|
O ’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg’ona davlat universiteti Musiqiy ta’lim yo`nalishi
|
Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #137477 |
Bog'liq Xorazm musiqasi dars ishlanma
O ’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg’ona davlat universiteti
Musiqiy ta’lim yo`nalishi
“20-26”-guruh talabasi
Tursunbekov Azizbekning tayyorlagan
Dars ishlanmasi
Sana:___________
Mavzu: Xorazm vohasining mumtoz musiqasi
Musiqa tinglash: “Aliqambar” xalq musiqasini, “Suvora”, “Feruz I” ashulalarini tinglash.
Jamoa bo‘lib kuylash: “Aliqambar” kuyini notaga qarab kuylash.
Musiqa savodi: Xorazm dostonchilik san’ati ijrochilik yo‘llari haqida.
Darsing maqsadi:
Ta’limiy: Xorazm vohasining mumtoz musiqasi haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: O’quvchilarda jahon musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining manaviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda musiqaga bo’lgan mehrlarini uyg`otish va estetik his tuyg`ularini shakllantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish. Internet-saytlardan musiqaga oid ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini, Vatan, oila, mahallasining tarixini bilish va bugungi kun bilan taqqoslay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
sog‘lom turmush tarziga amal qilish, umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan urf-odatlar, marosimlarni bilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish, 2/4, 3/4, 4/4 o‘lchovlarida kuylashda takt sanoqlarini hisoblash.
Dars turi: Noan’anaviy
Dars jihozlari: Musiqa madaniayati kitobi, ko’rgazmalar, musiqa anjomlari.
Uslub: Hikoya, suhbat, “Klaster”, “Aqliy xujum”, “Test”.
Shakl: Suhbat-munozara, kichik guruhlar va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg`u asbobi, rag`barlantiruvchi kartochkalar.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. O’z-o’zini nazorat qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2. O’tilgan mavzuni takrorlash 12 minut
3.O’tilgan mavzuni takrorlash 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
O’qituvchi:
-Salom shirintoylarim, yulduzlarim oylarim,
Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim.
Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim,
O’ylab puxta javob bering, hozir qay dars aytib bering.
O‘quvchi: Hozir musiqa darsi
B) Darsimiz shiori:
-Bilim ol, hunar tanla!
-Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu
-Sog`ligimiz.
O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz?
Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go’zal kamalak,
Barkamol avlod bo’lmoq –eng ezgu tilak.
Davomatni aniqlash
O’qituvchi:
-Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammadan yaxshidir.
|
Qani,ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi.
|
II. O’tilgan mavzuni takrorlash
III.Yangi mavzu bayoni:
IV.Mustahkamlash:
Savol-javob o’tkazish
V.Baholash.
Yaxshi kuylagan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Takrorlash
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O ’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg’ona davlat universiteti Musiqiy ta’lim yo`nalishi
|