Reja: Boyitish jarayonlari suyuq chiqindilaridan kerakli komponentlarni qo‘shimcha ajratib olish




Download 277.11 Kb.
bet1/4
Sana04.12.2023
Hajmi277.11 Kb.
#111011
  1   2   3   4
Bog'liq
kompleks
Azimjonova D. (1), 5111400, BITIRUV MALAKAVIY ISHI, 12000-KURS ISHI YUZI, 20, 1-kurs test, 2-kurslarga test

Mavzu: Suyuq chiqindilardan kerakli komponentlarni ajratib olish.
Reja:
1. Boyitish jarayonlari suyuq chiqindilaridan kerakli komponentlarni qo‘shimcha ajratib olish.
2. «Tashlandiq eritmalardan molibden olish texnologiyasini ishlab chiqish.
3. Oqava suvlar tarkibida zararli moddalar va birikmalar.
4. Metallurgiyada tashlandiq (chiqindi) suvlarni tozalash
Ishlab chiqarish eritmalari va chiqindi suvlardan foydali komponentlarni ajratib olishsiz xom-ashyoni kompleks foydalanishni tasavvur qilish qiyin. Bu usullarga ionli flotatsiya, elektrik flotatsiya va adgeziya separatsiyasi kiradi. Ullarni qo’llagan holda ko’p hajmdagi suyuqliklardan kam miqdorda foydali mayin zarrali mahsulot olishimiz mumkin. Balxash kon metallurgiya kombinatida kalsiy molibdat konsentrati chiqindisi kambag’al eritmasi hisoblangan metal miqdori 0,1-1mg/l bo’lgan holda ionli flotatsiya qilish orqali molibden olinadi. Yangi texnologiyaning qo’llanilishi chiqindidan yuqori sifatli metall olish imkonini yaratdi. Umumiy molibdenning ajratib olish miqdori 85,6% tashkil etdi. Balxash kon metallurgiya kombinatida ionli flotatsiya usuli keng taeqalib, chiqindiga chiqayotgan 4%gacha metal ushlab qolindi va sex qayta remont qilindi. Xuddi shu tajribalar volfram va molibden olish uchun, keklardan Nalchiks gidro metallurgiya zavodida tatqiqotlar olib borildi. Boshlanishida aniq bo’ldiki chiqindi suvlardan volfram to’liq ajratiladi, ammo flotatsiyaning ko’pikli mahsuloti shlamni zararlaydi. Pulpani tindirish va muhitni sozlash(Ph=7-8,5) uchun sulfat kislota qo’shiladi. Reniytarkibli rudalarda reniy 4 oksidi ReO4 shaklida uchraydi. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki reniy eritmalardan flotatsiya usulida uni yuzasini aktivlab mustahkamlovchi birikmalar xlor 4 fenil fosfoniy(ТFFХ) va xlorsetilpiridin(SPХ) orqali ajratilishi mumkin. Oxirgi reagent (ТFFХ) flotatsiyaning barqarorligini taminlash uchunqo’shiladi. (ТFFХ) ning ko’pligi reniy olishni 98% gacha oshiradi va chiqindida u 0,4mg/l qoladi. Bunda (SPХ)ning sarfi 100%ni tashkil etadi.
«Tashlandiq eritmalardan molibden olish texnologiyasini ishlab chiqish qattiq va suyuq chiqindilarni hosil bo‘lishi o‘rganilayotgan materiallarning kimyoviy va mineralogik tarkibi - tahlil qilindi, kimyoviy va mineralogik tahlil ma’lumotlari asosida qattiq chiqindilar va sanoat oqova suvlaridan qimmatbaho tarkibiy qismlarni ajratib olish bo‘yicha tadqiqot usullari ishlab chiqildi va har bir tajriba uchun ishlar ketma-ketligi ishlab chiqilgan, ya’ni, shlam kekini magnitli ajratish sinovini o‘tkazish, molibden, mis va boshqa tarkibiy metallarni tanlab eritmaga o‘tkazish, eritmadan misni cho‘ktirish, molibden va reniy saqlagan eritmalardan ularni sorbsiyalab ajratib olish va tashlandiq eritmalardan foydalanib ularni zarasizlantirish bo‘yicha jarayonlar ketma-ketligi ishlab chiqildi.
Shlamli keklarni magnitli usulda boyitish bo‘yicha tajribalar laboratoriya saralagichida 360 kA/s magnit maydonning kuchlanganligida uzluksiz rejimida o‘tkaziladi. Ishni bajarayotganda quyidagi parametrlar o‘zgaruvchan bo‘ladi: saralash davomiyligi (5, 10, 15 daqiqa), Q:S nisbat=1: 1, 1:2, 1: 3, harorat (20, 30, 40 0C).
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning ITB NMIChBda aralashtirilgan eritmadan molibden, mis, reniy va qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish uchun uslub ishlab chiqildi.
Shundan so‘ng magnitli separatsiya eritmalari tarkibidan misni sementatsiya qilish bo‘yicha tajribalar bajarildi. Misni sementatsiya qilish uchun optimal shartlar qo‘yidagicha ekanligi aniqlandi: cho‘ktiruvchining Na2S sarfi stexiometrik miqdirga nisbatan 1,50 barobar, temperatura 60℃, vaqt 30 daqiqa, bu yerda misning cho‘kish tezligi 95,8%. Mis 22,4 %, oltin 8,0 g/t, kumush 21,0 g/t. bo‘lgan boyitma olinadi. 2,4% Mo va 0,011% Re tarkibli shlamli kekning magnitsiz maxsulotidan molibden va reniy ajratib olish uchun uni ikki bosqichli sodali tanlab eritish jarayoni olib boriladi. Tajriba natijalari 1- jadvalda ko‘rsatilgan. Magnitli separatsiyaga Q:S = 1:2 nisbatdagi minutiga 300 ml. shlamli kekning pulpasi yuboriladi. 1000 gr. kekdan 30 gr. magnitsiz maxsulot olindi, qolgan 70 gr. maxsulot chiqindiga o‘tadi 200 ml. Shlamli kekning suli magnitli separatsiyasining tajriba natijalari.

