• Guruh
  • Marshrutizatsiya va signalizatsiya protokollari: RIP,OSPF, IGRP, EIGRP, EGP, BGP
  • Marshrutizatsiya deb
  • Mustaqil ishi Mavzu: ip-tarmoqda marshrutizatsiya tushunchasi Bajardi




    Download 48,06 Kb.
    bet1/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi48,06 Kb.
    #229879
      1   2
    Bog'liq
    2-Mustaqil ish
    1, Документ Microsoft Office Word (2), Папка номеклатура, 1 чи ўринбосар иш режа КПЙ март ой, Конимех туман март ва апрел ойида иш ўрни, Algoritmlarni loyihalash fanidan 1-topshiriq, Algoritmlarni loyihalash fanidan 2-topshiriq, Малумот, 1-Mustaqil ish , 1-Mustaqil ish , Chaqiruv qog`ozi-380211102988 (1), Аҳоли бандлиги масаласи 06 05 2024 йил , Документ Microsoft Word (6) (2), Конимех тумани

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    KOMPYUTER TARMOQLARI”
    FANI BO‘YICHA
    mustaqil ishi
    Mavzu: IP-tarmoqda marshrutizatsiya tushunchasi


    Bajardi: Isakov R.B.
    Guruh: 042-21 STo‘
    Tekshirdi: Xujamatov X.E.

    Toshkent 2024


    Reja:
    1. Marshrutizatsiya va signalizatsiya protokollari.
    2. IP-tarmoqlarda marshrutlash.
    3. Tarmoq interfeysi protokollari.
    4. Multimediali aloqa tarmoqlarining yuqori sath protokollari.


