Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar




Download 110.9 Kb.
bet1/7
Sana15.04.2024
Hajmi110.9 Kb.
#196162
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IRSALIYEV SARDOR JALIL O‘G‘LI 78912703101778 (1), Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi Kal.reja, 1-lab 4 kurs, 4 clothes and fashion, jurnal, Шартли қисқартмалар, gWPCK1RIXjxvRgal4QC1KrJjRSzZtnHBj39ECkGj, milliy profilaktik emlash, 2 II 2 илова шакл иш хаки руйхат Паспорт ИНН, Таблица кравченка, 114 BIAS Kaxxarova Osiyo informatika 2, Amaliy topshiriq, 2 5273896656083878833, Amaliy (1), 1-mavzu amaliy mashg (1)

24 - ma’ruza.


MODDALARDA ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR

Reja:


  1. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar.
  2. Yorug‘likning qutblanishi.


  3. Yorug‘likning sochilishi va uning mexanizmi.



Mavzular mazmuni: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘lik to‘lqinlarining muhit bilan o‘zaro ta’sirlashishi. Yorug‘lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya. Yorug‘lik dispersiyasining klassik elektron nazariyasi. Spektral analiz haqida tushuncha. Yorug‘likning yutilishi. Yutilish spektri. Buger qonuni.
Yorug‘likning qutblanishi. Qutblagichlar. Malyus qonuni. Yorug‘likning ikki muhit chegarasidan qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni. Nurlarning ikkilanib sinish hodisasi. Kristallooptika elementlari. Elektrooptik va magnitooptik hodisalar. Yorug‘likning sochilishi va uning mexanizmi.
Tayanch iboralar: modda, elektromagnit, to‘lqin, yorug‘lik, dispersiya, spekt, qutblagich, qaytish, sinish, kristallooptika, elektrooptik, magnitooptik.



    1. Dispersiya so'zi lotincha dispersio sochilish so'zidan olingan. Yorugiik dispersiyasini birinchi bo'lib kuzatgan kishi ingliz fizigi I.Nyuton hisoblanadi. U oq yorug'lik dastasini shisha prizma orqali o'tkazib, ekranda turli ranglar ketma-ketligidan tashkil topgan spektrni kuzatdi. I.Nyuton oq yorug'lik yetti xil -qizil, pushti, sariq, yashil, havorang, ko'k va binafsharanglardan iboratligini aniqladi. Prizmadan o'tgan oq yorug'likning turli ranglarga ajralib ketishi dispersiyaning natijasidir.

Dispersiya deb, muhitsindirish ko'rsatkichiningyorug'lik to'lqin uzunligiga (chastotasiga) bog'liqligiga aytiladi.
Shunday qilib, dispersiya hodisasi yorug'likning to'lqin tabiati asosida tushuntirish mumkin boigan hodisalardan biri bo'lib, unda to'lqin uzunligi muhim rol o'ynaydi. Yorug'lik dispersiyasining tabiati. Vakuumda istalgan to'lqin uzunlikli elektromagnit toiqinlarning tarqalish tezligi bir xil (c = 3 • 108 m/s), moddalarda esa to'lqin uzunligiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham oq yorug'lik tarkibiga kiradigan turli ranglarga mos
keluvchi to'lqinlar uchun muhitning sindirish ko'rsatkichi ham farq qiladi. Natijada prizmadan o'tish paytida turli ranglar turlicha sindirish ko'rsatkichiga uchraydi, turlicha sinadi va bir-biridan ajralib chiqadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, dispersiya hodisasi nafaqat prizmada, balki juda ko'p boshqa hollarda ham kuzatiladi. Masalan, quyosh nurlarining atmosferada hosil

bo'ladigan suv tomchilarida sinishi lining rangli nurlarga ajralishiga, ya'ni kamalakning hosil bo'lishiga olib keladi.
Normal dispersiyada to'lqin uzunligi ortishi bilan muhitning sindirish ko'rsatkichi kamayadi. Shuning uchun ham spektrning yuqorisida eng katta to'lqin uzunlikli qizil, pastida esa eng kichik to'lqin uzunlikli binafsha ranglar joylashadi. Boshqa ranglar ham shu tartibda, to'lqin uzunliklarning kamayib borishiga muvofiq joylashgan.
Dispersiyaning ahamiyati. Dispersiya hodisasining kashf qilinishi yorug'likning tabiati, umuman olganda, nurlanish yordamida moddalarning tuzilishi to'g'risida muhim ma'lumotlar olishga imkon berdi.
Bundan tashqari, ranglar to'g'risida olingan ma'lumotlar bezash ishlarida, kerakli ranglarni tanlashda muhim rol o'ynaydi. Boshqacha aytganda, kerakli bo'yoqni turli ranglarni qancha hissada qo'shib hosil qilishni aniqlash mumkin.


    1. Download 110.9 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 110.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar

Download 110.9 Kb.