MUSTAQIL ISHNI BAJARISH TARTIBI
Mustaqil ishning bajarilishini quyidagi tartibi taklif etiladi.
Mustaqil ishning bajarilishini kalendar rejasini tuzish (Ilova 1) va uni fan o‘qituvchisidan tasdiqlatish.
Ish bajarish jarayonida rejada ko‘rsatilgan muddatda o‘qituvchining nazoratidan albatta o‘tish kerak.
Mustaqil ishni rasmilashtirib bo‘lgach uni o‘qituvchiga tekshirish uchun ko‘rsatish kerak.
MUSTAQIL ISHNING TARKIBI
Mustaqil ish hajmi 15-25 varaq atrofida bo‘lib quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
titul varag‘i;
bajariladigan ishning kalendar rejasi;
mundarija;
kirish (olib boriladigan izlanish masalasini qo‘yilishi);
muammoning holatini tahlili;
qilingan ish bo‘yicha olingan natijalar, xulosalar va takliflar;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilova (mavjud bo‘lsa).
MUSTAQIL ISHNI RASMILASHTIRISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Mustaqil ish kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish kompyuter matnida (A4 o‘lchamida), hajmi 15-25 betdan iborat (shrift o‘lchami 14 nomi Times New Roman) va uning chizmalari A4 o‘lchamida 2-3 varaqni tashkil qilishi kerak, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki qismining o‘rtasiga sahifa nomeri qo‘yiladi. Maxsus sxemalar kompyuterda yoki qalamda chizg‘ichdan foydalanib standartlarga rioya qilingan xolda amalga oshirilishi kerak. Rasmlar nomi 1-rasm. Rasm nomi shaklida rasmning pastki qismi o‘rtasidan yozilishi kerak. Jadvallar nomi 1-jadval. Jadval nomi shaklida jadvalning o‘ng tepa qismidan yozilishi kerak.
Kirish. Bu bo‘limda belgilangan mustaqil ish mavzusiga oid va mashinali o‘qitish sohlari haqida ma’lumot keltiriladi. Mustaqil ish maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi kerak.
|