• Kalit so‘zlar
  • Microsoft Word 30.Àëèáåêîâ 162-167




    Download 126,22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana30.11.2023
    Hajmi126,22 Kb.
    #108784
      1   2
    Bog'liq
    9136-Текст статьи-21980-1-10-20230614
    Презентация (4) (1)


    162 
     INTERFAOL METODLARNING TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI 
    AHAMIYATI 
     
    Alibekov Davron Abdurakibovich 
    O‘zMU Jizzax filiali Oila psixologiyasi kafedrasi mudiri,falsafa doktori 
    (PhD) 
    alibekovdavron252@mail.com
     
     
    Annotatsiya:Ushbu 
    maqolada 
    pedagogik 
    faoliyatda 
    interfaol 
    yondashuvning imkoniyatlari va interfaol metodlarning xususiyatlari xaqida 
    mulohazalar yuritilgan. 
    Kalit so‘zlar:yondashuv,pedagogik texnologiya,interfaol metodlar,ta’lim 
    Bugungi kunda jamiyatning turli sohalaridagi islohatlarning amalga 
    oshirilayotganligi kelajak avlod oldiga muhim vazifalar qo‘yadi. O‘zbekiston 
    Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
    va Vazirlar mahkamasining ta’limga oid qator qarorlaridan ko‘zlangan maqsad 
    bilimli, ijodkor, izlanuvchan, dunyoqarashi keng, jamiyat taraqqiyotiga xizmat 
    qiladigan yoshlarni yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Bunday vazifalarni 
    to‘laqonli amalga oshirish uchun ta’lim sifatiga e’tibor qaratish lozim. 
    O‘zbekiston Respublikasidagi amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi 
    islohatlarning asosiy maqsadi – barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni 
    tarbiyalashdan iboratdir.[1] 
    Ta’lim-tarbiyaning davlat va jamiyat uchun qadr-qimmatini oldindan 
    belgilovchi ijtimoiy negizlar muhimligiga qaramay, ular asosiy narsani ta’limning 
    shaxs bilan bog‘liq qadriyatlarni, ya’ni insonlarning o‘z bilimiga, uning darajasi va 
    sifatini oshirishga rag‘batlantiradigan munosabatlarini aks ettirishi lozim. 
    Ta’lim jarayonining sifati, tarkibidagi umumiy va xususiy jihatlarni, 
    ularning o‘zaro bir-birini to‘ldirishi, boyitib borishini ko‘rish muhimdir. Shu 
    nuqtai nazardan kelib chiqib, interfaol metodlarning ta’lim sifatini oshirishdagi 
    o‘rni va ahamiyatini asoslab o‘tish joizdir. 
    Avvalo interfaol tushunchasi nimani anglatishiga to‘xtalib o‘tamiz. Interfaol 
    metodlar – talabalarning o‘zaro muloqati va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini 
    amalga oshiruvchi usul – “Interaktiv” so‘zi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, 
    “Interakt”, ya’ni inter – bu “o‘zaro”, akt – “harakat, ta’sir, faollik” ma’nolarini 
    bildiradi. Interfaol metodlar orqali tashkil etilgan darslar talabani ijodiy fikrlashga, 
    olingan axborotlarni faollikda hal etishga, masalalar yechimini topishga, 
    hamkorlikda ish yuritishga, fikrini yozma va og‘zaki ravishda bayon etishga 
    chorlaydi.[2] 
    Interfaolllik – o‘qituvchi va talaba muloqatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol 
    metodlardan foydalanib dars o‘tishning bosh maqsadi ta’lim jarayoni uchun qulay 
    sharoit va vaziyatlar yaratish orqali talabaning ijodiy, faol, erkin fikrlashi uchun 
    muhit yaratib berishdan iboratdir. Ta’lim jarayonida interfaol metodlarni 
    qo‘llashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchi interfaol metodlarni 
    tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 


