• Tayanch iboralar
  • Mavzu: Video adapter. Reja




    Download 34.5 Kb.
    Sana16.05.2023
    Hajmi34.5 Kb.
    #60257
    Bog'liq
    52- Videoadapter
    1-kun Glavniyga oid mashqlar кирил, Pereferik qurilmalar va ularning turlari vazifalari-kompy.info

    Mavzu:Video adapter.
    Reja:
    1.Video adapter haqida umumiy ma`lumot.
    2.Video adapterning vazifalari.
    nVidia GeForce 6800 va ATI Radeon X800 nomlari bilan ma’lumdir. Avvalgi avlodlarining mahsuldorligi ancha sekin o’sib kelishi mazmunida bu yangi grafik prosessorlarning chiqishi haqiqiy keskin o’sish bo’ldi. Mahsuldorligi avvalgi avlodga nisbatan deyarli ikki barobarga ortdi va 3DMark 2003 natijalari bo’yicha birinchi bor 10000 “qushchalar” mahsuldorligiga erishildi. Bu yangi qurilmalarning imkoniyatlari eng zamonaviy 3D-o’yinlar uchun hatto tasvir sifatini maksimal darajada sozlaganda ham yetib ortadi.
    Bu ikki kompaniyalar ichida ilg’orini ko’rsatishning (nVidia yoki ATI) hech ham iloji yo’q, bu ikki stakandagi suvlarni taqqoslash bilan barobardir. U yoki bu videokartalarga baho berishdan avval ularning umuman qandayligini bilish olish kerak. Umuman olganda videokarta – bu plata, prosessor, xotira va sovutish tizimidan tashkil topgan shaxsiy kompyuterning yaxlit bir grafik tizimidir. Aytish mumkinki, videokarta – bu shaxsiy kompyuterning platformasi bilan o’xshash tuzilishdagi alohida tizim, lekin u faqat grafik ma’lumotlarni ishlab chiqadi. Ushbu holatda GPU (Graphic Processor Unit) prosessor hisoblanadi. Grafik prosessorlar biz uchun odatiy bo’lgan markaziy mikroprosessorlardan farqli ravishda ancha oddiyroq yarim o’tkazgichli qurilma hisoblanadi. Zamonaviy GPU unchalik nozik bo’lmagan 110/130 nm texnologik jarayon bilan ishlab chiqarilmasa ham (GPU ishlab chiqaruvchi ulkan Intel va AMD kompaniyalari va boshqalar anchadan beri 90 nm ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanadilar va yaqin orada 65 nm texnologik jarayonga o’tishlari kutilmoqda), kristallda tranzistorlar soni bo’yicha markaziy prosessorlardan hech ham qolishmaydilar.
    Hamma videokartalar grafik chiplar uchun hech qanday raz’yomlar va slotlarga ega emaslar, GPU shundoq pechatli plataga to’g’ri yig’iladi. Albatta hozirgi kunda videokartalar sovutish sistemalari bilan ishlab chiqariladi. Eng ko’p issiqlikni GPU chiqaradi, lekin ba’zan yuqori mahsuldorxotiralar ham qo’shimcha sovutishni talab etadi. Xotira chiplariga passiv sovutish yetarli bo’ladi (issiqlikni radiator yordamida yo’qotish), lekin topologik grafik prosessorlar sifatli sovutishni talab etadi, chunki ularqittiq qizib ketadi. Odatda ana’naviy kullerdan foydalaniladi, lekin oxirgi paytlarda issiqlik trubkasi bilan radiatorlardan va hatto suyuqlikli sistemalardan ham foydalanilmoqda. Ish joyi kompyuterlari uchun sovutish sistemalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko’plab kompaniyalar videokartalar uchun sovutish sistemalari hisobiga taklif etiladigan yechimlar sonini ancha kengaytirdilar.
    Ona plata kabi videokarta platasi ham BIOS lardan iborat (Base Input Output System) o’zining doimiy xotirasiga ega.ona platada bo’lgani kabi uni ham proshiva? mumkin, ya’ni videokarta PZU sida BIOS bir versiyasini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin. Platani quvvat manbaiga ulash ikki usul bilan amalga oshirilishi mumkin: interfeys shinasi orqali yoki qo’shimcha raz’yom orqali to’g’ridan-to’g’ri sistema quvvat blokidan.
    Ikkinchi usulida karta katta quvvat sarflashi va interfeys shinasi orqali ulanish yetarli emsligi sababli foydalaniladi. Hayotda bunday vaziyat topologik grafik adapterlarning “muammosi” bo’lib qoldi, chunki qimmat va mahsuldor videokartani sotib olganda foydalanuvchi quvvat blokini yanada kuchlirog’iga almashtirishga majbur bo’ladi.Videokartani ona plataga ulash uchun va grafik adapter hamda sistemali plata o’rtasida ma’lumotlar uzatish uchun hozirgi paytda
    Birinchi shina – AGP boshlang’ich 66 MGs taktli chastotada ishlaydi, o’tkazish qobiliyatini oshirish uchun uni koeffisientlarga ko’paytiriladi. AGP shinasini maksimalko’paytmasi 8X, ya’ni natija beruvchi chastotasi 533 MGsni tashkil etadi. Maksimal o’tkazish qobiliyati 2133 Mb/s tezlikka yetadi. AGP interfeysi (Accelerated Graphic Port) PCI interfeysi asosida ishlab chiqilgan. U deyarli o’n yillar davomida o’z o’rnini ushlab turibdi. Grafik akseleratorlarda yangi texnologiyani tadbiq etish bo’yicha ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatchilik kurashi avval AGP davrida bo’lganidek keskin bo’lmagan. Lekin hech narsa abadiy emas, mana AGP shinasi ham eskirib qolib unga talab juda kam. AGP4x ona platalari va videokartalari endi deyarli ishlab chiqarilmayapti, chunki AGP4x porti o’tkazish qobiliyati adapterlar zamonaviy avlodi uchun yetarli emas. AGP8x shinasi ishlab chiqarilayotgan videoadapterlar orasida hali birinchi o’rinni egallab turgan bo’lsa ham uning hajmi keskin kamayib bormoqda.Hozirgi kunda dunyodagi ish joyi sistemalarining ko’pi aynan AGP interfeysiga ega, lekin uning rivojlanish imkoniyatlari nihoyasiga yetdi va uning o’rnini yangi PCI Express (PCI-E) shina egallamoqda, uning o’tkazish qobiliyati kanallar sonini oshirish yo’li bilan kengaytiriladi. PCI-E 16x interfeysi orqali ma’lumotlar uzatish tezligi 4Gb/s ni tashkil etadi. PCI Express shina orqali iste’mol qiladigan maksimal quvvati 75 Vt gacha oshirildi. Umuman PCI-E shinasi juda moslashuvchan, uning hamma kanallarini o’yin kartalari kabi aralashtirish mumkin.
    Tayanch iboralar: PCI-E, AGP, PZU, PCI Express, Base Input Output System.
    Savollar.

    1.Video adapter vazifasi nimalardan iborat?


    2. Video adapterning qanday turlari mavjud?
    Download 34.5 Kb.




    Download 34.5 Kb.