Ratsional texnologiyani tanlash uchun sodali tanlab eritish eritmasi va shlamli maydon tashlandiq eritmasining tarkibi (g/l): Mo 0,2÷2.0; Re 0,01÷0,05; NO3-25,2; SO4 – 14,7) birlashtirilgan eritmalaridan molibden va reniyni ajratib olish bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi.
Tanlab eritishning birinchi bosqichi: 3,98% molibden, 2,51% mis, Q:S=1:4 va suvsizlantirilgan sodaning konsentratsiyasi 120,0 g/l, xarorat 80,0-85,0℃; 2 soat davomida 200 gr. miqdorda chiqindi kek namunasi aralashtirish tezligi 120 ayl/daq. va hajmi 3,0 litrli laboratoriya reaktorida tanlab eritildi.Magnitli separatsiya chiqindilaridan molibden va boshqa rangli metallarni ajratib olish uchun 1 – bosqich tanlab eritish tajribalari natijalari

Magnitli separatsiya chiqindilaridan molibden va boshqa rangli metallarni ajratib olish uchun 1-bosqich tanlab eritish tajribalari natijalari ko‘rsatilgan.
Texnik soda konsentratsiyasining molibdenni ajratib olish uchun tanlab eritish jarayoniga ta’siri ko‘rsatilgan. Natijalardan shuni xulosa qilsa bo‘ladiki texnik soda konsentratsiyasining oshishi molibdenni ajratib olish darajasiga ijobiy ta’sir qiladi. Na2CO3ning konsentratsiyasi 140-145 g/l bo‘lganida keskin oshish kuzatiladi.
Konsentratsiyaning keyingi o‘sishi sezilarli natija bermaydi. rN-9, molibdenning miqdori 18,6 g/l, reniyning miqdori 50,2 mg/l, misning miqdori 81,0 mg/l, suvsizlantirilgan sodaning qoldiq miqdori 28,8 g/l konsentratsiyali molibdatli eritma olindi.
Molibden 1,63%, mis 3,6%, temir 1,34% tarkibli, chiqishi 78,75 % namlik
50,0 % bo‘lgan kek olindi. Molibdenni kekdan eritmaga o‘tish darajasi 63,7 % tashkil etdi.
Na2CO3 ning konsentratsiyasi oshishi bilan olinadigan eritmadagi misning miqdori kamayadi, Mo konsentratsiyasi oshadi, ya’ni eritmaga o‘tadi.
Tanlab eritishning ikkinchi bosqichi: birinchi bosqich tanlab eritishdan olingan, tarkibida 1,63 % molibden bo‘lgan kek 157,5 g miqdorda laboratoriya reaktorga yuklandi va sodaning konsentratsiyasi 140,0 g/l., Q:S=1:4, 80,0-85,0℃ haroratda, 3 soat davomida tanlab eritish jarayoni olib borildi. Molibdenning konsentratsiyasi 8,2 g/l, reniyning konsentratsiyasi 12,0 mg/l, sodaning qoldiq miqdori 65,6 g/l bo‘lgan natriy molibdat eritmasi olindi. Birinchi bosqich tanlab eritish keklaridan molibdenni ikkinchi bosqich eritmalariga ajratib olish darajasi 69,17 % tashkil etdi .
Yuvish: 1,48 % molibden bo‘lgan, 90,0 g ikkinchi bosqich keki Q:S=1:5 yuvish uchun aralashtirgichli laboratoriya reaktoriga yuklandi va ikki bosqichli yuvishdan so‘ng 4,2÷ 6, 2 g/l molibdenli, 32,0÷9,0 g/l sodali 1,52 litr yuvilgan suv olindi. Yuvilgan kekning chiqishi 70,0 % tashkil qildi, namligi 48,0 %, tarkibi (%): Mo 1,2, Re 0,016, MoS2 0,48, Fe 1,7, Cu 3,93. Molibdenni yuvilgan eritmaga ajralish darajasi 56,36% tashkil etdi. Ikki bosqichli tanlab eritish va kekni yuvish natijasida tashlandiq kekdan eritmaga molibdenning ajralishi 79,9 % tashkil etdi. 5rasmda sodaning konsentratsiyasi 125 g/l dan 135 g/l gacha bo‘lganida, jarayonda sezilarli o‘zgarish yuz berganligi, ya’ni kekning chiqishi 70% dan 86% gacha ko‘tarilganligi ko‘rsatilgan.Keyinchalik A – 100 (Mo) va A – 170 ionalmashinuvchi qatronlarda aralash eritmalardan molibden va reniyni sorbsiya jarayoni o‘rganildi.
