• Virtual borliq
  • Virtual borliq
  • Mavzu: Web- texnologiyalar va ularning informatika ta’limida tutgan o’rni Reja: Virtual borliq tushunchasi 3D texnologiyalar. Simulyatorlar




    Download 306.54 Kb.
    bet1/3
    Sana21.09.2023
    Hajmi306.54 Kb.
    #83417
      1   2   3
    Bog'liq
    2-mavzu
    Botir 3- mustaqil ish, 3MI kom ta\'minoti, 10-laboratoriya, 2-Ma\'ruza Elekrton jadvallar bilan ishlash texnologiyasi, Arxivlashtirish dasturlari fayllarni arxivlashtirish haqida umu 9-Laboratoriya, 3-4 m, elektronika12, Doc1

    Mavzu: Web- texnologiyalar va ularning informatika ta’limida tutgan o’rni. Bulutli texnologiyalar va ularning didaktik imkoniyatlari. Reja: 1.Virtual borliq tushunchasi 2.3D texnologiyalar. Simulyatorlar. 3. "Bulutlar" ning uchta modeli 4.Bulutli xizmatlarning afzalliklari

    Virtual borliq tushunchasi. Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishida virtual tushunchasi keng ma’noda qo’llanilmoqda. Masalan: virtual mashina, virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual sayohat, virtual sinf va x.k. Birgina ushbu sohasida ham virtual tushunchasi turli shakl va ma’nolarda qo’llanilib kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan, multimedia tizimlarida virtual tushinchasi virtual borliq ma’nosini beradi. Virtual (lotincha Virtualis — mumkin bo’lgan, ya’ni muayyan bir sharoitlarda sodir bo’ladigan yoki ro’y berishi mumkin bo’lgan) tushunchasi narsalar va hodisalarning vaqt va makonda mavjud bo’lmagan, lekin obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlarning amalga oshish ehtimoli mavjud bo’lgan jarayonni anglatadi.

    «Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jaron Lanier tomonidan o’ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.

    Virtual borliq – bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo’lib, u atrof-muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo’lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog’liq. Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o’zini faraz qilishini tushunish lozim. Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obyektlar bilan o’zaro muloqotda bo’lib ularga ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi.



    Download 306.54 Kb.
      1   2   3




    Download 306.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Web- texnologiyalar va ularning informatika ta’limida tutgan o’rni Reja: Virtual borliq tushunchasi 3D texnologiyalar. Simulyatorlar

    Download 306.54 Kb.