Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish reja




Download 36.35 Kb.
Sana13.01.2024
Hajmi36.35 Kb.
#136900
Bog'liq
Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasida-fayllar.org
Boshqaruv fanidan A,B,S,D variantlarining kalitlari, MB topshiriq Amaliy , Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, Bultli texnologiyalar, Moliya referat, 5-ma\'ruza, 4-ma\'ruza, 9-ma\'ruza, 2-Amaliy ish10.20.30, Buxoro psixolog-WPS OfficeMehrinoz, mB28URGR4CjhMkryAjJf, Milliy iqtisodiyotni turli sohalarida blokcheyn texnologiyasidan, Bolaning ijtimoiy rivojlanishida nutq egallashning axamiyati, O‘rnatilgan tizim protsessorlari-fayllar.org

Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish

MILLIY IQTISODIYOTNING TURLI SOHALARDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Blokcheyn texnologiyalarining yaratilishi va iqtisodiyotga ta’siri
2. Blokchynda tarmoq havfsizligi masalalari.
3. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.

BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING YARATILISHI VA IQTISODIYOTGA TA’SIRI 3.1. Blokcheyn qanday yaratiladi Blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Bu ma’lumotlar to‘plami bloklar deb ataladigan va tartibga solingan qaydlar doimiy o‘sib boradigan ro‘yxatda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilarning ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmydi, yopiq kalitlar mavjudligi esa bloklar zanjirlarining ma’lum bir qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi va biz buni yaxshi metafora deb hisoblaymiz. Har bir kishi internetda axborot joylashtirishi, so‘ngra boshqa odamlar unga dunyoning istalgan nuqtasidan turib ulanish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Bloklar zanjirlari blokcheyn fayli yoki qandaydir qadriyatlar ochiq bo‘ladigan dunyoning istalgan nuqtasiga ma’lumotlar jo‘natishga imkon beradi. 115 Biroq sizda faqat siz «egalik» qiladigan bloklarga kirish imkonini berish uchun kriptografik algoritm bo‘yicha yaratilgan yopiq kalit bo‘lishi lozim. Yopiq kalitni kimgadir berar ekansiz, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo‘limida saqlanadigan pul mablag‘larini bergan bo‘lasiz.Bitkoinlar holatida, kalitlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiymatni ifodalaydigan valyutadagi ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi. Xuddi shu bilan mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga oshiriladi.Bundan tashqari, yana bir muhim funksiya –ishonchli munosabatlar o‘rnatish va shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshiriladi, chunki mos keluvich kalitlarsiz bloklar zanjirini hech kim o‘zgartira olmaydi. Tegishli kalitlar bilan tasdiqlanmagan o‘zgarishlar esa rad qilinadi. Albatta, kalitlar (jismoniy valyuta kabi) nazariy jihatdan o‘g‘irlanishi mumkin, lekin kompyuter kodining bir nechta satrini himoya qilish odatda katta harajatlar talab qilmaydi (masalan, buni mash’ur Fort-Noksda oltin zaxirasini saqlash harajatlari bilan taqqoslang). Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada? Bugungi kunda biz markazlashgan interaktiv internet platformasi orqali axborot almashinishga ko‘nikib qolganmiz. Biroq agar gap moddiy boyliklarni (pulni) o‘tkazish haqida borganda, biz odatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) hizmatlaridan foydalanishga murojaat qilamiz. Internet orqali to‘lovlar usullari amalda bu tarmoq dunyoga kelgan paytlarda paydo bo‘lgan (eng ko‘zga tashlanadigan misollardan biri — PayPal), biroq ular, qoidaga ko‘ra, bank hisobraqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya qilishni talab qiladi.Blokcheyn texnologiyasi esa bular singari «ortiqcha bo‘g‘in»lardan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy hizmatlar sektori bajaradigan uch muhim amalni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish.Bu holat bank ishida ulkan ahamiyatga molik bo‘ladi, chunki butun dunyoda miqyosida moliyaviy hizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir. Bu tizimning hech bo‘lmasa bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazish moliyaviy hizmatlar sohasida ko‘p sonli uzilishlarga olib kelishi 116 mumkin, lekin shu bilan bir paytda, bunday hizmatlar samaradorligini sezilarli oshirishga imkon beradi. Blokcheyn texnologiyalarining uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya sektoridan tashqarida ham juda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Yana bir valyutaning (bitkoin) muomalaga kiritilishi bilan, blokcheyn texnologiyasidan raqamli ma’lumotlarning har qanday turini, jumladan, kompyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi mumkin.Ushbu kod fragmentini shunday dasturlash mumkinki, u ikkala kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu tariqa shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda tegishli amal bajariladi. Xuddi shu kodtashqi ma’lumot oqimlaridan axborot olishi (aksiyalar narxi, meteorologiya ma’lumotlari, yangiliklar sarlavhalariva kompyuter tahlil qilishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar)vama’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar tuzishi mumkin.Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» (smart-contract) deb ataladi va uni qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi.Masalan, termoregulyasiya intellektual tizimi energiya iste’moli haqidagi ma’lumotlarni intellektual elektr tarmog‘iga uzatishi mumkin. Belgilangan miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilinganda boshqa bloklar zanjiri avtomatik ravishda kerakli summani sizning hisobraqamingizdan energetika kompaniyasi hisobraqamiga o‘tkazadi. Natijada hisoblagich ishi avtomatlashtiriladi.Mazkur yondashuv intellektual mulkdan foydalanishni nazorat qilish uchun ham to‘g‘ri keladi: u foydalanuvchiga necha marta axborotga ulanish, u bilan o‘rtoqlashish yoki undan nusxa ko‘chirishga ruxsat berilganini belgilashi mumkin. Undan yana qalbakilashtirishdan himoya qilingan ovoz berish tizimi yaratish, axborotni tsenzura cheklovisiz tarqatish va boshqa amallar uchun foydalanilishi mumkin.Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokcheyn»dan taqsimlangan registrlar sifatida ishlatishadi, oddiy «blokcheyn»dan esa axborot saqlash va tranzaksiyalar amalga oshirish usulini tubdan o‘zgartirish uchun foydalanadilar. Ular maqtovga loyiq maqsadlarni ko‘zlaydilar: tezlik va havfsizlikni oshirish, qiymatni pasaytirish, xatolar sonini kamaytirish, ishdan chiqish va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish kabi ishlarni amalga oshirishni rejalashtiradilar. Bunday modellarto‘lovlarni amalga oshirish uchun 117 kriptovalyutalardan foydalanishi shart emas.Biroq eng muhim va istiqbolli blokcheynlar bitkoinning Satosi Nakomoto tomonidan ishlab chiqilgan blokcheyni va modeliga asoslanadi. Ular qanday ishlashini quyida ko’rib chiqamiz. Bitkoyn, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda saqlanmaydi. U blokcheynda yozilgan tranzaksiyalar bilan ifodalanadi va bitkoin bir rangdagi katta tarmoq resurslari orqali bitkoindan foydalanilgan har bir tranzaksiyani tasdiqlash va uni ma’qullash uchun foydalaniladigan qandaydir butunjahon grossbux kitobi yoki katta jadval kabi boladi. Har qanday blokcheyn, bitkoyndan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’i nazar, taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ushbu tizimga kirgan ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi, shuning uchun ham, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q. Blokcheyn ommaviydir: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki utranzatsiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta tashkilotga a’zo emas hamdataqsimlangan tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual havfsizlikni ta’minlash uchun ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun foydalanoladigan ikkita kalit tizimi kabi) qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimidan foydalaniladi. Davlat muassasasi yoki moliyaviy korporatsiyaning vijdonsiz xodimi yoki supermarketlar ulkan tarmog‘ining kuchsiz brandmauerlari haqida qayg‘urishga esa hojat yo‘q. Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli registrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo‘lan istalgan axborotnisaqlash uchun ishlatish mumkin, shu jumladan, tug‘ilganlik haqida, nikoh haqida va o‘lim haqidagi guvohnomalar, oliy ma’lumot haqidagi diplomlar, moliyaviy hisobotlar, tibbiyot kartalari, sug‘urta to‘lovlari uchun murojaatlar, saylovlardagi ovozlar soni, mahsulotlarning kelib chiqishi – kod ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotni saqlashga dasturlab qo‘yish mumkin. Yangi platforma dunyodagi hamma narsa haqida raqamli ma’lumotlarni onlayn rejimida birlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda moddiy dunyodagi milliardlab aqlli qurilmalar o‘zgarishlar qabul qilishi va uzatishi, ularga javob qaytarishi, o‘z ehtiyojlarini ta’minlash uchun elektrenergiyasi xarid qilishivamuhim axborotlarni tarqatishi, 118 atrof-muhitni muhofaza qilishdan tortib, bizning sog‘lig‘imiz haqida qayg‘urishgacha bo‘lgan xilma-xil vazifalarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Hulosa qilib aytganda, «hamma narsa interneti»ga «hamma narsa registri» kerak boladi. Biznes, savdo va iqtisodiyotga ham raqamli hisoblashlar talab etiladi. Barchaga ma’lumki, tadbirkorlik iqtisodiyotning rivojlanishi va jamiyatning gullab-yashnashi uchun juda muhimdir.Internet tadbirkorlarga yirik kompaniyalarning meros bo‘lib qolgan madaniyatini, rivojlanishdan to‘xtagan ish jarayonlarini va o‘tmishning og‘ir ballasti kabi muammolarini emas, balki imkoniyatlar va vositalar taqdim etgan holda tadbirkorlikni tom ma’noda ozod qilishi lozim. Biroq o‘z egalarini milliarderga aylantirgan dotkomlarning ovoza bo‘lgan muvaffaqiyatlari yoqimsiz bir haqiqatni niqoblab turadi: ko‘plab rivojlangan