• Kalit so‘zlar
  • O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoev
  • Microsoft Word rahmatullayeva mushtariy




    Download 160.22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana13.11.2023
    Hajmi160.22 Kb.
    #97850
      1   2   3
    Bog'liq
    7721-Текст статьи-18566-1-10-20230203



    36 
    XXI ASRDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK 
    MAHORAT 

    M.Rahmatullayeva,
    2
    G Rashidova, 
    3
    U.
    Karakulova-Mirzo Ulug‘bek nomidagi 
    O‘zbekiston Milliy unversitetining Jizzax filiali 
     
    Annotatsiya:Bugungi kunda talabalarning pedagogik texnalogiyasini 
    innovatsiyon g‘oyalarini amalga oshirish hamda takomillashtirish texnologiyalari 
    va loyihalari keng ko‘lamda takomillashtirib borilmoqda. Shunday ekan 
    talabalarning inavatsion salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, 
    innovatsion g‘oyalarni, texnologiyalar va loyihalarni keng tadbiq qilish maqsadga 
    muofiqdir.
    Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya,pedagogik mahorat, ta’lim, kadrlar 
    masalasi. 
    Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni 
    ko‘ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g‘ayrat-
    shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, 
    ko‘zlagan marralarga albatta etamiz. Yangi 
    O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor 
    yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz. 
    Sh.Mirziyoev 
    Biz mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasrurini bosqichma-bosqich 
    amalga oshirib kelmoqdamiz. Aytishimiz joizki bu albatta o‘qituvchilarning 
    faoliyati va uning kasbiy nufuzini oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Albatta 
    mamlakat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash nihoyatda nozik ziddiyadli 
    jarayon hisoblanadi. Fan va texnikaning tobora rivojlanib borishi natijasida axborot 
    tizimining hajmi ham kengayib bormoqda. Zamonaviy texnika va texnologiyalar 
    ta’limga tatbiq etilib, ta’lim jarayonlari kompyuterlashtirilmoqda. Bu esa o‘z 
    novbatida axborot texnologiyasi (AT) va texnik vositalar (TV) dan keng 
    foydalanish imkoniyatlarini yaratmoqda.


    37 
    O‘qituvchi va talaba faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi o‘z 
    maqsadini puxta bilishi, metodlar yordamida talaba yoshlarni qiziqtira olishi lozim. 
    Buning uchun albatta o‘quv jarayonida moddiy-texnik baza yaratilgan bo‘lishi 
    maqsadga muofiq. Va yana shuni aytib o‘tish kerakki talaba yoshlarni xolisona 
    baholash uchun talim jarayonida boholash avtomatlashtirildi. Bugungi kunda har 
    bir sog‘lom inson yangi asrda o‘zi, qarindoshlari, yaqinlari, tengdoshlarining 
    jamiyatdagi o‘rni va salohiyati qanday bo‘lishini o‘ylashi tabiiy. Shuning uchun 
    har bir inson izlanishdan tohtamasligi va har doim harakatda bolmog‘i kerak. 
    Ta’lim tizimi faoliyati samaradorligini oshirishda o‘qituvchilar alohida o‘rin 
    tutadi. Ularning kasbiy mahorati, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy sifatlari 
    barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim omillardan biri bo‘lib 
    xizmat qiladi. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, 
    juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. 
    Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmuni nafaqat shaxs 
    kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhum ahamiyatga ega 
    ekanligini anglatadi.
    Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov kadrlar tayyorlash milliy daturi to‘la 
    ro‘yobga chiqsa, ijobiy ravishda “portlash effekti” sodir bo‘lishini bashorat qilib 
    shunday degan ekan: “Ishonchim komil, agar bu islohotni amalga oshirsak, tez 
    orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi portlash effektiga ya’ni samaradorligiga 
    erishamiz” 
    1) Ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va mammlakatdagi muhit 
    keskin o‘zgaradi; 
    2) Inson hayotda o‘z ornini toppish jarayoni tezlashadi; 
    3) Jamiyatda erkin fikrlovchi shaxslar shakillanadi; 
    4) Ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensional kuchlarini 
    ro‘yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi; 