Olingan laboratoriya tadqiqotlari hamda tajriba-sanoat sinovlari natijalarining yaqinligi shuni tasdiqlaydiki, ishlab chiqilgan kekni yuvish bilan ikki bosqichli sodali tanlab eritish texnologiyasi, molibdenni eritmaga o‘tishini 89,3÷ 90,1% gacha ta’minlaydi xamda uning tarkibida 18,0-22,0 g/l molibden, olingan kekda esa 1,0 ÷ 1,03 % molibden bo‘ladi. Olingan kek tarkibida mis (3,5÷3,9 %), oltin 50,0 g/t, kumush 84,0 g/t borligi aniqlandi va oltin, kumush, mis kabi foydali komponentlarni ajratib olish uchun ikkilamchi xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Tanlab eritish jarayonida olingan eritmalardagi reniyning miqdori, dastabki kuyindidagi miqdoriga qarab 670,0 mg/l gacha ekanligi aniqlandi.
Shlamli kek magnitli separatsiyasining tashlandiq eritmalari kimyoviy tarkibi jihatdan shlamli maydon tashlandiq eritmalari bilan bir xil ekanligi ma’lum, chunki shlam bir xil eritmadan ajralib jiqadi. Binobarin, molibden, reniy va boshqa qimmatbaho komponentlarni ajratib olish usullarini o‘rganish shlamli maydonning aralash eritmalaridan, temirni magnitli separatsiyasining tashlandiq eritmalaridan va ITB ishlab turgan molibden ishlab chiqarish joriy chiqindilaridan olib borilishi kerak. Bu eritmalardan molibden, reniy, mis, oltin va kumushni ajratib olish sanoat ahamiyatiga ega. Ma’lumki, ushbu eritmalardagi molibden va reniyni ajratib olish uchun zararli element mis-sulfat shaklidagi mis xisoblanadi. Tashlandiq eritmalarni misdan tozalash bo‘yicha nazariy va laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazildi. Tashlandiq eritmalardan misni sementatsiya qilish tajribasining metodikasi quyidagicha: eritmaning zichligini d=1,15 g/dm3 dan d=1,18 g/dm3 chaga parlantirib olinadi, xajmi 5 l bo‘lgan laboratoriya reaktoriga 3 litr parlantirilgan tashlandiq eritma solinadi va misni cho‘ktirish uchun stexiometrik zarur miqdorda 1-2 barobar natriy sulfidi qo‘shiladi, 60-80℃ xaroratda aralashtiriladi, eritmada mis sulfat cho‘kmasi hosil bo‘ladi va filtrlash yordamida cho‘kma eritmadan ajratib olinadi.
Texnologiya quyidagicha amalga oshiriladi: Q:S = 1:2-2.5-dagi shlamli maydondan oldingan filtrlangan bo‘tana dozator reaktoriga kiradi va magnitli saralagichga mangitli (temirli) fraksiyani magnitsiz qismdan ajratish uchun kiradi. Magnitli fraksiya 30,0% gacha temirni o‘z ichiga olgan konsentrat shaklida chiqariladi. Molibden, temir va boshqa aralashmalarning sulfidli birikmalarini o‘z ichiga olgan bo‘tananing nomagnit qismi filtrlash yo‘li bilan ajratilib, soda bilan tanlab eritmaga o‘tkaziladi, natijada hosil bo‘lgan eritma kremniy, fosfor va mishyak aralashmalaridan tozalash uchun yuboriladi. Shlamli kekni magnitli saralashdan keyin olingan eritma shlam maydonidan kelgan chiqindi