• Annotatsiya.
  • O‘quvchilarda texnik ijodkorlikni rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi nasrullayeva Fatima Azatovna




    Download 22.85 Kb.
    bet1/3
    Sana20.10.2023
    Hajmi22.85 Kb.
    #88887
      1   2   3
    Bog'liq
    Maqola Nasrullayeva
    falsafa test, rus tili TEST, 8-laborotirya, c dasturlash tilida fayllar bilan ishlash

    O‘QUVCHILARDA TEXNIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI


    Nasrullayeva Fatima Azatovna
    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
    “Professional ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi


    Annotatsiya. Maqolada texnologiya darslarida 5-7-sinf o‘quvchilarning texnik ijodkorlik qobliyatlarini rivojlantirishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar, o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarning amaliy faoliyatini olib borish uslublari va bosqichlari tahlil qilingan.
    Kalit so‘zlar. Ijodkorlik, texnik ijodkorlik, loyihalash, amaliy mashg‘ulot, texnik xujjat ilmiy rivojlanish, mustaqil loyihalash, robototexnika, innovatsion ta’lim texnologiyalri.
    O‘quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirish bugungi kunda rivojlanayotgan kelajak kasblarini egallashlarida katta yordam beradi. Kelajak kasblari haqida so‘z ketsa, kompyuterlashtirish va raqamlashtirish barcha sohalarga kirib borishi bilan har bir muassasada, tashkilotlarda dasturchi va dastur tuzuvchilarga ehtiyoj paydo bo‘lishi tabiiy. Yurtimizda ham axborot texnologiyalari bozorining jadal rivojlanishi axborot texnologiyalari mutaxassislariga ehtiyoj tobora oshmoqda.
    Bu sohaga qiziqish yuqoriligining sababi olingan bilimlarni dunyoning istalgan nuqtasida qo‘llash mumkin. Axborot texnologiyalarining jozibadorligi shundaki, u aqliy salohiyatingizni muntazam charxlaydi. Bu soha vakillari tabiatan ijodkor bo‘ladi. Hayoliga kelayotgan g‘oyalarni kompyuter yoki dasturlash tillarida taqdim etadi. U qaysidir ma’noda insonga erkinlik beradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganish moliyaviy imkoniyatlarni kengayishiga sabab bo‘ladi. Bitta kompyuter va aqliy qobliyat yordamida odamlarga yordam beradigan, foydasi tegadigan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan, tibbiyot sohasini olsak, robotlar kelgusida operatsiyalarni yuqori aniqlik va tezlikda bajarishi mumkin. Shuningdek ta’lim va boshqa ko‘pgina sohalarda ham sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Kelgusida dasturlash tili eng ommabop tillardan biriga aylanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim tizimiga kirib kelishi innovatsion ta’lim texnologiyalarining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.

    Download 22.85 Kb.
      1   2   3




    Download 22.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarda texnik ijodkorlikni rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi nasrullayeva Fatima Azatovna

    Download 22.85 Kb.