Moy fraksiyalarini ajratish uchun nasadkali apparatlar o’rniga fraksiyalarni 550




Download 1.79 Mb.
bet1/31
Sana24.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#75539
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
3a508fa68ddad745da7c9fb5b60c4288 ПРОГРАММНАЯ ИНЖЕНЕРИЯ курс лекций , 4ef7b1824881c65919d6a3cb19ba676c, 5 sinf Sinf soati tarbiyaviy soat 2022 2023 to`liq, 1, kkk, ish reja, Madina-3, Accommodation, IQTISODIY INOVATSIN RIVOJLANTIRISH YO\'LIGA O\'TISHMUAMMOLARI, 011 — копия (2) — копия — копия, arxivlash, BIOSni kompyuterda yangilash, saytga maqola, Robototexnika asoslari Amaliy mashg\'ulot №1

Haydash usuli, neftni fraksiyalarga ajratishning qadimgi usullarigan bo’lib, bu usul yordamida molekulyar massasi bir-biriga yaqin bo’lgan komponentlarni ajratib, so’ngra undan yaxlit holatda uglevodorod birikmalari qatorini ajratib olish mumkin. Hattoki, XIX - asrning oxirlarida sochma usulda haydash yo’li bilan pentan, izopetan, 2-metil pentan, 2,3-dimetilbutan, 2 va 3-metilgeksanlar va bir qator past haroratda qaynovchi uglevodorodlar ajratib olinib, identifikatsiya qilingan edi. Turli xildagi haydash va rektifikatsiyalash usullari keng ko’lamda qo’llanilib, neftni tahlil qilishning biror bir sxemasi atmosfera bosimida yoki vakuum ostida neftni fraksiyalarga ajratmasdan turib ularni tahlil qilib bo’lmaydi. Neftning fraktsion tarkibini rektifikatsiyasiz, standart qurilmada atmosfera bosimi ostida haydash yo’li bilan aniqlanadi. Bunda qaynash harorati 3000S gacha bo’lgan fraksiyalarni ajralib chiqish miqdori baholanadi, undan yuqori haroratda qaynovchi neft fraksiyalari hamda mahsulotlarni atmosfera bosimi ostida haydash tavsiya etilmaydi. Chunki, yuoqori haroratda ular parchalanib ketishi mumkin. Tarkibiy tuzilishi bo’yicha barcha guruh ulevodorodlarini hamda strukturali guruh tarkibni aniqlashda tuzsizlantirilgan neft atmosfera bosimi ostida rektifikatsiyalashga mo’ljallangan (SIATIM-58 a yoki ARN-2) asboblarida (apparatlarda) amalga oshiriladi. Dastlab, past haroratda qaynovchi – 60, 60-95, 95-122, 122-150, 150-2000S fraksiyalar standart sifatida ajratib olinadi. So’ngra, qisman bosimi 135,3-666,5 Pa vakuum ostida (1÷5 mm. sim. ust) o’rta fraksiya 200-250, 250-300 va 3003500S ajratib olinadi. Vakuumdagi qaynash harorati bilan atmosfera bosimi ostidagi qaynash harorati o’rtasida bog’liqlikni hisobga oluvchi maxsus hisoblash formulasidan yoki nomogrammalardan ko’p hollarda UOP – nomogrammasidan foydalaniladi.
Moy fraksiyalarini ajratish uchun nasadkali apparatlar o’rniga fraksiyalarni 5500S haroratgacha parchalamaydigan gidravlik qarshiligi kichik bo’lgan aylanma harakat qiluvchi rotorli kolonkalardan foydalaniladi. Yuqori haroratda qaynovchi moy fraksiyalarni ajratish uchun molekulyar haydash usulidan foydalanish mumkin. Bu jarayon chuqur vakuum sharoitida borib, (qoldiq bosim˂0,1 Pa) bunda bug’lanish va kondensatsiyalanish orasidagi masofa (10-30 mm) molekulaning erkin chopish masofasidan kichik bo’ladi.
Shunga muvofiq ravishda bug’langan molekulalar o’zaro to’qnashmay kam energiya sarflab kodensatorga yetkaziladi. Zamonaviy rotorli sirtiy apparatlar qaynash harorati 6500S gacha bo’lgan fraksiyalarni parchalamay ajratib olishga imkon yaratdi. Benzin fraksiyalarining yaxlit holdagi uglevodorodlarini ajratib olish uchun har xil bosimdagi rektifikatsiyalash usulidan foydalaniladi. Qaynash harorati bir-biriga yaqin bo’lgan uglevodorod aralashmalar masalan, C8– alkenlarni ajratish uchun yuqori tartibli ixcham holatda rektifikatsiyalash usulidan foydalaniladi. Misol tariqasida yuqori haroratda qaynovchi O–kisilol izomerini ajratish uchun (M – kisilol va O – kisilol bu juft komponentlarning nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti – α, 1800S haroratda farqi 1,135 ga teng) likopchalari 100-150 tadan iborat bo’lgan rektifikatsion kolonkalardan foydalaniladi. Bu kolonkaning sug’orish karraligi (5÷8):1 ga tengdir.Neft mahsulotlarini haydash usuli bilan ajratish, ularning qaynash haroratidagi farqqa asoslangandir. Haydash usulida bir-biriga aralashadigan suyuq moddalarni yoki suyuq neft mahsulotlarni qattiq moddalardan (ularning eritmalarida) ajratiladi. Haydash usulida 1200–1300S qaynaydigan moddalarni tozalashda yoki birbiridan ajratishda suv sovutkichlardan shiddat bilan o’tkaziladi, 1300S dan yuqori haroratda qaynaydigan moddalarni tozalash va ajaratishda suv sovutkichidan suvni sekinlik bilan o’tkazamiz. Aks holda harorat farqi kattaligi natijasida moddalarni ajratishda va havo sovutkichlardan – oddiy shisha naylardan foydalaniladi. Moddalarni qaynash harorati orasidagi farqi katta bo’lsa, ularni oddiy haydash usuli bilan ajratib olinadi.
