|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nurafshon filiali
|
Sana | 27.04.2022 | Hajmi | 19 Kb. | | #20347 |
Bog'liq bayonnoma 25 - kochirma 2-ma’ruza. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Relyatsion ma
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NURAFSHON FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
"Axborot texnologiyalari" kafedrasi majlisining № 23 – sonli yig‘ilish
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA
Nurafshon sh. 25.02.2022-y.
Qatnashdilar:
|
Kafedra mudiri v.b. S.E.Nizomxonov,
Prof. B.X.Daniyarov, dos. M.Sh.Isayev, dos. A.E.Pirimqulov, dos. U.K.Mamayusupov, dos. A.A.Abduganiyev, dos. Sh.Sh.Erkinov, dos. S.O.Maxmudov, dos. J.B.Elov, kat.oʻq. A.N.Sanaqulov, kat.oʻq. Z.S.Kasimova, kat.oʻq. T.Sh.Uralova, ass. V.V.Maxmudov, ass. D.T.Yusupov, ass.O.Abdullayev, staj.oʻq.N.O.Axmedjonov, staj.oʻq. O.H.Ollayarova.
|
Kun tartibi:
Kafedra katta o‘qituvchisi Nizomxonov S.E. va assistenti Yusupov D.T. tomonidan tayyorlangan “Dasturlash I fanidan misol va masalalar” nomli uslubiy qo`llanmani nashrga tavsiya etish haqida.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali Axborot texnologiyalari kafedra mudiri v.b. S.E.Nizomxonov kafеdraning yigirma beshinchi yig‘ilishni boshlab, yig‘ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
Ikkinchi masala sifatida katta o‘qituvchi Nizomxonov S.E. Sh.S.Karimov va Yusupov D.T. tomonidan tayyorlangan “Dasturlash I fanidan misol va masalalar” nomli uslubiy qo‘llanmani nashrga tavsiya etish to‘g‘risidagi fikr va mulohazalarda ta’kidlangan ijobiy hamda tanqidiy ma’lumotlar o‘rtaga tashlanib, bunda Dasturlash fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “Dasturlash I fanidan misol va masalalar” nomli uslubiy qo‘llanmasida amaldagi fan dasturining nazariy tushunchalariga muvofiq laboratoriya mashg‘lotlari mavzulariga mos ekanligi, qiziqarli misol va masalalar hamda foydali topshiriqlardan iborat ekanligi alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek ushbu qo‘llanmaga ijobiy baho sifatida kafedra dotsenti N.B.Nasrullayev o‘z fikrida “Dasturlash I fanidan misol va masalalar” nomli uslubiy qo‘llanmasi haqida mualliflar uchun zarur travsiylar bayon qilib, qo‘llanmaning mazmuniga ta’sir etmagan ba’zi gramatik xatoliklarni bartaraf etish kerakligini bildirdi. N.B.Nasrullayev o‘z so‘zida davom etib, Dasturlash fani asosida keltirilgan va bakalavriaturaning barcha ta’lim yо‘nalishdagi talabalari uchun о‘quv jarayoniga tadbiq etishga tavsiya etish mumkinligini ta’kidladi.
QAROR QILINDI:
Kafedra katta o‘qituvchisi Uralova T.SH. tomonidan bakalavr talabalari uchun Xorijiy til (Ingiliz tili) fanidan “Topics for reading” nomli uslubiy qo‘llanmani filial ilmiy kengashida tasdiqlash uchun Kompyuter injiniringi fakulteti yig‘ilishida ko‘rib chiqishga tavsiya qilinsin;
Kafedra katta o‘qituvchisi Nizomxonov S.E. va assistenti Yusupov D.T. tomonidan tayyorlangan “Dasturlash I fanidan misol va masalalar” nomli uslubiy qo‘llanmani filial ilmiy kengashida tasdiqlash uchun Kompyuter injineringi fakulteti yig‘ilishida ko‘rib chiqishga tavsiya qilinsin.
Kafedra mudiri v.b.
|
|
S.E.Nizomxonov
|
|
|
|
Kotib
|
|
O.K.Abdullayev
|
|
| |