Mavzu: Tarbiya diagnostikasi klassifikatsiyasi va shakllari




Download 14 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14 Kb.
#73494
Bog'liq
Xurramova Moxinur mustaqil ish (2)
Документ Microsoft Word, “kompyuter injiniring” fakulteti IV bosqich ki 11-19 guruh talab-www.fayllar.org, MTS 3-topshiriq1

Mavzu: Tarbiya diagnostikasi klassifikatsiyasi va shakllari
Har bir oilada tarbiya berish usullari va shakllari mavjuddir. Bola birinchi bo’lib oilada kamol topadi. Shunday ekan bolaga u kichik yoshida o’zimzni millatimz tarbiyasini singdirib borishimz kerak. Bola tarbiyaslashda ota ona rag’batlantirish, jazolash, namuna, suhbat va boshqa usullar orqali tarbiya berishadi. Vaholanki bola uyida qanday tarbiyani ko’rsa jamiyatda shu tarbiyasini chiqaradi.
O’quvchining tarbiya ko’rganligini aniqlash (diagnostika) — bu o’qituvchi tomonidan shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshiriladigan o’quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik darajasini belgilash jarayonidir. Uning natijalarini tahlil qilish asosida tarbiyalash texnologiyasi asosiy unsurlarining yo’naltirilganligi va mazmunini aniqlashtirish yoki tuzatish amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda tarbiya ko’rganlikni aniqlash (diagnostika) muammosi pedagogik aniqlashning (diagnostika) yangi yo’nalishlaridan biri bo’lib, nazariy jihatdan ishlab chiqish bosqichi hisoblanadi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash, pedagogik ilmiy adabiyotlarda mukammal darajada o’z aksini topmagan bu esa uning tarbiyaviy texnologiyalarda ilmiy asoslangan holda amalga oshirilishini murakkablashtiradi. Bir vaqtning o’zida ota-onalar kabi o’qituvchilar va turli toifadagi tarbiyachilar ham har doim uning natijalariga etarlicha sub’ektivlikni kiritgan holda ushbu muammoni hal etishga harakat qilmoqdalar. Buning natijasida aynan bir xil xarakterdagi o’quvchilarning tarbiya ko’rganlik darajasi har xil o’qituvchilar tomonidan turlicha baholanmoqda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy holatlarga tayanmasdan turib ushbu kamchilikni hal etib bo’lmaydi.
Eng avvalo, “tarbiya ko’rganlik” tushunchasining mohiyatini anglab etish zarur. Afsuski, u hech bir lug’atda ushbu daraja bevosita muammo sifatida qo’yilib ta’rif berilmagan. Shu bilan bir vaqtda bir qator pedagogik tadqiqotlarda shaxsni o’rab turgan ijtimoiy kishilar bilan o’zaro munosabatida namoyon bo’ladigan eng olijanob shaxsiy xususiyatlar tarbiya ko’rganlikni belgilab berishi ta’kidlanadi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash asosida shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshiriladigan o’quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik (rivojlanganlik) darajasini ham o’rganishga imkoniyat yaratiladi
Tarbiya ko’rganlik darajasini aniqlash jarayonining asosiy xususiyatlari pedagogika va psixologiyada, shuningdek boshqa fanlarda ishlab chiqiladigan maxsus metodlar tizimini qo’llash natijasida belgilanadi. Bir qator pedagog olimlar ularni uch guruhga birlashtiradilar: ommaviy, an’anaviy va diagnostik metodlar
Download 14 Kb.




Download 14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tarbiya diagnostikasi klassifikatsiyasi va shakllari

Download 14 Kb.