Organik yoqilg'i va uning tasnifi




Download 6.42 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi6.42 Kb.
#148568
Bog'liq
Organik yoqilg\'i va uning tasnifi-fayllar.org (1)
9-Ma\'ruza Elektronika, 6-Ma\'ruza Elektronika, 11-Ma\'ruza Elektronika, Biogaz tezis, Юсуфбеков (2) compressed compressed, 2-amaliy mashg\'ulot, топширилган талабномалар юзасидан ёзишмалар юбориш, Qozonning issiqlik balansi, Pyezometrik grafik, 17a-22-Elektrotexnika va elektronika, SLL 7au-20 amaliy TAYYOR 111 , SLL 7au-20 amaliy TAYYOR 222 , Himoyalangan joy sabzavotchiligi, ROSULOV R.ТARMOQ MASH. TA\'MIRLASH.

Organik yoqilg'i va uning tasnifi

Organik yoqilg'i va uning tasnifi
Yoqilg'itushunchasi o'zida u yoki bu o'zgarishlar natijasida energiyani ajratib chiqaruvchi moddalarni biriktiradi. Hozirgi paytda energiyani chiqarish tamoyili bo'yicha yoqilg'ilarning ikkita yirik guruhi ma'lum: yadroviy o'zgarishlar natijasida energiya chiqaruvchi va tarkibidagi yonuvchi elementlarning oksidlanishinatijasida
energiya chiqaruvchi organik yoqilg'i. Organik yoqilg'i energiyasining issiqlikga aylanishi yonish natijasida amalga oshadi. Yonish- nurlanishli va issiqlik energiyalari jadal ajralib chiqishi va yoqilg'ining oksidlovchilar bilan o'zaro ta'sirlanishi natijasida kuzatiladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayondir.
Issiqlik texnologik jarayonlarda oksidlovchi sifatida havodan foydalaniladi, ayrim hollarda u kislorod bilan boyitiladi.
Har-xil turdagi organik yoqilg'ilarning o'ziga xos tomoni ularning tasnifida aks ettiriladi. Umumiy tasnif yoqilg'ini agregat holati, qazib chiqarish va hosil qilish usuli bilan farqlaydi.
Yoqilg'ining barcha turlari (o'tindan boshqa) amalda tiklanmas qazilma yoqilg'ilar hisoblanadi. Ular bir-biridan asosan hosil bo'lish sharoitlar va geologik yoshi bilan farq qiladi.
Qattiq qazilma yoqilg'ilarning genetik asosi turli o'simliklar va million yillar avval yashagan mikro organizmlardan iborat. Ularning organik massalari havoning kelib qo'shilishi cheklangan sharoitda yuqori harorat va bosimda parchalanib, yangi moddalar hosil bo'lgan. Bu o'zgarishlar natijasida organik massadagi uglerod miqdori ortib kislorod, vodorod va azot miqdorlari kamayib borgan. Tashqi muhit ta'sirida turli jadallik bilan kechgan bu jarayon organik massaning qo'mirga aylanish jarayoni deb atalgan. Ko'mirga aylanish paytida qazilma yoqilg'ilarning zich uglerodli birikmalari hosil bo'lgan. Qattiq yoqilg'ilarning shakllanishida o'simlik va mikroorganizmlar tarkibiga kiruvchi karbon suvlar, lignin, mum, qatron, oqsil modda va boshqalar ishtirok etgan. Lignin - biokimyoviy jarayonlar paytida o'simliklarning hujayralararo bo'shlig'ini to'ldiruvchi moda – lignin kislotasiga, keyin esa gumus kislotasiga aylanadi: bunday birikmalarni gumusli birikmalar deyiladi va ular organik massalaridagi vodorodning kamligi bilan ajralib turadi. Qazilma yoqilg'ilarning boshqa turi suv qatlami ostida chiriyotgan cho'kindiga aylangan bir hujayrali organizmlarning parchalanish mahsuloti bo'lgan va ko'mirga aylanish jarayonining birinchi bosqichi hisoblangan sopropeldir.
Shu tarzda hosil bo'lgan ko'mirlar sapropel ko'mirlari deyiladi va ular yoqilg'i organik massasi tarkibidagi vodorodning miqdori yuqori bo'lishi bilan boshqalardan
farq qiladi.
Yoqilg'i hosil bo'lishining har qanday turi bo'yicha ko'mirga aylanishning birinchi bosqichi organik massaning torfga aylanishi hisoblanadi. Torfgeologik eng yosh qazilma yoqilg'i bo'lib, ko'mirlardan kislorod, vodorod va azot miqdorlarining yuqori bo'lishi bilan farq qiladi.

