|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining
|
bet | 1/4 | Sana | 23.03.2024 | Hajmi | 61.53 Kb. | | #175503 |
Bog'liq Iqdisodiyotni raqamlashtirishda tarkibiy o\'zgarishlarning o\'rni ochiq dars aniq, Бошланғич-таълим-uzb, 10 sinf test informatika i chorak, EXPRESSION IN MODERN ENGLISH, MATERIAL RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI, 1-sonl.i 03.07.23, ICHIMLIK SUVI, Tolibboyeva Sabina Sherzod qizi, Blanka, SA1-Onlineaufgaben, Abonent kirish tarmoqlari fanidan mustaqqil ish (1), маълумот, 302 hisobot yuzi, mikro
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“_________________” fakulteti
__________________________ kafedrasi
____________________________fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Iqdisodiyotni raqamlashtirishda tarkibiy o'zgarishlarning o'rni.
BAJARDI: Begimqulova F.
QABUL QILDI: _____________.
Jizzax 2024
Reja:
Kirish.
1. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining nazariy asoslari.
2. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishda raqamli iqtisodiyot va aktning o'rni.
3. Raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari.
Xulosa.
Kirish.
Bugungi kunda texnika va texnalogiyalar shu qadar rivojlanmoqdaki, kirib bormagan sohalar, ishg’ol qilmagan devorlar qolmagan. Albatta, iqtisodiyot sohasiga ham kirib keldi va biz yangi iqtisodiyotni kashf etdik. Biz bu iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyot deb ataymiz. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir.
Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.
Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan. So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
|
| |