|
Natijada Excel dasturining ish sahifasi 15 rasmda tasvirlangan ko‘rinishni oladi
|
bet | 1/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #255502 |
Bog'liq MS Excel dasturida ochiq transport masalasini yechish
MS Excel dasturida ochiq transport masalasini yechish
Natijada Excel dasturining ish sahifasi 6.15 - rasmda tasvirlangan ko‘rinishni oladi. Algoritmning navbatdagi qadamlari 1-masaladagidek davom etadi.
«Поиск решения» dasturini faollashtiramiz. Natijada Excel dasturining ish sahifasida «Поиск решения» muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Uning «Установить целевую ячейку» bandi satriga maqsad funksiyasi joylashgan katakchaning absolyut adresi $B$19 kiritiladi.
6.15 – rasm. Transport masalasini yechish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar
M aqsad funksiyasining minimum qiymati topiladi, shuning uchun «Равной» guruhining «Минимальному значению» bandi faollashtiriladi.
«Изменяя ячейки:» bandi satriga xi,j o‘zgaruvchilarning qiymatlari uchun ajratilgan katakchalar massivining absolyut adresi $B$11:$F$14 kiritiladi va hokazo 1-masalada keltirilgan amallarni takrorlab, «Поиск решения» muloqot oynasining berilgan boshlang‘ich shartlar bilan to‘l dirilgan ko‘rinishi hosil qilinadi (6.16- rasm).
(28) chegaraviy shartlar
(26) shartlar (cheklanishlar)
(27) shartlar (cheklanishlar)
6.16 - rasm: Transport masalasi uchun berilgan boshlang‘ich shartlar bilan to‘ldirilgan «Поиск решения» muloqot oynasi
Ushbu oynaning «Выпольнить» buyrug‘ini faollashtirish natijasida berilgan transport masalasining optimal yechimi Excel ish sahifasida hosil bo‘ladi (6.17- rasm).
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, A1 korxonadan (ta’minlovchi-dan) B3, B4 va B5 iste’molchilarga mos ravishda 60, 65 va 110 birlik, A2 korxonadan B1 va B5 iste’molchilarga mos ravishda 125 va 50 birlik, A3 korxonadan B4 iste’molchiga 185 birlik va A4 korxonadan B2 va B5 iste’molchilarga mos ravishda 160 va 15 birlik miqdorda mahsulot etkazib berish berilgan masalaning optimal yechimi hisoblanadi. Topilgan ushbu rejada transport xarajatlari eng kam bo‘lib, u F*=min(F)=2373,5 pul birligiga teng bo‘lar ekan.
|
| |