iqtisodiyotlardatadbirkorlik va yangi kompaniyalar paydo bo‘lishi oxirgi o‘ttiz yilda kuchli pasayishni his qilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda Internet davlatning haloqatga eltadigan byurokratiyasiga qarshi kurashishga majbur bo‘layotgan potensial tadbirkorlar uchun to‘siqlarni deyarli pasaytirmadi. Internet milliardlab odamlarga o‘z ishini boshlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermadi. Albatta, tadbirkor bo‘lish hammaning ham taqdiriga bitilgan emas, lekin munosib pul ishlab topishga harakat qilayotgan hatto o‘rtacha statistik insonga ham moliyaviy operatsiyalarn amalga oshirish imkoniyti yo‘qligi va davlat cheklovlarining kuchayib ketganligi ancha xalal beradi.Bu albatta, murakkab muammo, lekin blokcheyn ko‘p jihatdan tadbirkorlikka va mos ravishda, biznesni gullab-yashnashga kuch-quvvat baxsh etishga qodir. Endi, muhim ahamiyatga ega bo‘lish hamda o‘z jamiyatidan tashqarida ishbilarmonlik faoliyati yuritish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘rtacha statistik fuqaro internetga ulangan qurilmaga ham ega bo‘lishi zarur. Global iqtisodiyotga Internetga ulanishni kreditlash va moliyalashtirish manbalari, ta’minotchilar, hamkorlar va investitsiyalash uchun imkoniyatlarning keng miqyosdagi ochiqligini anglatadi. Har qanday iqtidor, har qanday resurs, hatto eng kichik bo‘lsada, blokcheynda monetizatsiya qilinishi mumkin. Yangi platforma biz nimani va qanday qilib onlayn amalga oshirishimiz mumkinligini, bunda kim 119 ishtirok etishini, shu tariqa eng dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun texnologik sharoitlar yaratishga imkon beradi.Agar bu vazifani uddalashning imkoni bo‘lmasa, ko‘p narsa va’da qiladigan blokcheyn texnologiyasi cheklanadi yoki umuman yo‘q qilinadi. Bundan ham yomoni, u kuchli institutlar qo‘lidagi qurolga aylanishi mumkin bo‘lib, uning yordamida ular o‘z holatini saqlab qoladi, yoki, agar unga hukumat ulanish imkoniga ega bo‘lsa, blokcheyn yangi total kuzatuv jamiyati uchun bir vositaga aylanadi. Taqsimlangan dasturiy ta’minot, shifrlash, mustaqil agentlar va hatto sun’iy intellekt chambarchas bog‘langan texnologiyalarinazorat ostidan chiqishi va o‘z yaratuvchilariga qarshi ishlashi ham mumkin. Tarmoqda blokcheyn va ishbilarmonlik axloqi Ishonch – jarayonning tashqi emas, ichki elementi hisoblanadi. Blokcheynning asosi esa barcha qatnashuvchilar orasidag ishonchga asoslanga. Unda ma’lumotlar bir bosqichda kodlashtiriladi va bitta qatnashchi tomonidan nazorat qilinmasdan, balki nazorat barcha qatnashchilar o‘rtasida taqsimlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qadriyatlar almashinish ikkinchi tomon odob-axloq doirasida harakat qilishini kutgan holda amalga oshiriladi. Shunday qilib, ishbilarmonlik axloqi qadriyatlari – ishda va so‘zda halollik, o‘zgalarning manfaatlarini hisobga olish, o‘z qarorlari va harakatlarining oqibatlari uchun javobgarlik, qaror qabul qilish va harakatlar shaffofligi – qaror qabul qilish huquqlari, rag‘batlantirish tuzilmalari va operatsiyalarning o‘zi ham kodlanadi, shunday ekan, blokcheynda jamoa odob-axloq me’yorlarini buzishning imkoni bo‘lmaydi, yoki bu katta vaqt, pul, kuch-quvvat va nufuz harajatlarini talab qiladi. Internetda bevosita biznes yuritish yoki tranzaksiya amalga oshirishshu paytgacha oddiy bir sababga ko‘ra imkonsiz bo‘lgan, chunki pul o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa axborot tovarlari va intellektual mulkdan farq qiladi. Hamma do‘stlarga bitta selfini yuborish mumkin, lekin kimgadir to‘lab bo‘lingan bir dollarni do‘stingizga yubora olmaysiz. Pul sizning hisobraqamingizdan chiqarilishi va do‘stingizning hisobraqamiga o‘tkazilishi lozim. Pul bir vaqtning o‘zida ikkita joyda bo‘la olmaydi, katta miqdordagi pul haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. 120 Turli joylarda raqamli valyuta birligini ikki marta sarflash riski bor – shunda ulardan biri to‘lanmagan chek kabi to‘lov uchun qabul qilinmaydi. Bu aktivni ikki marta sarflash muammosi deb ataladi.Bitkoynblokcheynida tarmoqdagi bitkoyin egasi muayyan bitkoyinni sarflagan birinchi tranzaksiyaga belgi qo‘yadivabu bitkoyndan takroriy foydalanishga to‘sqinlik qiladi, shu tariqa ikki marta sarflash imkoniyatini bartaraf qiladi. Tarmoq qatnashchilari, bitkoynto‘liq funksional boshqaruvchilari, maynerlar, eng yangi tranzaksiyalar haqida ma’lumot to‘playdi va ularni har o‘n daqiqa ma’lumotlar bloki ko‘rinishida saqlaydilar. Har bir blok faqat undan oldingi blok mavjudligidagina amalda bo‘ladi. Bayonnomalarga shuningdek,har bir uzel blokcheynni to‘laligicha saqlashi uchun disk makonini regeneratsiya qilish usuli kiritiladi. Nihoyat, blokcheyn ommaviydir, chunkiundagi tranzaksiyalar qanday o‘tishi hammaga ko‘rinib turadi. Shunday qilib, tranzaksiyaniyashirishning hech ham imkoni yo‘q, bitkoynni kuzatish oddiy pulni kuzatishdan osonroqdir.Mayning jarayonlari – tranzaktsiyalar blokini yig‘ish, resurslar