• IIycK=>IIporpaMMM=>Borland Delphi=>Delphi
  • File=> New => Applisation
  • Multiplikatsiya Grafik komponentalar




    Download 35,63 Kb.
    bet1/10
    Sana08.02.2024
    Hajmi35,63 Kb.
    #153462
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Delphi tizimining oynasi va uning elementlari
    cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii, Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1

    Mavzu: Delphi tizimining oynasi va uning elementlari
    Reja:

    1. Delphining forma komponentalari

    2. Label, Edit, Memo matn komponentlari va Button tugmachasi.

    3. Multiplikatsiya

    4. Grafik komponentalar

    Delphi tizimida ishni boshlash uchun uni dasturlar menyusidan topib ishga tushiramiz.


    IIycK=>IIporpaMMM=>Borland Delphi=>Delphi
    Delphi oynasi ko‘rinishi odatdagidan ancha boshqacharoq bo‘lib, u o‘z ichiga beshta oynani oladi:
    • bosh oyna — Delphi Projectl;
    • forma oynasi — Form l;
    • obyekt xossalarini tahrirlash oynasi —Object Inspector;
    • obyektlar ro‘yxatini ko‘rish oynasi — Object tree View;
    • dastur kodlarini tahrirlash oynasi — Unit.pas.
    Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, uning birinchi qatorida sarlavha, ya’ni, proyektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorida buyruqlar menyusi gorizantal ko'rinishda joylashgan. Keyingi qatorning chap tarafida uskunalar paneli va o‘ng tarafida komponentalar politrasi joylashgan.
    Buyruqlar menyusi quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
    — File (fayl) bolimi fayllar ustida ish bajarish uchun kerakli buyruqlarni o‘z ichiga olgan;
    — Edit (tahrir) bolimi fayl ichidagi ma’lumotlami tahrirlash uchun kerakli buyruqlami o‘z ichiga olgan:
    — Seerch;
    — View;
    — Compile;
    — Run formani ishga tushirish;
    — Options;
    — Tols servis xizmatidan foydalanish;
    — Help yordam chaqirish.
    Forma oynasida ilovalar yaratiladi. Object Inspector oynasi obyekt xossalarini tahrirlash uchun xizmat qiladi. Obyekt xossalari bu — obyektga berilgan xarakteristika bo‘lib, uning ko‘rinishi, joylashishi va holatidir. Masalan, Width va Height xossalari forma o’lchamini, va Lift esa formaning ekrandagi holati, Caption — sarlavha matnini aniqlaydi.
    Vizual dasturlash texnologiyasida obyekt deganda muloqot oynasi va boshqarish elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa) tushuniladi.
    Delphida dasturlash ikkita o‘zaro ta ’sir etuvchi bir-biri bilan bog’liq jarayon asosida tashkil qilinadi:
    — dasturni vizual loyihalash jarayoni;
    — dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni.
    Kodlarni yozish uchun maxsus kod oynasi mavjud bo‘lib, u dastur matnini kiritish va tahrirlash uchun mo’ljallangandir. Bu kodlarni yozish oynasida dasturlash Pascal tilining rivoji bo‘lgan va kengaytirilgan Object Pascal tilida tuziladi.
    Kodlami yozish oynasi boshlanishda o‘z ichiga holi bo‘sh formani akslantiruvchi dastur matnini yozib chiqaradi. Dastur loyihasini ishlash mobaynida dasturchi kerakli dastur operatorlarini kiritib, formani loyiha bo‘yicha akslantiradi. Delphida dasturlash forma oynasini tashkil etishdan boshlanadi.
    Oddiy-dastur ilovasini yaratish ketma-ket File=> New => Applisation buyrug‘ini berish bilan boshlanadi. Bu buyruqni berishdan oldin ikkita asosiy ishni bajarish lozim:
    papka tashkil etish;
    — tizimni to‘g‘rilash.
    Papka tuzing, masalan, My_Delhp nomli. My_Delhp papkasi ichida yana o‘z dasturingizni saqlash uchun papka ochish;
    masalan, Pom_1.
    Delphi muhitining standart nastroykasiga o‘zgartirish kiritish uchun Tols=>Environment Options menyu buyrug‘ini berish va muloqot darchasidan kerakli o‘zgarishlarni bajarish lozim.
    Delphi dasturlash muhitida ishlash jarayonida quyidagi kengaytmali fayllar ishlatiladi:
    — loyiha fayli,
    kengaytmasi .dpr;
    paskal moduli fayli, kengaytmasi .pas;
    — komponentalar joylashgan fayl, kengaytmasi .dcu;
    — formalar joylashgan fayl, kengaytmasi .dfm;
    — ma’lumotlar bazasi fayli, kengaytmasi .dbf.
    Tayyorlanadigan Delphi dastur uchta asosiy etapdan o‘tadi:
    — kompilyatsiya;
    — komponovka;
    — bajarish.
    Kompilvatsiva etapida tayyorlangan dastur matni Object Pascal tiliga o‘tkaziladi. Kompanovka bosqichida esa kerakli qo‘shimcha yordamchi dasturlar va ostdasturlar unga birlashtiriladi. F9 tugmasini bosish bilan Save UnitAs dialog oynasi paydo boladi va sizdan Unit.pas moduli uchun fayl nomini va joylashadigan papkani ko‘rsatishingizni so‘raydi. Agar joyi ko‘rsatilmasa Delphi avtomatik ravishda dasturingizni Bin papkasiga joylashtiradi. Yaxshisi siz bu papkani o‘z ishchi papkangiz nomiga almashtiring, masalan, My_Delph. Dastur kompilyatsiya qilinishi paytida Delphi sistemasi pas, dfm va dcu kengaytmali modullar tuzadi. .pas kengaytmali fayl kodlarni yozish oynasiga kiritilgan dastur matnini, .dfm forma oynasi tashkil etuvchilarini, .dcu kengaytmali fayl esa .pas va .dfm kengaytmali fayllarning birgalikdagi mashina kodiga o‘tkazilgan variantini saqlaydi. Bu .dcu kengaytmali fayl kompilyator tomonidan tashkil qilinadi va yagona ishchi (bajariluvchi) .exe kengaytmali fayl tashkil qilishga baza yaratadi.


    Download 35,63 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 35,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multiplikatsiya Grafik komponentalar

    Download 35,63 Kb.