Torf massasining o'zgarishda davom etishi ketma-ket qo'ng'ir ko'mir, tosh ko'mir va antrasitning hosil bo'lishiga olib keladi. Antrasit birlamchi organik massaning ko'mirga aylanish jarayonining eng chuqur bosqichi hisoblanadi.


Yonuvchi slaneslar ham qattiq qazilma yoqilg'ilar qatoriga kiradi. Ular kelib chiqishi bo'yicha sopropel turdagi neftga o'xshash organik moddalar bilan shimilgan ohakli yoki moyli jinslardan iborat.
Neft va yonuvchi tabiiy gazlar ham o'simlik va hayvonot qoldiqlarining alohida geologik sharoitlarda uzoq vaqt davomida o'zgarib turli suyuq va gazsimon uglevodorodli birikmalarga aylanishi natijasida hosil bo'lgan.
Su'niy yoqilg'ilar ham turli xil bo'ladi (3.3-jadval). Ular tabiiy yoqilg'ilarning sifatini yaxshilash yoki yoqilg'ining yangi turlarini olish maqsadida maxsus ishlov berish natijasida yoki turli ishlab chiqarish jarayonlarining yonuvchan texnologik chiqindilari ko'rinishida hosil qilinadi.
Su'niy qattiq yoqilg'ining eng muhim turi koks hisoblanadi. Koks yoqilg'isi toshko'mirning ayrim turlarini maxsus pechlarda havo kiritmasdan 900-1100 0S gacha qizdirib, pirogen parchalanishini amalga oshirish natijasida hosil qilinadi.
Domna pechlarida cho'yan olish jarayonida ishlatiladigan asosiy texnologik yoqilg'i koks hisoblanadi. Ko'mirni kokslash paytida undan qatron (smola) va koks gazi olinadi; koks gazi tozalanib, qimmatli kimyoviy mahsulotlari ajratib olingandan so'ng sun'iy gaz yoqilg'isi sifatida keng qo'llaniladi.
Kokslash jarayoni kabi, ammo 500-700 0C da, ko'mirni yarim kokslash amalga oshiriladi. Bu jarayon davomida qatron va yarim koks gazi olinadi, ular kimyoviy qayta ishlash uchun xom-ashyo sifatida va, qisman, yoqilg'i sifatida qo'llaniladi.
Neftni qayta ishlash paytida juda ko'p miqdorda turli sun'iy yoqilg'ilar:
benzin, kerosin, ligroin va boshqalar hosil qilinadi va ular keyinchalik transport yoki motor yoqilg'isi sifatida foydalaniladi. Neftni qayta ishlash zavodlarida olinadigan og'ir qoldiqlar-mazutlar turli sanoat pechlari va issiqlik elektr stansiyalari uchun asosiy yonilg'i hisoblanadi. Neftni issiqlik va kimyoviy qayta ishlash paytida dissillyasion yoqilg'ilar bilan bir qatorda ko'p miqdorda turli yuqori sifatli yonuvchi gazlar (neft zavodi gazlari) olinadi.
Domna gazi domna pechlarida cho'yan eritish jarayonida hosil bo'ladigan yonuvchan chiqindi gazdir. Bu gaz metallurgiya zavodlari yoqilg'i balansining asosiy tashkil qiluvchisi hisoblanadi. Domna gazining asosiy iste'molchilari havo qizdirgichlari, energetik qozonlar, koks batareyalari va qizdirish pechlari sanaladi.
Generator gazlari ham turli bo'ladi. Ular havo, suv bug'i, bug'-havo yoki bug'-kislorod aralashmalari kabi oksidlovchilar yordamida turli tabiiy va su'niy qattiq yoqilg'ilarni gaz generatorlarida gazga aylantirish (gazifikasiyalash) yo'li bilan olinadi. Generator gazlaridan yoqilg'i sifatida yoki kimyoviy qayta ishlash uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Organik yoqilg'ilarni foydalanish bo'yicha ikki guruhga bo'lish mumkin:
1. Energetik yoqilg'i -issiqlik va elektr energiyasini olish uchun foydalaniladi.

2. Sanoat yoqilg'isi - yuqori haroratli texnologik qurilma va tizimlar uchun energiyaning asosiy manbai.


http://fayllar.org
Download 6.42 Kb.




Download 6.42 Kb.