sarflash, masalani hal qilish (boshqorimalar ketma-ketlikda bo‘lganima’qul), murosa (consensus)ga erishish, tashqi registr nusxasini qo‘llabquvvatlash shu qadar muhimki, ayrimlar bitkoyn blokcheynini huddi internet kabi foydali deb aytadi va uni ommaviy qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. Endi esa bu holatlar blokcheynniiqtisodiyotda qo’llash masalasida nimalarni anglatadi, degan savolni ko’rib chiqamiz. Odamlar shaxsini tasdiqlash va ularning hozircha dog‘ tushmagan nomiga kafillik berishni yirik kompaniyalar va davlat muassasalariga ishonib topshirish o‘rniga bu funksiyalarni tarmoqqa ishonamiz. Butun tarix davomida birinchi marta tranzatsiyalarga va ikkinchi tomon harakatlaridan qat’i nazar, yozilgan axborotlarning katta qismiga ishonchni ta’minlaydigan blokcheyn ko’rinishidagi ochiq platforma paydo bo’ldi.Tizim ma’lumot saqlash va uni boshqarish jarayonini yagona nazorat markazi bo‘lmagan bir rangdagi tarmoqda amalga oshiradi ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha taqsimlaydi. Bironta tomon ham tizimni buzishga qodir emas. Agar bironta hukumat organibitta qatnashchi yoki qatnashchilar guruhini uzib qo‘yish yoki alohida ajratishga erisha oladigan bo‘lsa, tizim ishlashda davom etaveradi. Agar tarmoqning katta qismi uning ustidan 121 nazoratni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, nima ro‘y berayotganini hamma ko‘rib turadi.Internet paydo bo‘lgan paytda xodimlar, fuqarolar, mijozlar yoki boshqa tashkilotlardan iborat katta foydalanuvchilar bazasiga ega bo‘lgan bironta yirik institut o‘zining ijtimoiy majburiyatlari haqida o‘ylamasdi. Markazlashgan hukumat organlari muntazam ravishda bu haqida xabardor qilmasdan foydalanuvchilar fikriga zid ravishda harakat qilish, ularning ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, ularni davlat talabi bo‘yicha taqdim etish, foydalanuvchilar roziligisiz keng ko‘lamli o‘zgarishlar joriy qilishga tayyorligi va qodirligini namoyish etib kelar edi.Bitkoyn blokcheynini nazorat qilishga urinish harajatlariolinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy foydadan ancha katta bo‘lishi mumkin. Satosi Nakomoto foydalanuvchidan tarmoqni himoya qilish va yangi bitkoinlar ishlab chiqarish uchun katta hisoblash quvvatlari (demak, ko‘p elektr energiyasi) sarflashni talab qiladigan ishni isbotlash usulini joriy qildi. Shu sababli, vositachilarga ehtiyoj yuzaga keladi. Blokcheyn faoliyatining eng yaxshi namoyon bo‘lishga sabab ommaviy hamkorlikdir. Har bir kishi o‘z axboroti, o‘z mulki va o‘zining ishtirok etish darajasi ustidan hukmronlik qiladi. Taqsimlangan hisoblash quvvatlari taqsimlangan jamoaviy hukumat tashkil qilishga imkon beradi.Ehtimol, bunday platforma ne’matlar yaratishning yangi taqsimlangan modellari sari yo‘l ochib berar. Ehtimol, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomarkazlashgan hamkorlik yangi usullari jamiyatda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga imkon berar. Ehtimol, ishonchsizlik inqirozini va hatto hozirgi institutlarda noqonuniylikni bartaraf qilish, piar-qadamlar o‘rniga so‘zda emas, ishda muvaffaqiyatga erishish va jamiyat hayotida ishtirok etishga imkon beradigan aholi qo‘liga real hokimlik qilishni topshirishga erishilishi mumkin. Blokcheyn tizimi barcha manfaatdor shaxslarning motivatsiyasini o’zaro muvozanatlashtiradi. Bitkoyn yoki qandydir qiymatni aks ettiradigan token – nufuz bilan bog‘liq munosabatlarning ajralmas qismdir. Satosi Nakomoto tizimda ishlaydiganlarni mukofotlashni dasturiy asoslab berdi va hamma uning saqlanishi haqida qayg‘urishi uchun hokimlik qilishni tokendan foydalanuvchi barcha jamoaga topshirdi. Blokcheyn – moliyaviy ma’noda, global taqsimlangan savatlardagi tuxumlardir. 122 Internetning ilk avlodi davridahokimlik qilishnig korporatsiyalarda mujassam etilishi, ularning hajmi, murakkabligi va shaffofsizligiyangi imkoniyatlar taqdim etgan tarmoqlardan nomutanosib ravishda katta foyda olishga imkon berdi. Yirik banklaro‘z faoliyati bilanmoliya tizimini shaffoflik chegarasiga yetkazdi, chunki bu banklarda ko‘pchilik top-menejerlar va qator mutaxassislarni rag‘batlantirish tizimi shunday ishlab chiqilgandiki, ular uzoqni ko‘ra bilmaydigan va o‘ta riskli xulq-atvorlilarga hizmat qilar edi.Jismoniy valyutalardan farqli ravishda, bitkoyn sakkizta o‘nlik razryadgacha ulushga bo‘linishi mumkin (ya’ni bitkoindagi summa verguldan keyin sakkizta belgigacha ega bo‘lishi mumkin). Bu uzoq vaqt davomida bitta tranzaksiya doirasida summalarni birlashtirish va bo‘lishga imkon beradi: summadan ma’lum miqdor olish va bu summadan moliyalashtiriladigan barcha chiquvchi to‘lovlar yagona tranzatsiya sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, bu esa tranzaksiyalar seriyasidan ancha qulaydir. Hizmatdan foydalanishni hisobga olish uchun smart-shartnoma tuzib, avtomatik raivshda uni muntazam vaqt oraliqlari orqali kichik ulushlar bilan to‘lash mumkin.
