Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi
Toshkent axborot texnalogiyalari
universiteti
Qarshi filiali “Kompyuter injiniringi”
Fakulteti
KI-11-21S guruh
talabasi Qudratov Shavkat
Ma’lumotlar
tuzilmasi va algoritmlar
2-MUSTAQIL ISH
Kalit ikki xil boʼlishi mumkin:
* Birlamchi (takrorlanmaydi, noyob);
* Ikkilamchi (takrorlanadi).
Kalitlar saqlanishiga nisbatan ichki va tashqi deyiladi. Agar
kalitlar maʼlumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida
saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Аks
holda, yaʼni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa
ichki kalit deyiladi.
CHIZIQLI QIDIRUV
Chiziqli qidiruv tarkibiy qidiruvga misol bo'ladi.
Aytaylik bizga massiv berilgan:
A={1,2,3,4,5,6,7,8,9,10} Bizga ushbu massivda biron bir element
bor yoki yo'qligini tekshira oladigan algoritm tuzish sharti
qo'yilgan.Ushbu masalani yechishda eng birinchi hayolga
keladigan usul - bu massivni ketma-ket
har bir elementini
solishtirib chiqish va bu usul: Chiziqli qidiruv - Linear Search deb
ataladi.
Algoritm g'oyasi: Ma'lumotlar butun jadval bo'yicha operativ
xotirada kichik adresdan boshlab, to katta adressgacha ketma-
ket qarab chiqiladi.
BINAR QIDIRUV
Binar qidiruvning asosiy g'oyalaridan biri ketma-ket
ikkiga
bo'lishga asoslanadi, ya'ni berilgan x ni massivning o'rtadagi
elementi bilan solishtiradi, agar katta bo'lsa oxiri va o'rtasi
orasidagi massivni oladi, agar kichkina bo'lsa boshi va o'rtasi
orasidagi massivni oladi, va har safar shu jarayon takrorlanib
boradi toki x element solishtirilayotgan massivning elementga
teng bo'lgunicha yoki massivning elementlari qolmaguncha.
CHIZIQLI VA BINAR QIDIRUV USULLARINING
FARQLARI
Funksiyaga berilayotgan massiv Binar qidiruv uchun albatta
o'sish tartibida bo'lishi talab qilinadi, chiziqli qidiruv
uchun esa
berilayotgan massiv qay tartibda bo'lishini ahamiyati yo'q.