• Annotatsiya
  • Models and methods in modern science




    Download 215.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana23.04.2024
    Hajmi215.76 Kb.
    #205653
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MMMS1309
    Кудрявцев Сборник задач по математическому анализу Т1, 1667966952 (1), ffff, dd, 3-sinf Matematika Fazoviy geometrik shakllar (piramida, parallelepiped, kuboid) dars ishlanma 3, G\'ijduvon-WPS Office, 2-topshiriq, 2-amaliy Mashinali o\'qitish, Pul va banklar (3), Kuchimov M.K, Djabbarov, ОЛТИНСОЙ., 1698295758 (1), 5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1, Maqola 1


    MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
     
    International scientific-online conference 
    47 
    TA’LIMNING FUNKSIYALARI VA ZAMONAVIY PARADIGMALARI 
    Mohinur Pardayeva Sobirjon qizi 
    Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti 
    ‘‘Maktab menejmenti’’ yo‘nalishining 3-bosqich talabasi 
    @Moonlight7Education 
    +998906671012 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7091370 
    Annotatsiya: Taʼlim - tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. 
    Tizim esa mustaqil tushuncha sifatida o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlarning 
    tarkibiy qismlari o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Taʼlim 
    jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish 
    mumkin emas. Biroq, taʼlim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy 
    bog‘liqdir. U yaxlit tizim sifatida o‘zaro bog‘liq quyidagi ko’plab elementlarni o‘z 
    ichiga oladi: taʼlim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
    taʼlimiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, 
    taʼlim jarayonini boshqarish usullari.
    Taʼlimga asosan ikki tomonlama aloqa, ya’ni taʼlim olish va taʼlim berish 
    xususiyatlari xosdir. Taʼlim, shuningdek, shaxsni har tomonlama rivojlantirish va 
    boshqa xususiyatlarga ega bo’lish bilan bir qatorda, o‘qituvchi tomonidan 
    boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayoni hamdir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi 
    sifatidagi rolining ahamiyati o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini 
    rivojlantirishni taʼminlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira 
    olishlarida ko‘rinadi.
    Taʼlim - o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanalib, bunda 
    o’qituvchi o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntiradi, savol va 
    topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini 
    aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘irlaydi, qanday ishlash lozimligini qayta 
    ko‘rsatadi va bu orqali o’quvchilarning bilim-ko’nikmalari yanada 
    mustahkamlanadi. Har qanday taʼlim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini, 
    yaʼni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan 
    faoliyatini, boshqacha qilib aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy bo’lgan 
    o’zaro munosabatlarini aks ettiradi. 
    Yuqorida ta’limning qisqacha mohiyati xususida so’z borgan bo’lsa, maqola 
    davomida uning funksiyalari va zamonaviy paradigmalari haqidagi ma’lumotlarni 
    bilib olishingiz mumkin. 

    Download 215.76 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 215.76 Kb.
    Pdf ko'rish