3.2. Blokchynda tarmoq havfsizligi masalalari Havfsizlik tadbirlari tarmoqqa shunday joriy qilinganki, uning umumiy inkor etish nuqtasi bo‘lmaydi, nafaqat maxfiylik, balki har qanday harakat bekor qilinmasligi va autentifikatsiya ham ta’minlanadi. Tizimda ishtirok etishni istagan har bir shaxs shifrlashdan foydalanishi lozim – bu muhokama qilinmaydi va o‘ylamasdan qilingan harakatlar oqibatlarini faqat shu harakatlarni amalga oshirgan shaxsgina his qiladi.Xakerlik hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, firibgarlik, kiberqo‘rqitish, fishing, spam, ziyon keltiruvchi dasturlar, virustovlamachilar – bularning barchasi insonning jamiyatdagi havfsizligiga tahdid soladi. Internetning ilk davri, ko‘plab jarayonlarni shaffof qilish va inson huquqlari buzilishini qiyinlashtirish o‘rniga, xusuiy shaxslar, institutlar va iqtisodiy faollik havfsizligini oshirmas edi. O‘rtacha internetdan foydalanuvchi ko‘pincha elektron pochta va hisob qaydlarini oddiy parollar himoya qiladi deb umid qilardi, chunki provayderlar yoki ish beruvchilar ishonchliroq parollarni talab qilmasdi. 123 Shuni ham aytish kerakki, raqamli valyuta oddiy faylda saqlanmaydi. U kriptografik xeshbilan belgilangan tranzatsiyalarda aks ettiriladi.Foydalanuvchilar o‘z pullari uchun kriptokalitlarga ega bo‘ladi va tranzaksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan birgalikda amalga oshiradi. Bunday havfsizlik uchun ularning har biri mas’uliyatli bo‘lishi – shaxsiy kalitlarni ishonchli himoya qilishi zarurligidir.Bu yerda havfsizlik standartlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bitkoyin blokcheyni AQSH Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan chiqarilgan va axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan mashhur va puxta ishlab chiqilgan SHA-256 shifrlash standartida ishlaydi. Blok yechimini topish uchun zarur bo‘lgan ko‘p martalik matematik hisob-kitoblarni takrorlash murakkabligi hisoblash qurilmasidan masalani yechish va yangi bitkoinlar ishlab topish uchun ko‘p elektr energyasi sarflashni talab qiladi. Ba’zi bir boshqa algoritmlar esa ancha kamroq energiya sarflaydi. Bizningcha, har qanday iqtisodiyot hamma uchun ishlaganda eng yaxshi tarzda ishlaydi. Bu unda ishtirok etish uchun to‘siqlarni pasaytirish lozimligini anglatadi. Bu kapitalni qayta taqsimlash emas, balki qayta taqsimlangan kapitalizm uchun platforma yaratish kerakligini anglatadi.Ilk internet davri ko‘plab odamlar uchun ko‘plab mo‘‘jizalar yaratdi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganidek, dunyo aholisining katta qismi na texnologiyalarga, na moliya tizimiga va na iqtisodiy imkoniyatlarga ulanish imkoniga ega bo‘lmagan holda, avvalgidek, tizimga ulanmasdan qolib ketmoqda. Boz ustiga, yangi kommunikatsiya vositasi hamma uchun farovonlik keltirishiga umid oqlanmadi. Ha, Internet rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalarga, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda, millionlab odamlarga ish taqdim etishga imkon berdi. U ko‘plab tadbirkorlar uchun bozorga kirishga bo’lgan to‘siqlarni pasaytirdi va aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yangi imkoniyatlar va bazaviy axborotga ulanish imkoniyatlarini taqdim etdi.O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasihar har bir kishining huquqlari va insoniylikni saqlashva qodir bir texnologiyadir. Moliya hizmatlari butunjahon tarmog‘i hozirgi kunda ko’plab muammolarga to‘lib-toshib yotibdi. U ancha eskirib qolgan, chunki yuqori dinamikali raqamli dunyodan ortda qolib ketayotibdi va shu sababli ham sekin va 124 ishonchsiz ishlaydigan, o‘tgan asrdan qolgan texnologiyalarga asoslanadi. U monopol bo‘lib, milliardlab odamlarga bazaviy moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermaydi. U markazlashtirilgan bo‘lib, shu sababli axborotning sizib chiqishi va boshqa hujumlar hamda inkor qilishlarga uchraydi. U monopollashtirilgan bo‘lib, shu sababli status-kvoni qo‘llab-quvvatlashga intiladi vainnovatsiyalarga to‘sqinlik qiladi. Blokcheyn novatorlar va tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini topgan holda shu va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi.Jahon moliya mutaxassislari blokcheyn bilan bog’liq bo’lgan quydagi g’oyalar haqida puhta o‘ylab ko‘rishlari lozim: Attestatsiya. Tarixda birinchi marta, turli sub’ektlar bir-birini