• Qarshi- 2009
  • Ning tashkil etilmaganligidir




    Download 3.6 Mb.
    bet1/14
    Sana26.04.2023
    Hajmi3.6 Mb.
    #54033
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    мультимедиа лаборатория
    12.2 маъруза, 11-sinf 1-2-3-4-chorak test (7), 12-Lekciya, Цeль paбoты, Химические методы колич анализа , 7-sinf III-chorak test, O\'RTA YOSHDAGI BOLALARGA BERILADIGAN HARAKATLI O\'YINLAR, SPINLI ELEKTRONIKA VA ELEMENTLARI, Boshlang’ich sinf matematika darslarida axborot, 200 курс Рухсат этилган сифатни таъминлаш хусусияти айси хусу, informatika 7 uzb, arifmetika(osson), arifmetika(osson), Mustaqil uzbekiston 2023

    O’ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI


    TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
    QARShI FILIALI

    "Multimedia tizimlari va texnologiyalari"


    fanidan


    laboratoriya ishlarini bajarish uchun
    U S L U B I Y K O’ R S A T M A
    Qarshi- 2009

    Ushbu uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Davlat ta’lim standarti bo’yicha bakalavrlar tayyorlash saviyasi va mazmuniga majburiy talablar hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2005 yil 30 sentyabrdagi 217-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to’g’risida muvaqqat Nizom” ga asosan tuzilgan.Bunda “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanidan mustaqil tayyorlanish uchun laboratoriya mashg’ulotlarining mazmuni va bajarilish ketma-ketligi batafsil yoritilib berilgan.


    Ushbu uslubiy ko’rsatma “Axborot texnologiyalari” fakulteti, “Axborot servisi” yo’nalishining 2-kurs talabalariga mo’ljallangan.

    Tuzuvchilar: TATU Qarshi filiali


    assistenti O.Shukurova

    TATU Qarshi filiali
    assistenti G.B.Sherboboyeva

    TATU Qarshi filiali


    assistenti Sh.B.Normatov
    Taqrizchilar: TATU Qarshi filiali
    dosenti B.Mahmadiyev
    QMII “Axborot texnologiyalari va
    matematik modellashtirish” kaf.
    dos.A.R.Mallayev.
    Uslubiy ko’rsatma TATU Qarshi filiali “Kasb ta’limi va telekommunikasiya” kafedrasi (Bayon №2 2009 yil 5-noyabr), Uslubiy kengash yig’ilishida (Bayon №2 2009 yil 6-noyabr) ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.

    © Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


    Qarshi filiali – 2009 yil.


    K I R I Sh.
    Kompyuter texnikalari bilan amalga oshiriladigan laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadi – tajribalar o’tkazish uchun malaka va ko’nikma hosil va zamonaviy texnikani har bir sohaga tadbiq eta bilishdir.Bu maqsadga erishish uchun har bir ishni bajarish jarayonida sizga qator masalalarni yechish:; berilgan ishdagi xodisalarning moxiyatini tushintirishga; tatqiq qilayotgan obyektning tavsifini berish,uni xarakterlash va uning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish; mazkur ishda qullanilayotgan dasturiy ta’minotlarni tanlash, ularning ishlash prinsiplarini mukammal o’rganish. Bu laboratoriya ishlarining tajriba natijalarini bajarish talabaga, kompyuter dasturlari bilan ishlash, laboratoriya natijalarini tahlil qilish, asoslangan xulosalar chiqarish va ish bo’yicha xisobot tuzishni o’rganish imkoniyatini beradi.
    Bunday moxirlikka faqat uzliksiz, maqsad sari intiluvchan mehnat qilish natijasida va har bir tajribaga uylab, jiddiy munosabatda bulish natijasida erishish mumkin. Laboratoriya mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyati shundagi, boshqa o’quv mashqulotlaridan farqli u birinchi qadamdanoq sizni mustaqilligingizni talab qiladi, sekin-asta siz faqat laboratoriyadagina emas, balki uyda amalda to’liq va ongli faol ishingizga aylanishi kerak
    Laboratoriya ishlarining tafsifida qo’yidagilar beriladi: birinchidan, o’rganilayotgan ishda uchraydigan hodisalar haqida qisqacha ma’lumot , ikkinchidan, ishda kerak bo’lgan asboblar haqida ma’lumot, uchinchidan laboratoriya ishini amalga oshirish usulining tafsifi, to’rtinchidan dasturiy ta’minotlarning ishlash imkoniyatlarini o’rganish, beshinchidan olingan natijalarga ishlov berish usullari va barcha laboratoriya ishlar uchun umumiy bo’lgan qo’yidagi konkret etaplar ketma-ketligini tarkibida saqlaydi, ya’ni:

    1. Bajariladigan ishning maqsadini aniq ifodalab beradi;

    2. Ishda qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlarning tahlili;

    3. Laboratoriya ishlarini o’tgazishga oldindan tayyorgarlik, berilgan ishda qo’llaniladigan amaliy dasturni aniqlash,qo’yilgan masala ketma-ketligini aniqlash va ularni ifodalab berish, dastur formatlarini aniqlash;

    4. Natijalarni aniq yozish, shartlarni qayd etish, olinishi kerak bo’lgan qiymatlarni yoki ro’y berishi mumkin bo’lgan xatoliklarni yo’qotish uchun dastur imkoniyatlarini chamalab ko’rish, olinaligan natijalarning ishonchlilik darajasini aniqlash;

    5. Natijalarga dasturiy ishlov berish va xatoliklarni yetarli darajadagi aniqlik bilan baholash;

    6. Ishlash ketma-ketliklarini tizimlashtirish va natijalarni umumlashtirish, jadvallar tuzish, grafiklar chizish, xulosalarni aniq ifoda qilish, ish haqida xisobotlar yozish;

    Multimedia tizimlari va texnologiyalari fani “Axborot servisi” yo’nalishining 2-kurs talabalariga 4-semestr davomida o’tiladi. Bu fanga ma’ruza 34 soat, laboratoriya ishlari 16 soat va amaliy mashg’ulotlar uchun 16 soat ajratilgan.Fanni o’tilishi jarayonida talaba multimedia texnika va texnologiyalaridan foydalanish, dasturlarida ishlashni o’rganadi.Bu ko’rsatmada “Multimedia tizimlari va texnologiyalari” fanidan asosiy laboratoriya ishlarini bajarish uchun Microsoft Power Point va Macromedia Flash MX dasturlarida amalga oshiriladigan ishlarning ketma-ketliklari aniq misollar asosida tushuntirilgan.
    Talaba laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qo’yidagi bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’ladi:

    1. Microsoft Power Point dasturi haqida asosiy tushunchalar

    2. Microsoft Power Point dasturida ishlash ko’nikmasi

    3. Microsoft Power Point dasturining boshqa dasturlar bilan ishlashi

    4. Microsoft Power Point dasturida prezentasiyalarni yaratish

    5. Macromedia Flash MX dasturining ishlash imkoniyatlari

    6. Macromedia Flash MX dasturining oynalari

    7. Macromedia Flash MX dasturining asosiy panellari

    8. Ulead Videostudio 10 dasturida ovoz va videolar bilan ishlash

    9. Ulead Videostudio 10 dasturida videoeffektlar va matnlar bilan ishlash




    Download 3.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 3.6 Mb.