma’lumotlarni saqlashi talab etiladi.
    Ma’lumotga ruxsat berilishning ikkinchi ko‘rinishi ruxsatga ega bo‘lgan shaxsdan identifikatsiyalash talab etilmagan hol. Bu turdagi ma’lumotlarga ruxsat berilishi, har qanday shaxsning identifikatsiyasiz ma’lumot olish huquqiga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bunday hollarda davlat axborotlarini taqdim etish davlat majburiyati hisoblanadi.Elektron hukumat interaktiv xizmatidan foydalanishni huquqiy tartiblashning tashkiliy chora tadbirlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
    - interaktiv xizmat elektron xujjat ma’lumotlarini muhofaza qilishni ta’minlashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qilish;
    - elektron xujjat ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar bo‘lgan, ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi foydalanuvchilari va administratorining mansabdor shaxslarini belgilash;
    - elektron hukumat interaktiv xizmatlarida ob’ektlararo hujjat aylanishi bosh administratori serveridagi ma’lumotlar bazasining rezerv nusxasini ko‘chirish, tiklash va arxivga kiritish tartibini, shuningdek virusga qarshi bazalarni yangilash tartibini belgilash;
    - elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron xujjat aylanish tizimining dasturiy-texnik vositalarini ta’mirlash–tiklash ishlarini o‘tkazish uchun kirish tartibini belgilash va boshqalar.


    Download 2.12 Mb.
      1   2   3   4




    Download 2.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Soha axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari

    Download 2.12 Mb.