VI gruppa bosh gruppachasida bitta metall Po bor




Download 107.26 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2021
Hajmi107.26 Kb.
1   2   3   4   5   6
VI gruppa bosh gruppachasida bitta metall Po bor

  • IV, V, VI, VII, VIII gruppalar yonaki gruppachalari barcha elementlari metallar




    • Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan kimyoviy bog‘ metall bog‘ deb yuritiladi

    Metall bog’ qattiq suyuq agragat holatida bo’lishidan qat’iy nazar faqat metallar uchun xos. Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall atomlarining xususiy xossalari bo’lgan yadro zaryadi, massa, metal bog’ning mustahkamligiga bog’liq. Metallarning kristall panjara tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo’lib turadi. Shu erkin elektronlar bo’lishi ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi o’tkazishni ta’minlaydi. Elektronlar butun kristall bo’yicha umumiy hisoblanadi.
    Kimyoviy xossalari.

    Barcha metallar kuchli qaytaruvchi, oson oksidlanadi (Au, Ag, Pt-bundan istisno).


    Me-ne-®Me+n
    Zn + Pb (NO3 )2 = Zn (NO3 )2 + Pb

    Rux qo’rg’oshin nitratidan qo’rg’oshinni siqib chiqaradi, lekin qo’rg’oshin rux nitratidan ruxni siqib chiqara olmaydi, demak rux qo’rg’oshinga nisbatan kuchli qaytaruvchi. Qo’rg’oshin misni uning tuzlaridan siqib chiqaradi, demak undan ko’ra kuchli qaytaruvchi. Bir metallni boshqa metallar uning birikmalaridan siqib chiqarish qobiliyatini rus olimi N.N.Beketov o’rgangan. U metallarni siqib chiqarish qatoriga joylashtirdi va ularning orasida vodorodning o’rnini belgilab berdi.



    Har bir metal o’zidan keyin turgan metallni uning tuzlari eritmasidan siqib chiqaradi. Vodorodgacha chapda joylashgan metallar uni kislota eritmalaridan siqib chiqaradi. Litiy va magniy oralig’idagi metallar vodorodni suvdan odatdagi sharoitda siqib chiqaradi. Vodoroddan keyin turgan metallar uni kislotalarning suvi eritmasidan siqib chiqara olmaydi.



    Download 107.26 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6




    Download 107.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VI gruppa bosh gruppachasida bitta metall Po bor

    Download 107.26 Kb.