• Dastlabki she’riy to’plamlari
  • «Vaqt»
  • Asarlari
  • Namangan Davlat Universiteti Xuquqshunoslik fakulteti “Milliy g’oya: ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi 1- bosqich 104 guruh talabasi Qayumov To’rabekning “O’zbek adabiyoti fanidan tayyorlagan “mustaqil ishi”




    Download 2,98 Mb.
    Sana30.11.2023
    Hajmi2,98 Mb.
    #108762
    Bog'liq
    G.GULOM
    Шахсий варақа мактаб, CSS ХУСУСИЯТЛАРИ. CSS САҲИФАЛАШ., 1711458021 (1), Титул, 3-Amaliy ish Operatsion tizimlar (4 kr), 1711480429 (1), 1712462840 (2) (2), 1712040361, 1711381913 (3), 1-amaliy ish-1, 1710838821 (2), 1710489821, VTT 1 Uzb (2)
    • ADABIYOT

    G‘afur G‘ulom (1903-1966)

    O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903-yil 1-mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida mehnatkash oilasida tug‘ildi.

    To‘qqiz yoshida otasidan yetim qolgan G‘afur, avval, eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta‘lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi.

    1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» ro‘znoma muharririyatlarida ishladi. Ro‘znoma uning uchun dorilfunun rolini o‘ynadi, xalq hayotini o‘rganish, unda faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi.

    Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviy she’rlari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931-1932 yillarda chop etildi.

    • Dastlabki she’riy to’plamlari
    • «Dinamo»
    • «Tirik qo’shiqlar»
    • Qissalari
    • «Netay»
    • «Yodgor»
    • «Tirilgan murda»
    • She’rlari
    • «Sen yetim emassan»
    • «Kuzatish»
    • «Vaqt»
    • «Sog’inish»

    So’nggi yillarda G’afur G’ulomning 20 ga yaqin she’riy to’plamlari chop etildi. Ayniqsa, shoirpning «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Qish», «Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak», «Vaqt», «Onalar» singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos etgan jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan.

    • Asarlari
    • «Kuzatish»,
    • «Sen yetim emassan»
    • «Qish»
    • «Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak»
    • «Vaqt»
    • «Onalar»

    G‘afur G‘ulom o‘z davrida «Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961), Lenin ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi (1943) edi. 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi.

    Shoirning ko‘pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga tarjima qilingan. O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan san’atkori G‘afur G‘ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo‘shgan adibdir.

    “Shum bola” (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan. “Dinamo” (1931), “Tirik qo`shiqlar” (1932) to`plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o`ziga xoslik aks etdi.

    Insonga xos mangu tuyg`ular “Qish va shoirlar” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylov” (1937), “Men yahudiy” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo`shib ko`mmadi” (1945) singari she`rlarda aks etdi.

    G`afur G`ulom ijodi O`zbekiston yurtining betakror qiyofasini, o`zbek xalqining o`ta tabiiy xarakterini yuksak badiiylik bilan yoritadi. Shoir G`afur G`ulom 1966-yilning 10-iyunida vafot etadi, Chig`atoy qabristoniga dafn etiladi.


    Download 2,98 Mb.




    Download 2,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Davlat Universiteti Xuquqshunoslik fakulteti “Milliy g’oya: ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi 1- bosqich 104 guruh talabasi Qayumov To’rabekning “O’zbek adabiyoti fanidan tayyorlagan “mustaqil ishi”

    Download 2,98 Mb.