bilmagan va bir-biriga ishonmagan holda bitim tuzishi va ishlarni yuritshi mumkin. Shaxsni tasdiqlash va ishonch o‘rnatish moliyaviy vositachining huquqi va imtiyozi bo‘lmay qo‘ydi. Boz ustiga, moliyaviy hizmatlar nuqtai-nazaridan ishonch bayonnomasi yangi ma’noga ega bo‘ladi. Blokcheyn zarur bo‘lgan paytda tranzaksiyalar tarixi (blokcheynda), nufuz qiymati (agregatsiyalangan fikrlar asosida) va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida har bir tomonning aynan o‘xshashligi va to‘lov layoqatini tasdiqlab, ishonchli munosabatlar o‘rnatishi mumkin. Qiymat. Blokcheynda tarmoqda qiymatni pirringli P2P uzatish kliringini amalga oshiradi va ularni tartibga soladi, buni doimiy bajaradi, shunday ekan, uning registri doimo dolzarb bo‘ladi. Agar banklar o‘zining biznes-modelini o‘zgartirmagan holda bunday imkoniyatdan avvalboshdan foydalanganlarida edi, yiliga 20 mlrd dollar atrofida operatsion harajatlarni tejab qolgan bo‘lar edilar – bu hisob-kitoblar Ispaniyaning Santander bankiga tegishli bo‘lib, real raqamlar bundan ancha yuqori. Qiymatni keskin pasaytirish tufayli banklar bank hizmatlari ko‘rsatish bilan yetarli darajada qamrab olinmagan jamiyatlarda xususiy va korporativ mijozlarga moliyaviy hizmatlar, bozorlar va kapitalga ulanish uchun kengroq imkoniyatlar taqdim eta olgan bo‘lar edi. Bu nafaqat bozor yetakchilari uchun, balki butun dunyo bo‘ylab endi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ham 125 foydali hisoblanar edi. Istalgan kishi istalgan joydan turib, faqat smartfonga va internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan holdagina jahon moliyaviy oqimlariga qo‘shilish imkoniga ega boladi. Tezlik. Hozirgi paytda pul oqimini tartibga solish etti kun, birja bitimini tartibga solish – ikki-uch kun, bank ssudasi uchun esa naqd 23 kun talab qilinadi. SWIFT tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab moliyaviy institutlar o‘rtasida kuniga o‘n besh million to‘lovni o‘tkazadi, lekin ularni tartibga solish va kliringga bir necha kun sarflaydi. Xuddi shu narsa AQSHda kuniga trillionlab dollarlik to‘lovlar o‘tkazadigan ACH (Automated Clearing House) tizimida ham ro‘y beradi. Bitkoyn tarmog‘idabu vaqtda amalga oshirilgan barcha tranzatsiyalarni tartibga solish va kliringga o‘rtacha 10 daqiqa vaqt ketadi. Boshqa blokcheynlar yanada tezroq bo‘lib, Bitcoin Lightning Network kabi zamonaviy novatorlik yechimlari tartibga solish va kliring vaqtini soniyaning ulushiga teng bo‘lgan vaqtgacha qisqartirib, bitkoin blokcheyni hajmini oshirishga intiladi. «Pul jo‘natuvchi bir tarmoqda, oluvchi esa boshqa tarmoqda bo‘ladigan bank tizimida pul ko‘plab registrlar, vositachilar, tranzit maydonlar orqali o‘tib, tom ma’noda yo‘lda yo‘qolib qolishi mumkin. Aslida ham, qiymatni uzatishning bir onda ro‘y beradigan va harajatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan turiga o‘tish uzoq vaqt davomida oraliq holatda turib qoladigan kapitalni ozod qiladi; Bu esa «yo‘ldagi» pul mablag‘laridan foyda oladigan vositachilarni xursand qilmaydi, albatta. Risklarni boshqarish. Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk turlarini bartaraf qilishga va’da beradi. Birinchidan, tartibga solish riski – to‘lovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta xato natijasida o‘tmaslik riski. Ikkinchidan, kontragentlik riski– ikkinchi tomon bitimni tartibga solish ro‘y bermagunga qadar defolt e’lon qilish riski. Nihoyat, eng jiddiy tizimli risk, tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yig‘indisi. Qiymat innovatsiyasi. Bitkoyn blokcheynibitkoyinlar uzatish uchun yaratilgan, boshqa moliyaviy aktivlar bilan ishlash uchun emas. Biroq buochiq boshlang‘ich kodli, tajribalarni rag‘batlantiradigan texnologiyadir. Ayrim novatorlar bitkoyin to‘lovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun 126 mo‘ljallangan alohida blokcheynlar, ya’ni altkoynlar yaratadi. Saydcheynlar – imkoniyatlari va funksiyalari bo‘yicha bitkoyn blokcheynidan farq qiladigan, lekin uning havfsizligini pasaytirmagan holda bitkoyn kompyuter infratuzilmasi va rivojlangan tarmog‘idan foydalanadigan blokcheynlardir. Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli shtift – aktivlarni uchinchi tomon ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda savdo platformalari yaratib, umuman bitkoyin va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar ham bor. Moliyaviy institutlaraktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqda, vaqt o‘tishi bilan esaan’anaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirishi mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va u bilan savdo mexanizmlari haqidani tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ochiq boshlang‘ich kod. Moliyaviy hizmatlar tarmog‘ibu – eskirib qolgan tizimlar ulkan texnologikto‘plami bo‘lib, istalgan payt qulashi mumkin. Uni texnologik jihatdan takomillashtirish qiyin, chunki har bir innovatsiya uchun qaytuvchan bo‘la olishlik talab qilinadi. Blokcheyn esa, ochiq boshlang‘ich kodli tizim bo‘lgani holda, doimiy ravishda o‘zgarishi, rivojlanishi va tarmoq murosasi asosida takomillashishi mumkin.Bu afzalliklar – attestatsiya, ancha past qiymat, bir lahzali tezlik, risklarning pasayishi, katta innovatsiya, moslashuv qobiliyati – istiqbolda nafaqat to‘lovlarni, balki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni, investitsion bank hizmatlari ko‘rsatishni, buxgalteriya hisobi va auditni, venchurli investitsiyalarni, sug‘urtalashni, tadbirkorlik risklarini boshqarishni, xususiy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va tarmoqning boshqa asoslarini o‘zgartirishi mumkin.Odamlar o‘z ma’lumotlarini o’zlari nazorat qilishlari kerak. Har bir kishi o‘z shaxsiyati haqida nimani, qachon, qaerda va qanchalik batafsil gapirib berish haqida o‘zi qaror qabul qilishga haqlidir. Shaxsiy ma’lumotlarning dahlsizlik huquqini hurmat qilish va shaxsiy ma’lumotllarning havfsizligini himoya qilish – ikkalasi bir xil narsa emas. Bizga unisi ham, bunisi ham kerak. Bir-biriga ishonish zaruratini bartaraf qilib, Satosi Nakomoto shu tariqa u bilano‘zaro aloqa qilish 127 uchun ikkinchi tomon shaxsini yaxshi bilish zaruratini yo‘qqa chiqardi. Xususiy hayot daxlsizligi – insonning asosiy huquqi va erkin jamiyatning negizidir. Internet paydo bo‘lgandan keyingi oxirgi yigirma yil davomida davlat miqyosida ham, xususiy sektorda ham ma’lumotlar markaziy to‘plamlari xususiy shaxslar va tashkilotlar haqida, jumladan, ularga ma’lum qilmagan holda, xilma-xil maxfiy axborotlar to‘plagan. Hamma joyda odamlar korporatsiyalar axborot izlash asnosida butun raqamli dunyoni titib tashlagan holda qandaydir kiberklonlaryaratishidan havfsiraydi.Blokcheynda esa qatnashchilaristagan holda ma’lum darajagacha noma’lumlikni saqlashi mumkin – ular qandaydir qo‘shimcha ma’lumotlar xabar qilish yoki bu axborotlarni ma’lumotlar markaziy to‘plamida saqlashga majbur emas. Bu holatning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Blokcheynda shaxsiy ma’lumotlar ombori yo‘q. Blokcheyn protokollarihar bir muayyan tranzaksiya yoki vaziyat uchun kerakli bo’lgan noma’lumlik darajasini tanlashga imkon beradi. Shu tariqa biz o‘zimizning elektron nusxalarimizni va ularning dunyo bilan o‘zaro aloqalarini yaxshiroq boshqaramiz. Blokcheynda huquqlarning saqlanishi Mulk huquqi shaffof hisoblanadi va huquqiy himoya bilan ta’minlanadi. Shaxsiy erkinliklar hamma tomonidan tan olinadi va hurmat qilinadi. Bu haqiqat biz uchun oshkora bo‘lib ko‘rinadi: har bir shaxs tug‘ilgan paytidan boshlab ulardan mahrum qilinishi mumkin bo‘lmagan, ularni himoya qilish mumkin va lozim bo‘lgan huquqlarga ega bo‘ladi.Raqamli iqtisodiyotning birinchi davrida bu huquqlarni samaraliroq amalga oshirish usullariniizlab topishga harakat qilingan. Internet san’at, yangiliklar, ko‘ngilocharliklar yangi shakllari uchun, she’r, qo‘shiq, fotosurat, audio va videoyozuvlar uchun mualliflik huquqi o‘rnatish vositasiga aylandi. Tarmoqda moddiy makondagi bilan bir xil narsalarga erishish uchun umumiy savdo kodini qo‘llashga to’g’ri keladi: Moddiy substantsiyaning qiymati qanchalik past yoki baland bo‘lishidan qat’i azar, har qanday predmetni sotib olish uchun shartnoma tuzish va uni muhokama qilish zaruratini bartaraf qilishga erishildi. Lekin bu holatda ham tranzaksiyalarni boshqarishda vositachilarga umid 128 bog‘lashimizga to‘g‘ri kelardi va vositachilarpulni o‘z hisobraqamida ushlab turib (yo‘ldagi pul mablag‘lari) keyin o‘tkazishi yoki uni o‘tkazishi va so‘ngra rad etishi mumkin bo‘lgan holda tranzaksiyalarni rad qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Savdo bitimlari qatnashchilarning ma’lum bir qismi esa firibgarlik qilishi kutadi va har qanday bitimda ma’lum darajadagi firibgarlik muqarrar deb qabul qiladi. 