• II BOB. TURP BARGI VA BARG POYASINING KIMYOVIY TARKIBINI ANIQLASH USULLARI
  • III BOB. TURP BARGINING XALQ TABOBATIDA QO’LLASH BO’YICHA TAVSIYALAR…………………………………………………..
  • XULOSA…………………………………………………………………….. .63 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………… 65 ILOVALAR KIRISH
  • Mundarija kirish I bob. Ayrim o’simlik chiqindilarining kimyoviy tarkibi




    Download 14.58 Mb.
    bet1/20
    Sana27.03.2024
    Hajmi14.58 Mb.
    #179217
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Tayyor 11.06.2023 tayyor.docx...7777777
    3- ma\'ruza Innavatsion ped faoliyat, 3-Amaliy mashg\'ulot . Rivojlantiruvchi ta\'lim, 1- amaliy 1 va 2 misol, regional kompyuter tarmoqlari, Qorpus 2, Ismoiljon.ku.ish. 1234)



    MUNDARIJA
    KIRISH………………………………………………………………………..…3
    I BOB. AYRIM O’SIMLIK CHIQINDILARINING KIMYOVIY TARKIBI…………………………………………………………………………9
    1.1 Ayrim poliz ekinlari chiqindilarining kimyoviy tarkibi………………..……9
    1.2 Turp bargining kimyoviy tarkibi…………………………………………....13
    1.3 Turp bargining xalq tabobatidagi ahamiyati…………………………….....22
    I bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………..24
    II BOB. TURP BARGI VA BARG POYASINING KIMYOVIY TARKIBINI ANIQLASH USULLARI∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙25
    2.1 Turp bargi va barg poyasi tarkibidagi makro va mikroelementlarni aniqlash………………………………………………………………………….25
    2.2 Turp bargi va barg poyasi tarkibidagi og’ir metallarni aniqlash ……………………………………………………………………………..…....46
    2.3 Turp bargi tarkibidagi pestitsidlarni aniqlash ……………………………..51
    II bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………56
    III BOB. TURP BARGINING XALQ TABOBATIDA QO’LLASH BO’YICHA TAVSIYALAR…………………………………………………..59
    3.1 Turp bargidan tayyorlangan tabiiy vositalar………………………………59
    3.2 Immunitetni ko’tarishda turp barglari∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙∙60
    XULOSA……………………………………………………………………...63
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………65
    ILOVALAR