Neftni haydash jarayoni asosan, uni ma’lum haroratgacha qizdirib, tarkibidagi uglevodorodlarni bug‘ holatga o‘tkazib, keyin sovutish natijasida suyuq holatga ya’ni distillyatlar va qoldiq hosil qilishdir. Haydash vaqtida qaynash haroratlari bilan farq qiladigan ikki komponentdan tashkil topgan aralashma t1 qaynash haroratigacha qizdiriladi. Bunda oson qaynaydigan mahsulot bug‘lanadi va tizimdan chiqarilib sovutiladi.
Distillyat va qoldiqni toza holda ajratib olish uchun haydash jarayonini bir necha marta qaytarish kerak. Buning uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi. Rektifikatsiya jarayoni maxsus tarelkalar bilan jihozlangan kolonna tipidagi vertikal silindrik shakldagi qurilmada olib boriladi. Rektifikatsiya jarayonida qarama - qarshi harakatlanayotgan bug‘ va suyuq fazalar ko‘p marta bir-birlari bilan to‘qnashadi, bug‘ faza past haroratda qaynaydigan komponent bilan, suyuq faza yuqori haroratda qaynaydigan komponent bilan boyitiladi.
Neftni birlamchi haydash atmosfera sharoitida, qoldiq qismi esa vakuumda haydaladi. Haydashdan hosil bo‘lgan distillyatlar tarkibidan engil komponentlarni ajratish uchun “o‘ta qizdirilgan bug‘” ishlatiladi. Suv bug‘ining sarfi atmosfera kolonnasi uchun neftga nisbatan 1,5-2,0 % (mass), bug‘latuvchi kolonnada esa 2,0-2,5 % (mass) ni tashkil etadi.
Neftni atmosferali haydash qurilmalarida asosan neftdan yoki neft aralashmasidan to‘rt distillyatli fraksiyaga va qoldiq mazutga ajratiladi.
Uglevodorodli gazlar va vodorod sulfidli gazlar yonaki mahsulot hisoblanadi. Qurilmaning texnologik sxemasi 2 - rasmda tasvirlangan.
Xom-ashyo ikki karra bug‘latishda ikki kolonnali (birinchisi oddiy, ikkinchisi murakkab) qurilma texnologik tizimini ko‘rib chiqamiz. Neft birinchi rektifikatsion kolonnaga kelguncha bir yoki bir necha oqimda issiqlik almashtirgichlarda 200-2200S haroratda qizdiriladi. Birinchi kolonna yuqori mahsulotlari engil benzin va kam miqdordagi gaz hisoblanadi. Qolgan distillyatlar ikkinchi kolonnada olinadi. Har ikkala kolonna uchun umumiy holda quvurli pech xizmat qiladi.
Oddiy kolonna yuqorisidan ajraluvchi engil benzin bug‘lari (oxirgi qaynash harorati 1600S gacha bo‘lgan fraksiyalar) 3 - havoli sovutgichda kondensastiyalanadi, so‘ngra kondensat va gazlar 4 - suvli sovutgichda sovutiladi va 5 - gaz separatorida ajratiladi. Bu erdan 7 - nasos yordamida barqarorlashtirish blokiga yoki ikkilamchi haydashga yuboriladi. Yengil benzinni bir qismi 2 - kolonna yuqori tarelkasiga sovuq sug‘orish sifatida qaytariladi. Qisman benzinsizlantirilgan neft 2-kolonna pastki qismidan 1-nasos yordamida 6-zmeevikli pechga kiritiladi. Pechda bug‘-suyuqlik holatida (330360 0S) qizdirilgan neft asosiy 14-rektifikatsion kolonnaga beriladi. Pechda qizdirilgan neftning bir qismi 2-kolonnada retsirkulyat sifatida qo‘llaniladi. Kolonna yuqorisidagi mahsulot benzin fraksiyasi bo‘lib, uni 2-kolonnadan olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz og‘irdir. 14-kolonna bo‘ylab chiqayotgan benzin bug‘lari, shuningdek, suv bug‘lari 15-havoli sovutgichda kondensatsiyalanadi. 16-suvli sovutgichdan so‘ng 17-gaz separatorida gaz, benzin va suvga ajratiladi. Suyuq benzin fraksiyasi 22 - nasos yordamida ikkilamchi haydashga beriladi, bir qismi esa 14 - kolonnani yuqori tarelkasiga
“sovuq sug‘orish” sifatida qaytariladi. Bug‘latuvchi kolonnalar 18 va 19 orqali 20 va 21 nasoslar yordamida 1400S - 2400S va 240-3500S (yoki 140-2200S va 220-3500S) da qaynovchi fraksiyalar chiqariladi.



Download 1.79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moy fraksiyalarini ajratish uchun nasadkali apparatlar o’rniga fraksiyalarni 550

Download 1.79 Mb.