|
Microsoft Office dasturlariga kiruvchi Excel dasturi bilan ishlash
|
Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #139499 |
Bog'liq exselda ishlash Microsoft Office dasturlariga kiruvchi Excel dasturi bilan ishlash.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYATI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI
UCHQUDUQ TUMAN KASB-HUNAR MAKTABI
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari
___________ Sh.Rahimova
“___”______ 2023-yil
Uchquduq tuman kasb-hunar maktabining Maxsus fan o‘qituvchisi
Umarov Nuriddin Yusuf o‘g‘lining
mavzusidagi seminar ishlanmasi
Microsoft excel dasturi haqida umumiy ma`lumotlar Zamonaviy komp`yuterlarning dasturiy ta`minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval prosessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operasion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa soxaga tegishli masalalarni yechishga xam, masalan, formulalar bo’yicha xisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko’rishga xam katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muhim axamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan EXCELbilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo’lish talab etiladi.
Birinchi navbatda harajatlar ro’yhatini tuzib olamiz
Umumiy narx qo’yilgan qatorga = klaviaturadan tenglik belgisini qo’yib narxi deb ko’rsatilgan qatorga sichqonchani chap tugmasini bosamiz
Keyingi bosqichda * klaviaturadan ko’paytirish belgisini qo’yib miqdor qatordagi son ustiga sichqonchani olib boramiz va Enter tugmasini bosamiz
Va natija quyidagicha hosil bo’ladi
Endi biz qolgan ustunlarni ham natijani hisoblab chiqishimiz kerak. Buning uchun biz sodda va oson yo’ldan foydalanamiz. Ya’ni hisobni chiqargan qatorimizni klaviaturadan Ctrl C tugmasi orqali nusxalaymiz va hamma qatorni belgilab Ctrl V tugmasini bosamiz
E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |