|
Mavzu;Gidravlik rostlagichlar Reja; Gidravlik rostlagichlar haqida tushuncha
|
bet | 1/2 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 58,64 Kb. | | #155480 |
Bog'liq gidravlik rost
Mavzu;Gidravlik rostlagichlar
Reja;
1.Gidravlik rostlagichlar haqida tushuncha
2.Gidravlik rostlagichlar xossalari
3.Gidravlik rostlagichlar suv sarfi sxema tushunchasi
Gidravlik rostlagich - tezlik (aylanishlar soni)ni, bosim, temperatura, suyuqliklar sathi va boshqalarni rostlab turadigan qurilma. Unda tashqi manbadan keltiriladigan suyuqlik (moy yoki suv) ning bosim energiyasi rostlovchi organga taʼsir qiladi. Gidravlik rostlagich faqat integral, proporsional, integral-proporsional rostlash qonunlarini amalga oshiradi. Gidravlik rostlagichda oʻlchanadigan kattalikni proporsional kuchga (yoki siljishga) aylantiruvchi membranali, silfonli va boshqalar qurilmalardan foydalaniladi. Gidravlik rostlagich metallurgiya, koks kimyosi, kimyo sanoati va boshqalarda, shuningdek issiqlik elektr styalarida bugʻ qozoni bosimini rostlashda ishlatiladi.
Gidravlik rostlagichlarda suvdan olinadigan energiya hisobiga suvni tarqatish jarayonini avtomatik rostlash va oqimni me’yorlashni amalga oshirish mumkin. Sug‘orish tizimlarida suv tarqatishni avtomatlashtirishda qo‘llanuvchi zatvor avtomatlarning bir necha turi mavjud: “Neyrpik» tipidagi zatvor avtomatlar, to‘g‘ri harakatlanuvchi avtomatik zatvorlar va boshqalar. «Neyrpik» tipidagi avtomatik zatvorlar bir xil holatga o‘rnatilgan gidravlik zatvor-rostlagichlar bo‘lib, bu holda zatvorning holati rostlanuvchi sathga mos keluvchi nuqta atrofida bo‘ladi. Bu zatvorlar yordamida 3 xil usulda sathni rostlash mumkin. «Neyrpik» tipidagi zatvor-avtomatlarning sxemasi.
Yuqori b’ef bo‘yicha rostlashda bitta datchik o‘rnatilgan bo‘lib, o‘rnatilgan sathda zatvor bir tarafdan qarama-qarshi, lekin bir biriga teng momentlar ta’sirida, ya’ni zatvorni og‘irligidan hosil bo‘luvchi moment va qarshi yuk momenti hisobiga ikkinchi tarafdan sath datchigiga ko‘rsatiluvchi gidrostatik bosim ta’sirida o‘z holatida, ya’ni balans holatida bo‘ladi.
Agar zatvor oldidagi sath ko‘tarilsa yoki pasaysa, tenglik yo‘qoladi va zatvor berilgan sath o‘z holiga qaytishi uchun zarur bo‘lgan kattalikka ochiladi. Rostlash jarayonida turli tebranishlarni yo‘qotish maqsadida zatvorlar tarkibiga moyli amortizatorlar kiritiladi. Pastki b’ef bo‘yicha sathni stabellash zatvori xam shu tartibda harakatlanadi, lekin sath datchigi pastki b’ef tarafidan o‘rnatiladi. Aralash rostlovchi avtomat zatvor normal ish jarayonida pastki sath bo‘yicha rostlashni amalga oshiradi, agar suv sathi yuqori b’ef bo‘yicha ko‘tarilib ketsa, yoki suv yetishmasligi natijasida kelsa suv ko‘rib qolishi kuzatilsa avtomatik ravishda yuqori b’ef bo‘yicha rostlash amalga oshiriladi. Bunday zatvorlar mahsus kameraga joylashtirilgan ikkita sath datchigiga (membranali pukak) ega: ularning biri yuqori, ikkinchisi pastki b’ef bilan bog‘langan. Yuqori b’ef datchigi belgilangan sath yuqoriga ko‘tarilganda zatvorni ochadi, shuningdek sath minimal qiymatga erishganda uni yopadi. Bir vaqtni o‘zida pastki b’ef kamerasidagi datchik uning belgilangan sathini ushlab turadi,
Gidrotexnika inshootlarini (GTI) avtomatlashtirishda suvni sathini tekis zatvorlar yordamida pastki b’ef bo‘yicha stabillovchi rostlagichning tarkibiy sxemasini ko‘rib chiqamiz. Suvni berilgan sathi 1-topshiriq bergich (zadatchik) yordamida belgiladi va 2-elementda amalda mavjud sath bilan solishtiriladi.
Agar belgilangan sathdan chetga chiqish mavjud bo‘lsa 2-solishtirish elementi 3-kuchaytirish bloki (nol-organ) yordamida 5-ishga tushirgich orqali 6- elektr yuritilgani harakatga keltiradi. Buni natijasida sath o‘zgarishi qiymati ishorasiga ko‘ra 7-zatvor tengsizlik yo‘qotilguncha va belgilangan sath o‘rnatilguncha ochiladi yoki yopiladi. Sxemadan ko‘rinadiki, yopiq zanjirli rostlash tizimi tarkibiga kanalning o‘lchash va rostlash elementlari 8-sath datchigi va 7-zatvor orasidagi masofaga ega bo‘lgan qismi kiradi. Bu masofa bir necha un yoki yuzlab metr masofani o‘z ichiga olishi mumkin. Shuning uchun bu holda 8- datchik oraligi bilan o‘lchangan masofa bilan 7-zatvor oralig‘idagi boshlang‘ich masofa oralig‘ida kechikish vaqti paydo bo‘ladi va rostlash sxemasiga proportsional-impulsli rostlovchi organ – 4 kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Bu rostlagich rostlash vaqtida kechikish vaqtini yo‘qotishga xizmat qiladi. Bunday oraliqda rostlash jarayoni to‘xtatiladi va zatvorning elektr yuritmasi o‘chiriladi. Bunday rostlagich proportsional - integral rostlagich deb yuritiladi, chunki bu xolda berilgan impulslar vaqti kelishmaslik vaqtiga proportsional ravishda o‘zgaradi.
|
| |