    163 
    - o‘qitish usuli, o‘qitish faoliyati usulllari usullari bilan chambarchas 
    bog‘liq bo‘lishiga; 
    - maqsadga erishishda o‘qituvchi va talaba hamkorligi o‘z aksini topishi 
    shart ekanligiga; 
    - talabalarning individual psixologik xususiyatiga; 
    - berilayotgan ma’lumotlarning izchilligiga va tizimligiga. 
    Hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan interfaol metodlar ta’lim sifatini 
    oshirishga xizmat qilmoqda. Bular: aqliy xujum, yalpi fikriy xujum, klaster, 
    qarorlar shajarasi, zig-zag, qora quti, 6X6X6, BBB, sinkveyn, charxpalak, venn 
    diogrammasi kabi metodlardir. 
    Ta’lim jarayonida ushbu metodlar qo‘llanilganda: 
    - muayyan nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirilishiga; 
    - vaqtdan unumli foydalanishiga; 
    - talabalarning erkin fikrlashi shakllanishiga; 
    - dars jarayonida har bir talabani faol ishtirok etishiga; 
    - o‘zgalar fikrini tinglay olishiga; 
    - o‘z fikrini himoya qila olishiga; 
    - bildirilgan fikrlarni umumlashtira olish ko‘nikmasi shakllanishiga olib 
    keladi.
    Shunday qilib ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashda o‘qituvchi 
    ta’lim jarayonining boshqaruvchisi vazifasida bo‘lib, bunda boshqaruv maqsadi 
    ta’limning ob’ekti va sub’ekti sifatida talabaga yo‘naltiriladi. Demak, interfaol 
    metodlar ta’lim mazmuni, usul, shakl va vositalar asosida yuzaga keladi. Ushbu 
    jarayon kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltiriladi. 
    Ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni interfaol metodlar 
    asosida tashkil etish malakasini shakllantirishda quyidagi tamoyillarga amal qilish 
    asosida erishiladi; 
    1. Ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi yagona 
    maqsadning qaror topganligi. 
    2. Ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi 
    harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga 
    oshirilishi. 
    3. Ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etishda mavjud shart-
    sharoit hamda sub’ektiv yondashuvlarni inobatga olish. 
    4. Pedagogik mahoratni erkin namoyish etish. 
    5. Ta’limda nazariy va amaliy faoliyat birligi. 
    6. Ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy 
    tajribalarga tayanish. 
    Ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi omillar 
    asosida amalga oshiriladi: 
    1. Ob’ektiv omillar: 
    - ta’lim jarayoni uchun moddiy-texnik bazaning yaratilganligi; 
    - ta’lim jarayonida pedagogik monitoring tashkil etilganligi va uning 
    adabiyotlar bilan ta’minlanganligi; 


    164 
    2. Sub’ektiv omillar: 
    - ta’lim jarayonining o‘qituvchilarda interfaol metodlar mohiyatini 
    o‘rganishga nisbatan qiziqishning yuzaga kelganligi; 
    - ta’lim jarayonining o‘qituvchilarning interfaol metodlar mohiyatidan 
    xabardorligi; 
    - ta’lim jarayonining o‘qituvchilarning o‘z pedagogik faoliyatlarida interfaol 
    metodlarni qo‘llay olish mahoratiga ega ekanligi; 
    - o‘qituvchilarda ijodkorlik, izlanuvchanlik, talabalar o‘rtasida ko‘tarinki 
    kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi; 
    - interfaol metodlar asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan 
    o‘qituvchilarni rag‘batlantirib borish. 
    O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil 
    etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq 
    belgilanadi: 

    ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning talabalar bilan muloqatini 
    muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy 
    yondashuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvafiq xatti-
    harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi; 

    pedagogik faoliyat mazmuni,sur’ati va samaradorligining yuqori 
    darajasi.[3] 
    Interfaol metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi talabaning 
    fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to‘g‘ri xulosani aytib 
    ketadi. Natijada talaba xatosini o‘zi tushunib yetadi. Bu esa ularni tushkunlikka 
    tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xatolarning oldini oladi. Interfaol metodlar 
    o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslanadi. O‘qituvchi qanday 
    bo‘lmasin talabaning fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi. Shu bilan 
    talabalarni bir-birlarini tinglashga o‘rgatadi. Qo‘shimchalar “sizning fikringizga 
    qo‘shilgan holda qo‘shimcha qilamiz”, “bizning ham ba’zi fikrlarimiz bor” kabi 
    so‘zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda talaba o‘zini hurmat 
    qilayotganini sezadi. Bunday sharoitda hech qanday tayziqsiz erkin fikrlay 
    boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Shu bilan birgalikda u boshqalarni hurmat 
    qilishga o‘rganadi. 
    Intaerfaol metodlar talabalarda doimiy faollikni ta’minlaydi. Talabalar dars 
    davomida bo‘sh qolmaydilar, ular tegishli mavzuga oid biror muammo bilan band 
    bo‘ladilar. Natijada talabalar darsdan tashqari narsalar bilan shug‘ullanmaydi. 
    Interfaol metodlardan foydalanishda o‘qituvchi eng avvalo, darsning 
    texnologik loyihasini tuzib olish lozim. Darsni texnologik loyihalash uchun esa 
    o‘qituvchi interfaol metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo‘lishi kerak. 
    O‘qitish usullariga esa quyida ko‘rsatilgan muayyan talablar qo‘yiladi: 
    - o‘quv materialini o‘rganishning o‘qituvchi tavsiya etgan yo‘li mustaqil 
    qarashlar, irodaviy xususiyatlari va hulqning shakllanishiga olib borishi kerak; 
    - o‘qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va ariq bo‘lishi lozim. Shundagina 
    o‘qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo‘yilishi va hal qilinishi 
    mumkinligini ko‘ra oladi; 