    KIRISH
    Zamonaviy axborot texnologiyalari, ilm-fan va boshqa ko’plab sanoatning sohalarida rivojlanish tez sur’atlarda ortib bormoqda. Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda ayniqsa, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini o’stirish, ularning ilmiy salohiyatini yuqori darajada shakllantirish maqsad qilib olingan islohotlarning muntazam va izchil amalga oshirilib kelinayotganligi bugungi kunga kelib butun dunyo ahlining e’tirofiga sazovor bo’ldi. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o’zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi degan nutqlarida ham mamlakatni rivojlantirishda ilm-fanning o’rni beqiyos ekanligi ta’kidlanmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun asosida qat’iy davom ettiriladi”,- deb qatiy holda ta’kidladi [1].
    Respublikamiz mustaqillikka erishgach kimyo, sanoatini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli islohotlar olib borilib, bu borada, ayniqsa, o’simlik chiqindilaridan chiqayotgan chiqindilardan unumli foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalishda amalga oshirilgan dasturiy chora-tadbirlar asosida muayyan natijalarga, jumladan, o’simlik chiqindilaridan chiqayotgan chiqindilarning kimyoviy tarkibi o’rganilib, o’simlik chiqindilari tarkibidagi makro- va mikroelementlarga boy tabiiy, zararsiz, toza oziq-ovqat qo’shilmalari tayyorlanib, aholi orasida tarqalgan ko’plab kasalliklarni oldini olish ularni qo’llashda muhim natijalarga erishildi. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan, respublikamizdagi turp o’simligi tarkibi aniqlash, turp bargining kimyoviy tarkibini aniqlash orqali uning inson organizmi uchun xavfsiz ekanligini aniqlab, aholi orasida tarqalgan kasalliklarni oldini olishda foydalanish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
    Prezidentimiz Sh.M.Mirziyayaev tomonidan qabul qilgan 2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalinishi bo’yicha xarakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligi moderinizasiya qilish va rivojlantirish, tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakat oziq – ovqat xavsizligi yanada mustahkamlash , ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezirarli darajada oshirish bo’yicha amalga oshirilishi muhim bo’lgan vazifalar belgilab berildi [2].
    2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish dasturini 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish ishlari rejalashtirilgan.
    “Umuman olganda, har qanday jamiyat taraqqiyotidagi hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagi bog’liq bo’lgan yosh avlodning sog’lom va barkamol rivojlanishi muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan g’ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarni o’zimizga tayanch deb bilamiz…” dedi davlatimiz rahbari.
    Bugungi kunda xalq tabobati tavsiyalari naqadar muhim ahamiyat kasb etayotganining haqiqiy isbotini Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan xalq tabobatiga nihoyatda jiddiy e’tibor berilayotgani va dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida xalq tabobatiga rasmiy maqom berilganidir. Bir qator mamlakatlarda xalq tabobati akademiyalari, ilmiy -tadqiqot institutlari va universitetlarida xalq tabobati tizimi uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda ham aholi salomatligini saqlashda xalq tabobati usullaridan foydalanish to‘g‘risida hukumat tomonidan qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2020- yil 10-apeldagi «O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari mazkur sohada to‘plangan tajribalardan unumli foydalanish va amaliyotga keng joriy qilishga qaratilgani fikrimizning dalili hisoblanadi. Mazkur qarorda xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etildi. Xalq tabobatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Xususan, soha ijobiy yutuqlarini zamonaviy tibbiyotga integrasiya qilish, mazkur yo‘nalishda yetakchi mahalliy va chet el tibbiyot muassasalari hamgda sog‘lomlashtirish amaliyot markazlari bilan yaqin hamkorlik qilish, xalq tabobati mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish kabi dolzarb vazifalar amalga oshirilishi belgilandi.
    2018 yilda O‘zbekiston tibbiy ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar “Tabobat” akademiyasi raisi, professor I.R.Askarov va “Tabobat” akademiyasi akademigi, professor N.S.Mamasoliyevlar tomonidan tibbiyot fanlar tizimida – Xalq tabobati ixtisosligi va pasporti O‘zR OAK ga taqdim etildi. OAK tomonidan ushbu taklif atroflicha o‘rganilib, 14.00.41– “Xalq tabobati” ixtisoslik nomi va pasporti tasdiqlandi. Mazkur ixtisoslik bo‘yicha izlanishlar olib borgan ilmiy xodimlarga tibbiyot, faramasevtika va kimyo fanlaridan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari hamda dosent, professor ilmiy unvonlari berilishi belgilab qo‘yildi. Hozirda Andijon davlat universitetida Tovarlar kimyosi va Xalq tabobati ixtisosliklari bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda. Ushbu fanlar bo‘yicha 6 nafar fan doktorlari (DSc) va 3 nafar falsafa doktorlari (PhD) yetishib chiqdi [3].
    Shularning negzida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida barcha sohalari qatori kimyo fani, kimyo sanoati ham rivoj topdi. Yirik kimyo sanaoti obyektlarining qayta ishga tushirilishi, yangilarining qurilishi, tabiiyki, kimyo sohasidagi yetuk yosh kadrlarga bo’lgan ehtiyojni oshiradi. Shunday kadrlarni tarbiyalashda oily o’quv yurtlarning o’rni beqiyos.
    Xalq tabobati — ajdodlar tajribasiga tayangan, xalq urf-odatlarida o’z tasdig’ini topgan an’anaviy (ma’lum bir hudud yoki millatga xos bo’lgan profilaktika, diagnostika va davolash usullari) tibbiyotning tan olingan profilaktika, diagnostika va davolash usullaridir.
    Ushbu dissertatsiyada mahalliy sharoitda yetishtiriladigan turp bargi, poyasi, po’stining kimyoviy tarkibi o’rganilib, bargi va barg poyasi tarkibidagi makro- va mikroelementlar, og’ir metallar va pestitsidlar aniqlandi. Turp chiqindisi tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’lgan kimyoviy birikmalarni saqlashi va ulardan xalq tabobati ko’plab kasalliklarni oldini olishda foydalanishni o’rganish maqsad qilib olingan.

    Download 14.58 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 14.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I bob. Ayrim o’simlik chiqindilarining kimyoviy tarkibi

    Download 14.58 Mb.