3.3. Blokcheynda moliyaviy hizmatlar sektori qanday o‘zgaradi Bizning fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot usullarini qo’llash tufayli eng muhim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lgan sakkizta asosiy funksiyani ko‘rib chiqamiz. Aynan shu bo’lishlik va qiymatni tasdiqlash. Hozirgi paytda bizishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish va moliyaviy tranzaksiyada ikkinchi tomonning aynan shuligini tasdiqlashda yirik vositachilarga tayanamiz. Bu vositachilarbank hisobraqamlari va zayomlar kabi asosiy moliyaviy hizmatlarga ulanishda hakamlar rolini o‘ynaydi. Blokcheyn ma’lum bir tranzaksiyalarga ishonch zaruratini pasaytiradi va bazida hatto olib tashlaydi ham. Bu texnologiya shuningdek, qatnashchilarga tasdiqlanadigan, to‘liq funksionalliva kriptografikhimoya qilingan elektron profillardan foydalanish va zarur bo‘lgan hollarda ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatishga imkon beradi. Qiymatlar ko‘chishi. Moliya tizimi har kunipul mablag‘larini butun dunyo bo‘ylab ko‘chiradi va hatto bir dollar ham ikki marta sarflanmasligini ta’minlaydi.iTunes da bitta qo‘shiqni 99 sentga xarid qilishdan tortib, kompaniya ichida fondlarni berish, aktivlar sotib olish yoki kompaniyalar xarid qilishgacha bo‘lgan milliardlab bitimlarnitekshirib turadi. Blokcheyn har qanday qiymatlar – valyuta, aktsiyalar, obligatsiyalar, huquqlarni – yirik va kichik miqdorda, uzoq va yaqin masofaga, ma’lum va noma’lum tomonlarga ko‘chirish uchun umumiy standart bo‘lishga qodir. Shunday qilib, blokcheyn qiymatlarni ko‘chirish uchun xuddi tovarlarni ko‘chirish uchun kerak bo’lgan standart yuk konteyneri joriy qilish kabi ishlarni bajarishi mumkin. Bu esa bahoni sezilarni ravishda pasaytirishi, operatsion tezlikni oshirishi, iqtisodiy o‘sish va farovonlikka hizmat qilishi mumkin. 129 Qiymatlarni saqlash. Moliyaviy institutlar xususiy shaxslar, tashkilotlar va davlatga tegishli bo‘lgan qiymatlar saqlanadigan ombor vazifasini bajaradi. O‘rtacha statistik fuqaro uchun bank ularni bank yacheykasi, jamg‘arma yoki joriy hisobraqamida saqlaydi. Likvidlik zarur bo‘lgan va naqd ekvivalentga kichik foiz talab qilinadigan yirik tashkilot uchun bu risksiz investitsiyalar, masalan, g‘aznachilik obligatsiyalari yoki qisqa muddatli vositalar bozoriga investitsiyalar hisoblanadi. Blokcheyn bilan xususiy shaxslarqiymatlarni saqlash, jamg‘arma yoki joriy hisobraqami hizmatlarini yagona taqdim etuvchilar sifatida banklarga tayanishga majbur bo‘lmaydilar, tashkilotlarda esarisksiz moliyaviy aktivlar xarid qilish va ularga egalik qilishning samraaliroq mexanizmlari paydo bo‘ladi. Kreditlash. Moliyaviy institutlar ipotekadan tortib, qisqa muddatli veksellargacha kreditlar berishni: kredit kartalari, ipoteka kreditlari, korporativ, munitsipal vadavlat obligatsiyalari, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni bilan ishlash jarayonini ancha soddalashtiradi. Kreditlash mexanizmi kredit layoqatini tekshirish, kredit tarixi yuritish, kredit reytinglari tayinlash uchun bir qator qo‘shimcha tarmoqlar yuzaga keltirdi. Xususiy shaxslar uchun kredit tarixi muhim, tashkilotlar uchun esa –«investitsion sinf»dan to «axlat»gacha bo‘lgan kredit reytinglari mavjud. Blokcheynda istalgan shaxs an’anaviy qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarishi, ayirboshlashi va tartibga solishi, shu tariqa, risk va harajatlarni pasaytirishi hamda tezlik va shaffoflikni oshirishi mumkin. Iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun dunyo bo‘ylab tadbirkorlar uchun juda muhim amaldir. Qiymatlar almashinish. Har kuni bozorlar butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati trillionlab dollarni tashkil qiladigan moddiy aktivlarni ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu – investitsiyalash, birjada o‘ynash, xedjirlash va arbitraj, jumladan, bitimdan keyingi kliring tsikli, tartibga solish va saqlash maqsadida aktivlar va moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn har qanday tranzaksiyalarni tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan daqiqa va soniyalargacha qisqartiradi. 130 Homiylik va investitsiyalar.
http://fayllar.org
Download 36.35 Kb.




Download 36.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish reja

Download 36.35 Kb.