• III XULOSA..................................………………..…………..…….….46 KIRISH
  • O’qish darslarida vatan posbonlari mavzusini o’rganish 3-sinf mundarija: I kirish




    Download 180.5 Kb.
    bet1/7
    Sana14.06.2023
    Hajmi180.5 Kb.
    #73030
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O’QISH DARSLARIDA VATAN POSBONLARI MAVZUSINI O’RGANISH 3-SINF
    Harakatga doir masala(matematika test), IELTS Reading Strategies By Rachel Mitchell, Презентация Microsoft PowerPoint, python da matnli masalalar, 1678438480, jamiyatda-diniy-fanatizm-va-dinda-qarashlar-xilma-xilligi, Mavzu Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari, PYTHON DASTURLASH TILI AFZALLIKLARI Ostanakulov Akhrorjon, Plategnoe-poruchenie-Blank, 7-var1, yTss98Y2EP mhiukxVXezkYEFdT4a4l5, 1-ma\'ruza (2), Mektepke shekemgi tálim jasındaǵı balalar ushın gimnastika, Mundarija kirish. I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovats


    O’QISH DARSLARIDA VATAN POSBONLARI MAVZUSINI O’RGANISH 3-SINF


    MUNDARIJA:
    I Kirish…………………………………………………………………………….3
    II Asosiy Qism
    1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida ……………........................................………………………8
    2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari ………………………………………………………..18
    3 Ta'limiy o’yin faoliyati – kreativlikni rivojlantirishning o'ziga xos vositasi sifatida …………………………………………………………………………..25
    4 Ta’limiy o’yin faoliyati vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishning metodik jihatlari ……………………………….30
    III XULOSA..................................………………..…………..…….….46


    KIRISH
    Jahonda ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlaydigan asosiy omil sifatida e'tirof etilib, xalqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida “bilimning mustahkam poydevoriga ega bo‘lish, ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, o‘quvchilarda hamkorlik qobiliyatlari va bilishga qiziqishni shakllantirish” dolzarb vazifa sifatida qayd etilgan. Kreativ shaxsni shakllantirish maktabgacha ta'lim yoshidanoq ta'limning interfaol texnologiyalari orqali intellektni rivojlantirishga imkon beradigan yangicha fikrlash madaniyatini tarkib toptirishni taqozo etadi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda kreativlikni maqsadga yo‘naltirilgan va tizimli rivojlantirish ta'limiy kompetentsiyalarni tarkib toptirish, ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
    Dunyoda bolalar iqtidori, kreativlik, kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kreativligining tarkibiy asoslarini aniqlashtirish, motivatsion, ijtimoiy-madaniy yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish omillarini aniqlashtirish, kreativlikka asoslangan ta'limiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimini takomillashtirish, kreativlikka asoslangan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda. Maktabgacha ta'limga bunday yondashuv shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim strategiyasi talablariga mos ravishda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish alohida dolzarblik kasb etadi.
    Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, ta'lim va tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdagi keng qamrovli islohotlar natijasida maktabgacha ta'limda sifatli ta'lim xizmatlari samaradorligini oshirish, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv sharoitida bolalarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishni ta'minlovchi imkoniyatlar salmog‘i kengaydi. Shu bilan bir qatorda maktabgacha ta'lim jarayonida kreativlikni rivojlantirishning mexanizmini takomillashtirgan holda amaliyotga joriy etish zarurati ko‘zga tashlanmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish, 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish1 kabi vazifalar belgilab berildi. Bu esa maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishning komponentlari va omillarini aniqlashtirish, kreativ faollikni ta'minlashning didaktik ta'minotini takomillashtirishni taqozo etadi.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ tafakkurni shakllantirish muammosi juda ko‘p tadqiqotchilarni qiziqtirgan muammo sifatida uzoq yillardan buyon o‘rganilib kelinmoqda.
    P.F.Legaft (1837-1909)ning fikricha, inson hayotining ayni shu bosqichida uning kelgusida qanday xarakter-xislatlar sohibi bo‘lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga chiqadi.
    Bu yo‘nalishning rivojlanishiga V.N.Druzhinin, A.V.Zaporozhets, A.N.Leontiev, N.N.Poddyakov, D.B.Bogoyavlenskaya, V.A.Kudryavtsev, O.M.Dyachenko, A.M.Matyushkin, K.Heller, N.S.Leites, J.Guilford va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shishgan.
    Ular o‘z ishlarida kreativlikni boshqa psixik jarayonlardan ajralib turuvchi tafakkurning o‘ziga xos jihati sifatida ta’rif berganlar. Ular kreativlikni bolalarning shaxsiy fazilatlari va ularning tasavvuri bilan bog‘laganlar. Ijodiy tafakkur va ijodiy tasavvur - insonning ijodiy qobiliyatining muhim tarkibiy qismidir. Maktabgacha yosh davri ijodiy faol shaxsni shakllanishi uchun eng samarali davri, chunki aynan manashu davrda psixik jarayonlar progressiv o‘zgarishlar (xotira, nutq, diqqat, tafakkur, tasavvur, idrok) kechadi va shaxsiy fazilatlar tezkor rivojlanadi.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijodni rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari orqali, masalan, kommunikativ, amaliy o‘yinlar yordamida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari amaliyotida tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilarning ijodiy rivojlanishiga bo'lgan e'tiborini kuchayganlik tendensiyasi kuzatilmoqda.
    Hozirgi kunda metodistlar va psixologlarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri - maktabgacha yoshdagi bolaning ijodiy salohiyatini ochishga yordam beradigan bola bilan shaxsga yo'naltirilgan - o'zaro ta'sir o'tkazish usullarini takomillashtirish kerak degan xulosa qilishimiz mumkin.
    Olimlardan D.Veksler, А.Маslou kreativ qobiliyat tabiatini va uning inson hayotida rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishgan, ular tomonidan ishlab chiqilgan kreativ tafakkurni aniqlash yuzasidan ishlab chiqqan metodika hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, yana bir Amerikalik psixolog olim Dj.P.Gilford o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida kreativlik va intellektni birinchi marotoba taqqoslagan. Pol Torrens kretiavlikni tafakkur terminlarida ta’riflagan va bolalar kreativligini shakllantirish dasturini hamda yosh bolalarda kreativlikni aniqlash testlarini yaratgan. O‘zbek olimlaridan E.G‘oziyev, P.Sunnatova, Z.Nishonova tafakkur psixologiyasi, mustaqil fikrlash, ijodiy fikrlash psixo-fiziologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab berishga katta hissa qo‘shishgan.



    Download 180.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 180.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qish darslarida vatan posbonlari mavzusini o’rganish 3-sinf mundarija: I kirish

    Download 180.5 Kb.