Media va axborot savodxonligi tushunchasi va uning ahamiyati
REJA:
1. Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari.
2. O’zbekistonning demokratiya sari taraqqiyotida, fuqarolarning ijtimoiy
hayotdagi ishtirokining faollashuvida media va axborotning ahamiyati.
3.Axborot madaniyati tushunchasi mazmun mohiyati.
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida
ikki ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning
mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o’zagini bilish zarur.
«Media»
atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi
kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi
mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar
va ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.
Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining
sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning
ta’siri
yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va
ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy
jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va
innovatsiyalarni
kiritmoqda.
Mazkur
atamaga
aynan
shunday
tavsif
www.edu.jobsmarket.ru saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa manbalarda
ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko’ramiz.
«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga
mo’ljallangan ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama
axborotini tarqatishga yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga
oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media
atamasi o’zagida aynan ushbu tavsifni ko’radi.
SHunga qaramasdan, mazkur
istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama
mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq
axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya
kanali sifatida medialar
sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet,
reklamaning
tashqi vositalari va, xatto, pochta tarqatmasini, ya’ni, tovar yoki
xizmatlar sotuvchisi va iste’molchi o’rtasidagi hayotmamot zvenosi funksiyasini
bajaruvchi barcha omillarni kiritadi”
2.
Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish
borasidagi ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi.
Ushbu majmuani
1jadvalda ko’rish mumkin. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash
va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
• Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shakllantirish
• Axborotni izlash va unga egalik qilish
• Axborotni baholash
•
Axborotni tizimlashtirish
• Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish
• Axborotni uzatish
• Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko’nikmalaridan
foydalanish