    38 
    5) Oldimizda turgan har qanday fazifani bajarishda va maqsadlarga 
    erishishda jamiyatimizning har bir a’zosi qo‘shadigan hissa “portlash effektiga” 
    olib keladi. 
    Har bir inson o‘zi tug‘lib o‘sgan jamiyat rivoji uchun o‘zining salmoqli 
    hisssasini qo‘shishi, shu mamlakat tinchligi va osoyishtaligini asrashi kerak. Har 
    birimiz o‘zimizda ijobiy manoda portlash affektini ko‘rsata olsak bu kelajagimiz 
    uchun yana bitta qadam hisoblanadi. 
    O‘zbekistonlik 
    metodist 
    B.L.Ferberman 
    Pedagogik 
    texnalogiyaga 
    quydagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya ta’lim jarayooniga yangicha 
    yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy muhandislik ongi ifodasidir. U 
    pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri 
    asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan 
    bog‘liq ijtimoiy hodiusadir”. 
    V.P.Bespalkoning O‘zbekistonlik shogirdlaridan N.Sayidahmedov va 
    M.Ochilovalarning fikricha, “Pedagogik texnalogiya – bu o‘qituvchi 
    (tarbiyachi)ning o‘qitrish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga 
    muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan 
    belgilangan shaxs sifatlarini intensive shakllantirish jarayonidir”
    M.V.Klarin fikricha, “Pedagogik texnologiya o‘quv jarayoniga texnologik 
    yondashgan holda, oldindan belgilab olingan ko‘rsatkichlardan maqsad kelib 
    chiqib, o‘quv jarayonini loyihalashdir”. 
    Pedagogik texnologiya – o‘qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. 
    O‘quv materiallarini tanish, qayta ishlash o‘quvchi yoki talabalarning kuchiga, 
    o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o‘zgartirish ham ta’lim 
    texnalogiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya, o‘z navbatida, ta’lim-tarbiyaning 
    obyektiv qonuniyatlari va diagnostic maqsadlari asosida o‘quv jarayonlari, ta’lim-
    tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarni ishlab chiqish va takomillashtiradigan 
    o‘quv jarayonidir.


    39 
    Pedagogik texnologiyaning umumiy muammolari ko‘p va rangbarangdir. 
    Bular orasida an’anaviy ta’limga yangicha yondashuvlarni tatbiq qilish, pedagogic 
    jarayonni tashomillashtirish, demokratik pedagogika elementlarini shakllantirish va 
    ulardan amalda foydalanish, hamkorlik va insonparvarlik pedagogikasini 
    kuchaytirish, bilim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsini faollashtirish, ta’lim 
    mazmunini didaktik tamoyillar asosida boyitish, o‘quv jarayonini yuksak darajada 
    tashkil etish va uni boshqarish, talim tarbiya jarayonlarining uzluksiz monitoring 
    va nazorati hamda sarhisobini amalga oshirish, rivojlantiruvchi texnologiyalarni 
    samarali tarzda qo‘llash kabilar alohida o‘rin tutadi. 
    Pedagogik texnologiyaning eng murakkab jarayon insonning ta’lim-tarbiyasi 
    bilan shug‘ullanishda asosiy vosita bo‘lganligi tufayli ham uning asoslari ham 
    shaxs murakkabligi kabi xilma-xildir. Ular orasida tarixiy, nazariy, ijtimoiy
    falsafiy, metodologik, pedagogik, didaktik, gigienik, iqtisodiy, mafkuraviy, amaliy 
    va boshqalar farq qilinadi. Pedagogik texnologiya fan sifatida o‘zining hayotdagi 
    munosib o‘rnini egallab bormoqda. Pedagogik texnalogiyaning o‘z tarkibi va 
    mazmuni bo‘yicha takomillashuvi, uning kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining 
    ortishi uzluksiz davom etadi. Bunday dinamik jarayon ta’lim tizimida sodir 
    bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan garmonik tarzda kechadi. Texnologiyaning umumiy 
    tasnifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa ekanligida namoyon bo‘ladi va 
    ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog‘liq maqsad va vazifalar, motiv va extiyojlar, 
    qiziqish va xohishlarni amalga oshirishda ro‘y-rost ko‘rinadi. 
    Mustaqil shaxsni shakllantirish, uni jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida 
    ijtimoiy foydali mehnatga layoqatli kadr darajasigacha tarbiyalash ko‘p qirrali va 
    murakkab jarayondir. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi 
    iborasini esga olish o‘rinlidir: “Kadrlar tayyorlash uzoq davom etadigan jarayon 
    bo‘lib, u har birimizdan astoydil, betinim va mashaqqatli mehnatni talab etadi.” 
    Haqiqatdan ham, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy 
    tashkilotlar va, ayniqsa, ta’lim tizimi mutasaddilarning zimmasiga bu masala 
    yuksak mas’uliyat yuklaydi. 


    40 
    Xulosa qilib aytganda, zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida 
    hukm surayotgan inqirozdan qutilishning yagona va bosh mezonidir.

    Download 160.22 Kb.
      1   2   3




    Download 160.22 Kb.
    Pdf ko'rish