• 3. Talimda media savodxonlik va axborot madaniyatini qollash metodlari. 4. Axborot xurujlari: etnik, irqiy, milliy mintaqaviy, diniy siyosiy va boshqa korinishlari.
  • Microsoft Word 12 mavzu docx




    Download 122.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana01.04.2024
    Hajmi122.76 Kb.
    #184377
      1   2
    Bog'liq
    12 Mavzu Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy nazariy asoslari
    halol-kasb-hunar-qut-baraka-keltirar[1], FIRE PROTECTION AND FIRE SAFETY, В.И. Бараз, geokniga-dengub-vm-edinicy-velichinslovar-spravochnik, 11-mavzu. Shaxsga yo’naltirilgan axborot psixologik, diniy va madaniy tahdidlar, 6-10, DASTUR LASH ASOSLARI 1-qism, 1-ma\'ruza, 4-Maruza.Shifratorlar va deshifratorlar analog, seminar 1, seminar 3, seminar 4, 1-Amaliy mashg\'ulot, 2-Amaliy mashg\'ulot, Lobarotoriya ishi-1


    Ma'ruza 12. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING G'OYAVIY NAZARIY 
    ASOSLARI. 
    Reja: 
    1. Yoshlarda media maydon va, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
    madaniyatini shakllantirish. 
    2. Axborot manbalariga qiyosiy va tanqidiy yondashuv. 
    3. Ta'limda media savodxonlik va axborot madaniyatini qo'llash metodlari. 
    4. Axborot xurujlari: etnik, irqiy, milliy mintaqaviy, diniy siyosiy va boshqa 
    ko'rinishlari. 
    Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy 
    tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy 
    ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan 
    ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish 
    zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida 
    yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ 
    madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. 
    Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata olishiga, 
    yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib ketishi mumkinligiga 
    ishonadi. Ular uchun “mashhur bo’lib ketish” o’zini namoyon etish, hamda shu orqali tor yoki keng 
    doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda foydalanuvchilar qo’llab-
    quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo’lishdan iboratdir. 
    Yoshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib turadi. 
    Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o’zidan olisda bo’lgan yaqinlari bilan muloqotda 
    bo’lib turadi, yangi do’stlar orttiradi. Ular Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish 
    imkoniyatiga ega. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham 
    mumkin. Ammo interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin 
    emas. SHuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim. Ko’plab yoshlar 
    tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi. 

    Download 122.76 Kb.
      1   2




    Download 122.76 Kb.
    Pdf ko'rish