3
KIRISH
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra “Gumanitar” ta’lim
sohalarida o‘qitiladigan “Tanlanma - 4” (mustaqillik davri adabiyoti) fani
dasturi
adabiyotshunoslik va adaviyotda zarur bo‘ladigan: XXI asr o‘zbek adabiyotida o‘z
o‘rniga ega bo‘lgan adiblarning hayoti va ijodi haqida boshlang‘ich
tushunchalarini
o‘z ichiga olgan bo‘limlaridan tashkil topgan.
Fanning maqsad va vazifalari
“Tanlanma - 4” (mustaqillik davri adabiyoti) fani
gumanitar fanlar
majmuasiga taalluqli bo‘lib, talabalar uni VII semestrlarda o‘rganishadi.
“Tanlanma - 4” (mustaqillik davri adabiyoti) fanining bosh muhim vazifasi,
talabalarga “XXI asr o‘zbek adabiyoti”, “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi”,
“Modernistik adabiyot”, “She’riyat poetikasi” shunga o‘xshash
qator adabiyot va
adabiyotshunoslik fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi uchun zarur bo‘ladigan
tayanch bilimlarni beradi.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
Talabalar “Tanlanma - 4” (mustaqillik davri adabiyoti) fanini o‘rganish
jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:
· XXI asr o‘zbek adabiyotidagi bo‘lgan o‘zgarishlar,
Yevropa adabiyotining
ta’siri
tushunish
· o‘zlikni anglashga bo‘lgan qadamlar va unda ma’rifatchilikning o‘rnini
anglay olishi;
· XX asr oxiri hamda XXI asr boshlarida ijod etgan ijodkorlarni bilishi;
· XX asr oxiri hamda XX asr boshlaridagi asarlar
va ularning ahamiyatini aniq
bilishi;
· asarlarni tahlil qila olishi.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Mazkur fan o‘quv rejasidagi “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, “Badiiy tahlil
asoslari”, “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi” va “Poetika” kabi fanlar bilan uzviy
bog‘liqdir. Fanni o‘rganishda “Akademik litsey va kasb-xunar kollej” lar adabiyot
kurslarida olingan nazariy va amaliy bilimlar zarur bo‘lsa, o‘z navbatida bu fandan
olingan bilimlar “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, “Badiiy tahlil asoslari”, “XX asr
o‘zbek adabiyoti tarixi” va “Poetika” fanlarining
umumiy nazariyasini chuqur
o‘zlashtirishda kuprik vazifasini o‘taydi.