• Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi
  • AQLIY HUJUM” METODI
  • Zakovat metodi”
  • INSERT” strategiyasi
  • Dars ishlanma: Mavzu




    Download 25.68 Kb.
    bet1/5
    Sana02.03.2024
    Hajmi25.68 Kb.
    #165380
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Xaitova Zuhra 196
    jquery mustaqil ish

    Dars ishlanma:
    1. Mavzu: Ayirish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kansentrlarda bajarilishini o’rgatish ko’payish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kansentrlarda bajarishni o’rgatish
    2. Mashg’ulotda qo’llanadigan interfaol metodlar va tehnologiya vositalari:
    Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interct” (rus tilida “intereraktiv”) ifodalanib lug‘aviy
    nuqtai nazardan “inter”-ozaro,ikki taraflama, ”akt”-harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni
    anglatsa,interfaollik ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim,ko‘nikma,hamda muayyan ahloqiy
    sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda,o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish
    layoqatga egaliklarini ifodalaydi.Interfaol metodlar-ta’lim jarayoni ishtirokchilari ahloqiy
    sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda,o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatning tashkil
    etilishini ta’minlovchi metodlar sanaladi.
    Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
    Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
    AQLIY HUJUM” METODI
    Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni tanlash imkoniyati tug‘iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
    Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
    — o‘quvchilarning o‘zlarini erkin his etish uchun sharoit yaratib berish;
    — g‘oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo‘yish;
    — muammo (yoki mavzu)ni aniqlash;
    — mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash;
    — bildirilayotgan g‘oyalarning ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
    — qog‘oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv taxtasiga osib qo‘yish;
    — bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
    — boshqalar tomonidan bildirilgan g‘oya (yoki fikr)lar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    — yangi g‘oyalar bildirilish davom etayotgan ekan, muammoning yagona yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.
    Shuningdek:
    — o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g‘oya baholanmaydi;
    — o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi;
    — g‘oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi.
    — boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o‘quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
    Dars jarayonida “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
    O‘quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
    Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning tug‘lishiga olib keladi.
    Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
    Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

    Zakovat metodi”


    Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda o‘quvchlarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. “Zakovatli zukko” metodi o‘quvchlarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchlar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida tezligi aniqlanadi.
    Ballarning belgilanishi o‘quvchlarning shaxsiy imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
    Metod o‘quvchlar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin.
    INSERT” strategiyasi
    Strategiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategiyani qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
    -kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi;
    -har bir guruhlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid 2 ta fikr bildirish so‘raladi;
    -o‘quvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadildr;
    -bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi;
    -so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi;
    -guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi);
    — guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi;
    — guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi;
    — liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar;
    -guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
    Strategiyani qo‘llashda o‘quvchilar quyidagi sxemalar bo‘yicha faoliyatini tashkil etadilar:
    Guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar bilan matn qiyosiy taqqoslanadi:
    Maxsus belgilar
    Maxsus belgilarning ma’nosi
    Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topgan bo‘lsa
    Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topmagan bo‘lsa
    Matn bilan tanishish jarayonida savollar tug‘ilsa (tushunmovchiliklar yuzaga kelsa)
    Liderlarning hisobotidan so‘ng guruhlarning natijalarini o‘rganish chog‘ida:
    Maxsus belgilarning tartib nomeri
    Guruhlar nomlari

    Ulug‘bek
    Beruniy


    Ibn-Sino
    Ali-Qushchi
    Strategiyani o‘quvchilar mantiqiy fikrlash, shaxsiy xatolar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.


    Download 25.68 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 25.68 Kb.