    165 
    - o‘qitish metodining tushunarliligi talaba uchun qabul qilinishi va 
    qo‘llanilishi, 
    o‘quv 
    materialini 
    o‘rganishning 
    usuli 
    va 
    bilimlarni 
    o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi zarur; 
    - o‘qitishning onglilik va faollik tamoyiliga jiddiy e’tibor qaratish kerak. 
    Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko‘zda tutiladi va shuning 
    uchun u qandaydir maqsad qo‘yishni, unga erishish bo‘yicha faoliyat usulini, ana 
    shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilish taqozo etadi. 
    Har qanday faoliyat uning ob’ektini talab etadi. Nihoyat metod maqsadga olib 
    borishi kerak, aks holda, u qo‘yilgan maqsad yaroqsizligini yoki bu holatda uni 
    umuman noto‘g‘ri qo‘llanilganligini e’tirof etish lozim. 
    Ta’lim 
    jarayonida 
    zamonaviy 
    pedagogik 
    texnologiya 
    pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanish, interfaol metodlarni qo‘llab dars o‘tish bugungi kun 
    ta’limining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki, ta’lim jarayoniga 
    qo‘yilayotgan eng asosiy talablardan biri an’anaviylikdan ya’ni bir xillikdan 
    chekinib, har bir darsimizda har xil usullardan foydalanib o‘tishni taqozo etadi. 
    Dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish orqali talabalarga berilayotgan 
    ta’lim sifati yanada oshadi. 
    Interfaol metodlar o‘qituvchi – talaba hamda talabalarning o‘zaro 
    faoliyatida namoyon bo‘ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi o‘quv jarayoni 
    uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali talabaning faol hamda erkin fikr yuritishiga 
    muhit yaratishdir. Interfaol metodlar asosida o‘tgan darsni tashkil etish shunday 
    kechadiki, ushbu jarayonda birorta talaba chetda qolmaydi, ya’ni bilgan, o‘ylagan 
    fikrlarini ochiq oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
    Ta’lim jarayonini interfaol metodlar orqali tashkil etishda quyidagi o‘qitish 
    muhiti yaratiladi: 
    - o‘qituvchi va talaba o‘rtasida sog‘lom muhit yaratiladi; 
    - talabalar o‘qish va tadqiqot ishlarida bir-biriga ko‘maklashadi; 
    - o‘quv materiallariga ega bo‘ladi; 
    - ijodkorlikka rag‘bat beriladi; 
    - fikrlarni almashishga va mulohaza qilio‘ga imkon yaratiladi; 
    - nutqiy rivojlanish rag‘batlantiriladi; 
    - ma’lumotlarni mustaqil olish ko‘nikmalari shakllanadi. 
    Hozirda ta’lim jarayonida talabalarni bilim olishlari bilan birgalikda ularni 
    erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish talab qilinmoqda. Zero mustaqil fikrga ega 
    bo‘lgan yoshlar vatanni sevadi, ona tabiatga ongli munosabatda bo‘ladi, kelajakka 
    umid bilan qaraydi. Ushbu fazilatlarni talabalarda tarkib toptirishda interfaol 
    metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonini tashkil 
    qilishda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni 
    shakllantirish ko‘nikmasi shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni hosil qilishda 
    treninglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

    Download 126,22 Kb.
      1   2




    Download 126,22 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 30.Àëèáåêîâ 162-167

    Download 126,22 Kb.
    Pdf ko'rish