Muallifligidagi




Download 18.58 Kb.
Sana08.02.2024
Hajmi18.58 Kb.
#153520
Bog'liq
---Taqriz tashqi MB OT da adminstratorlik
Atomic habits, 1697206316, Taqriz ichki MB, Instruction uz

Samarqand davlat universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari A. Abdullayev, A. Rashidov, L. Xurramov muallifligidagi “Ma’lumotlar bazasi” o’quv qo’llanmasiga


TAQRIZ
Ma’lumotlar bazasi fani – ma’lumotlar bazasi haqida asosiy bilimlarni ta'minlashga mo'ljallangan. Fan foydalanuvchiga Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda mustahkam ko'nikmalarga ega bo'lish o'zlashtiradi.
Ma’lumotlar bazasi fanning vazifasilariga ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari, jadvallar, so’rovlar va boshqarish buyruqlari, ma’lumotlar bazasining tuzilishi, huquqlarni boshqarish tizimi haqida tushunchalar berish, ma’lumotlar bazsi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida bir butun tassavur yaratish, ma’lumotlar bazasining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish, ma’lumotlar bazasini mohiyati va imkoniyatlarini ochib berish, SQL tili va uni nima maqsadda va qanday qo’llash haqida tushunchalar hosil qilish, MySQL va uning bugungi kun ilim fan va jamiyat taraqqiyotida muhim ro’lga ega bo’lgan dinamik web sahifalar va onlayn ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimilarini yaratishda tutgan o’rnini ko’rsatib berish uchun nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish kiradi.
Ushbu qoʻllanma yuqoridagi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan boʻlib, ish so’z boshi, kirish, nazariy qisim, laboratoriya ishini bajarish uchun namuna, mavzularga mos topshiriqlar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Qo’llanmaning kirish qismida ishning maqsadi, Ma’lumotlar bazasi fanining asosiy tushunchalari va xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.
O’quv qo’llanmaning birinchi mavzusida ma’lumotlar bazasini infologik loyihalash. Infologik modelni qurish, ER-modellari xossalari va ularning turlari keltirilgan. Shuningdek, mohiyat-aloqa diyagiramasini yaratish bosqichlariga ham e’tibor qaratilgan.
Qo’llanmaning ikkinchi mavzusi MS Accessda jadvallarni loyihalash. Predmet soha uchun ishlab chiqilgan infologik modeldan relyatson modelga o’tish va MS Accesda jadvallar hosil qilish va ular orasida aloqalarni tashkillashtirish yo’llari yoritilgan.
Uchinchi mavzu MS Accessda jadvallar bilan ishlash texnologiyasi. Predmet soha uchun MS Accessda jadvallar bilan ishlash texnologiyalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
To’rtinchi mavzuda Ms Access MBBTda soʻrov (запрос) lar bilan ishlash texnologiyasi. Ushbu mavzuda So‘rovlar (Запроси) - bir yoki bir necha jadval va zaproslardagi ma’lumotlarni biror shart asosida qidirib topish, yangilash, oʻzgartirish va birlashtirish kabi amallarni bajarishni usullari berilgan.
Beshinchi mavzuda esa Microsoft Access dasturida SQL so‘rovlari bilan ishlash. Ushbu mavzuda Microsoft Access dasturida SELECT, FROM, ORDER BY, WHERE SQL so‘rovlarini tanishtirish va amalda qo‘llashni o‘rgatish shakllantirish mavzulari berilgan.
Oltinchi mavzuda SQLning kengaytirilgan filtrlash buyuruqlari. Matn, sana, vaqt va sonlarni qayta ishlash uchun SQL funktsiyalari. Ushbu mavzuda Microsoft Access dasturida BETWEEN, IS NULL, LIKE , Kengaytirilgan filtrlash (AND, OR, IN, NOT) Matn, Sana va vaqtni va Sonlarni qayta ishlash uchun funktsiyalari SQL so‘rovlarini tanishtirish va amalda qo‘llashni o‘rgatish haqida so’z boradi.
Yettinchi mavzu esa TOP, GROUP BY, HAVING SQL so‘rovlari. Qismiy so‘rovlar yordamida filtrlash, haqida tushunchalar bilan tanishadi.
Sakkizinchi mavzuda Microsoft Access ma'lumotlar bazasida SQL so‘rovlari yordamida jadvallarni birlashtirish, jadvallarga ma'lumot qo‘shish, ma'lumotlarni bir jadvaldan boshqasiga ko‘chirish va jadvallar yaratish ma’lumotlari keltirilgan.
To’qqizinchi mavzuda MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi muhitida ma’lumoltar bazsi yaratish. Ushbu laboratoriya ishida har bir talaba MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi interfeysi buyruqlari va SQL so‘rovlari yordamida ma’lumotlar bazasi va uning tarkibida jadaval yaratish va yaratilgan jadvalga ma’lumotlar kiritishni bosqichlari haqida to’xtalib o’tilgan.
O’ninchi mavzuda PHP dasturlash tilida MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Ushbu mavzuda quyida keltirilgan mavzular asosida PHP dasturlash tili va SQL so‘rovlari yordamida ma’lumotlar bazasi yaratish, yaratilgan ma’lumotlar bazasi tarkibida jadval hosil qilish, unga forma yordamida ma’lumotlar qo‘shish, ma’lumotlar bazasidagi mavjud ma’lumotlarni turli shartlar asosida chop etish va bazadagi mavjud ma’lumotlarni o‘chirish va tahrirlashni keltirilgan.
Uslubiy qo’llanma bo’yicha quyidagi fikr-mulohaza va e’tirozlarni qayd etish mumkin.
1. Keltirilgan misollar va ayrim namunalar sonini ko’paytirish tavsiya etildi.
2. Ayrim mavzularda takrorlanuvchi ma’lumotlar keltirilganligiga e’tibor berish kerak.
Uslubiy qo’llanmadan oliy o’quv yurtlarining Informatika o’qitish metodikasi, matematika va inormatika, yo’nalishlari o’qitishda va o’rganishda foydalanish mumkin.
A. Abdullayev, A. Rashidov, L. Xurramov. “Ma’lumotlar bazasi” nomli uslubiy qo’llanmasi “Darslik va ulsubiy qo’llanmalarini yangilab borish tartibi to’g’risida”gi nizom asosida ishlab chiqilgan va qo’yilgan talablarga mos keladi va uni chop qilish mumkin deb hisoblayman.

Samarqand davlat universitetining


Raqamli texnologiyalar fakulteti
Axborotlashtirish texnologiyalari
kafedrasi mudiri: PhD. F. Nazarov



Download 18.58 Kb.




Download 18.58 Kb.