    Marshrutizatsiya va signalizatsiya protokollari: RIP,OSPF, IGRP, EIGRP, EGP, BGP
    Tarmoq sathining ishini marshrutizatsiya va signalizatsiyaning bir qator protokollari bajaradi: RIP (Routing Internet Protocol), OSPF (Open Shortest Path First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol), EIGRP (Enhanced IGRP), BGP (Border Gateway Protocol), RAP (Routing Access Protocol), RSVP (Resource Reservation Protocol) va boshqalar.
    TCP/IP protokollar steki kanal sathida protokollarning katta soni va IP protokolning paketlarini inkapsulyatsiyalaydigan tarmoq texnologiyalari bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
    Marshrutlash usullari. Marshrutizatsiyalash protokollari o‘zida dinamik tarzda rivojlanayotgan Internet protokollarining murakkab guruhini ifodalaydi.
    Marshrutizatsiya deb – jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga axborotni uzatishning optimal yo‘lini qidirish masalasini yechish tushuniladi. Bu masalani yechuvchi qurilma marshrutizator (router) deyiladi.
    IP-tarmoqlarda marshrutlashning asosiy parametri IP protokoldagi adres hisoblanadi. Internet tarmog‘i domenlar (domains) yoki o‘zaro bog‘langan o‘zaro avtonom tizimlarning yig‘indisi sifatida tashkil etilgan. Avtonom tizim yagona ma’muriy boshqarish va umumiy marshrutlash strategiyasiga (policy routing) ega bo‘lgan IP tarmoqdan iborat. Domenlar chegarasida ichki marshrutlash protokollari qo‘llaniladi (Interior Gateway Protocol, IGP), ular orasida tashqi marshrutlash protokollari (Exterior Gateway Protocol, EGP) qo‘llaniladi. RIP protokoli. RIP protokoli – bu katta bo‘lmagan domenlar uchun mo‘ljallangan ichki marshrutlash protokoli. RIP protokolini birinchi turi RFC 1058, ikkinchisi - RFC 1722 xujjatlarda standartlashtirilgan. RIP protokoli axborotni uzatish uchun UDP (520 port) protokolini qo‘llaydi.
    RIP axboroti tarmoqning IP-adresidan va qadamlar sonidan (marshrutizatorlardan) iborat. Qadamlarning maksimal soni -15 ta. RIPning bitta xabarida 25 ta tarmoqlar haqida axborot bo‘lishi mumkin. RIP ishlaydigan marshrutizator boshqa marshrutizatorlardan RIP axborotini olib, boshqa tarmoqlarga yo‘nalishlar yozilgan o‘zining marshrutlash jadvalini har 30 daqiqada yangilaydi va ular yordamida tarmoq bo‘ylab paketlarning harakatlanishini bajaradi.
    Protokolning kamchiligi:
    - har doim eng samarali marshrutni tanlamaydi;
    - sekin moslashishi tufayli logik ilmoqlar hosil bo‘ladi va marshrutizator ishida to‘xtab qolishdan keyin jadval sekin qayta yangilanadi;
    - tarmoqqa yuklanadigan katta sondagi xizmat axborotlarini (marshrutlash jadvali) keng eshittirishli jo‘natmalari qo‘llaniladi;
    - marshrutlash domenini o‘lchash chegaralangan (15 o‘tishlar);
    - tarmoq tagi adreslari bilan ishlamaydi va avtonom tizimlarni farqlamaydi.
    OSPF protokoli RFC 1370, 1578, 1793, 1850, 2328 xujjatlarda standartlashtirilgan. Kanallar holati algoritmini qo‘llash asosida ichki va tashqi marshrutizatlash uchun qo‘llaniladi. Bir nechta zonadan iborat bo‘lgan avtonom tizimga xizmat ko‘rsatishi mumkin. OSPF protokoli RIP protokolidan yetarli darajada samaralidir. OSPF protokoli asosida ishlaydigan marshrutizator, xizmat ko‘rsatish sifatini xarakterlaydigan metrikali tarmoq grafasini tahlil etib, yo‘nalishlarni optimallashtirish muammolarini yechadi. Metrikalarning asosiy parametrlari quyidagilar hisoblanadi: o‘tkazish qobiliyati, kechikish, ishonchlilik, qo‘shimcha parametrlarga kanalning yuklanishi va xavfsizlik. Faqat tarmoq topologiyasi o‘zgarganda marshrutizator axborotlar bilan almashadi. RIPga qaraganda OSPF protokoli tez yo‘nalish jadvalini qayta tuzadi.
    OSPF protokolining asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi:
    - tarmoq topologiyasi o‘zgarganda qisqa axborotlarni guruhli uzatishni qo‘llash. Bu esa tarmoqni samarasiz yuklanishini kamaytiradi;
    - o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq holda axborotlarni parallel kanallar bo‘yicha taqsimlashni ta’minlaydi. Bu esa butunlay tarmoq ishini yaxshilaydi.
    IGRP va EIGRP protokollari. Bu protokollar Cisco Systems firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va ichki marshrutlash uchun qo‘llaniladi. IGRP “vektor-masofa” algoritmini qo‘llaydi, RIP protokoliga qaraganda qisman yaxshi xarakteristikalarga ega:
    - murakkab topologiyali tarmoqlarda ishonchli ishlaydi;
    - RIPga qaraganda eng yaxshi moslashishga ega;
    - xizmat axborotlarini uzatish hajmini qisman kamaytiradi;
    - bir xil metrikali kanallar orasida axborotni taqsimlaydi.
    Protokol metrikasiga kanalning quyidagi parametrlari kiradi: o‘tkazish qobiliyati, kechikish, yuklanish, ishonchlilik. Bu parametrlar keng oraliqlarda o‘zgarishi mumkin. Masalan, o‘tkazish qobiliyati 1200 bit/s dan 10 Gbit/s gacha o‘zgarishi mumkin.
    EIGRP protokoli “vektor-masofa” va “kanallar holati” algoritmlarining barcha afzalliklarini birlashtiradi. Protokol – tarmoq topologiyasi o‘zgarganidan so‘ng marshrutizatorga ishini tez qayta yangilash imkonini beruvchi – taqsimlangan yangilash algoritmi bazasida (Distributed Update Algorithm, DUAL) amalga oshirilgan.
    - qo‘shnini topish imkoni;
    - DUAL algoritmi;
    - axborotni IP ga mukammal kiritish mexanizmi.
    EGP va BGP protokollari – Internet tarmog‘ini tashqi marshrutlash protokollariga kiradi. Marshrutlashni ichki protokollari yordamida tizim haqidagi axborotni yig‘uvchi, turli avtonom tizimlarni ajratilgan marshrutizatorlari EGP protokoli yordamida o‘zaro ta’sirlashadi. EGP prtokolining kamchiliklariga quyidagilar kiradi: metrika qo‘llanilmaydi, ya’ni intellektual marshrutlash bajarilmaydi, yo‘nalishlar ilmog‘ini hosil bo‘lishi kuzatilmaydi, xizmat axborotlari katta o‘lchamga ega.
    Oxirgi vaqtlarda EGP o‘rniga mukammalroq BGP protokoli qo‘llanilmoqda, o‘z navbatida xizmat axborotlarini uzatish uchun TCP protokoli qo‘llaniladi. TCP protokoli marshrutli axborotni yetkazishni kafolatlaydi. BGP to‘liq EGP protokolining kamchiliklarini bartaraf etadi. Metrika sifatida kanalda uzatish tezligi, uning ishonchliligi qo‘llaniladi. Hozirda BGP (3-tur) – bu oxirgi avtonom tizimlarga yo‘nalishni aniqlaydigan Internet tarmog‘ining asosiy protokoli hisoblanadi.


    Download 48,06 Kb.
      1   2




    Download 48,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi Mavzu: ip-tarmoqda marshrutizatsiya tushunchasi Bajardi

    Download 48,06 Kb.