eritmaning tindirilgan qismi bilan aralashtiriladi. Aralashtirilgan eritmadan hisoblab chiqarilgan natriy sulfid qo‘shilishi bilan mis cho‘kindiga tushiriladi. Tarkibida molibden va reniy bo‘lgan eritmani shlamli kekning nomagnit qismini sodali tanlab eritmaga o‘tkazish mahsuldor eritmasi bilan birlashtiriladi. Olingan eritma qo‘shimchalardan tozalanadi. Shlamli maydon eritmasi va shlamli kekning nomagnit qismini tanlab eritish eritmasi ham kremniy, fosfor va mishyak aralashmalaridan tozalashga yuboriladi. Tozalangan eritmadan molibden va reniy sorbsiya usuli bilan olinadi. Molibdenning sorbsiyasi 6 ta kolonnada A-100 (Mo) markali «Purolite» ion almashinuvchisida turg‘un sorbent qatlamida olib borildi. Ularning bir vaqtning o‘zida hisobga olinishi sorbsiya dinamikasini bildiradi.
Ammiak eritmasi bilan to‘yingan qatronlardan molibden ajralib chiqadi va hosil bo‘lgan ammoniy molibdati eritmasidan ammoniy tetramolibdati (ATM) tuzlari kristallanadi, bundan ammoniy paramolebdati (APM) tuzlari qayta kristallanish natijasida olinadi. Molibden (raffinat) sorbsiyasidan keyingi dastlabki eritmasi «Purolite» -170 qatronida reniyning sorbsiyasiga yuboriladi. Reniyning sorbsiya va desorbsiyasi sikllari sorbentlarning turg‘un qatlamida ketma-ket bog‘langan 5 ta kolonnada amalga oshiriladi. To‘yingan qatronlardan reniy ammiak eritmasi bilan desorbsiyalanib, reniyning ammoniyli eritmasi bug‘lanish orqali konsentrlashga, eritmadan sovutishga va ammoniy reniy kislotasi tuzining (ARK) kristallanishiga yo‘naltiriladi. Texnologiya quyidagi texnologik va uskunalar zanjir sxemasida amalga oshiriladi (8- va 9- rasmlarga qarang), shlam maydonidan keladigan bo‘tana ko‘rinishidagi chiqindilar Q:S =1:5-6 da dozator reaktorga haydaladi, saralagichda magnitli fraksiya (temir) nomagnit fraksiyadan ajratiladi va filtrlash yordamida qattiq va suyuq fazalar ajratiladi, mis natriy sulfidi bilan cho‘kmaga tushadi, molibden va reniy tarkibli eritma sorbsiyalash bo‘limiga yuboriladi. Dinamik sharoitda sorbsiya jarayoniga statik omillar (ion almashinuvi muvozanatining parametrlari), kinetik omillar (almashinuv tezligi) va eritma harakati tezligi ta’sir qiladi.
Foydali qazilmalarni boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar boyitish jarayonining chiqindilar bilan birgalikda chiqindi saqlash maydonlariga tashlanadi. O‘z navbatida ular atrofdagi suv havzalariga tushib sifatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Fabrikalardan chiqayotgan oqava suvlarda ifloslantiruvchi moddalardan biri – bu dispers moddalardir. Ular jumlasiga gravitatsiya jarayoni chiqindilari, suvda erigan tuzlar, emultsiya xolidagi flotoreagentlar, reagentlarni o‘zaro va minerallar bilan ta’siri natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar kiradi.

Download 277.11 Kb.
  1   2   3   4




Download 277.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Boyitish jarayonlari suyuq chiqindilaridan kerakli komponentlarni qo‘shimcha ajratib olish

Download 277.11 Kb.