Dars ishlanma: Mavzu




Download 25.68 Kb.
bet4/5
Sana02.03.2024
Hajmi25.68 Kb.
#165380
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xaitova Zuhra 196
jquery mustaqil ish
Insert metodi
Sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘linadilar, guruhlar nomlanadi. O‘qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlari so‘raydi. Guruhlar navbati bilan fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach o‘qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o‘quvchilarga tarqatadi. So‘ngra shunday topshiriq beradi.
Topshiriq.
a) Matn bilan tanishib chiqing;
b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
Z- matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o‘z aksini topgan bo‘lsa;
S- matnda guruhlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo‘lsa;
D- matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo‘lsa ;
?- matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
So‘ngra guruh a'zolari shaxsiy qarashlarini o‘zaro o‘rtoqlashadilar , guruh bo‘yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O‘qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O‘qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach , yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o‘quvchilar to‘g‘ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
Shundan so‘ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib asosiy tushunchalarni ajratadilar ular o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar. Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib , liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.
Mavzu: O‘nlik sanoq sistemasi
Sinfda 30 ta o‘quvchi bor. Ularni 3 ta guruhga ajratamiz. Har bir guruhdan mavzu bo‘yicha 2 tadan fikr bildirishini so‘rayman. Keyin o‘qituvchi mavzuni tushintirib beradi.
1- misol.
1- guruh uchun 2 - guruh uchun
1.999+1= 1. 100-15=
2.700-1= 2.720+30=
3.485-80= 3.640-200=
4.200+40+3= 4.110+30=
3 - guruh uchun
1.640-120=
2.750-330=
3.644+122=
4.750-330=
2 - masala
Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar kam ayol ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo‘lib necha kishi ishlaydi?
3- misol.Ifodani qiymatini hisoblang.
1.6×100+9×10+2= 3. 1×10+8=
2.1×100+3×10= 4. 7×100+5=
4- masala.
Oshxonada 58 kg no‘xat va undan 19 kg ko‘p guruch ishlatildi. Hammasi bo‘lib qancha don mahsuloti ishlatilgan?
5- misol. Sonlarni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yozing :
1. Uch yuz o‘n sakkiz
2. Yetti yuz yetmish yetti
3. Uch yuz
4. Yetti yuz yigirma yetti
5. Qirq sakkiz
6. Ikki yuz to‘rt
Uyga vazifa:
6- misol.
1.9×6= 3.720+30=
2.63:7= 4.640+200-300=
7- masala.
6 sm uzunlikdagi bir kesma va undan 2 sm qisqa boshqa bir kesma chizing.

Download 25.68 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25.68 Kb.