• Mashq qildirgichlar
  • Animatsion roliklar
  • Video ilovalar
  • Web uchun ilovalar
  • O‘rgatuvchi dasturlar




    Download 28.33 Kb.
    bet1/3
    Sana09.09.2023
    Hajmi28.33 Kb.
    #80928
      1   2   3
    Bog'liq
    Glassary
    002, internetning-yosh-avlodga-salbiy-ta-siri-va-oqibatlari, 0099
    1. Glossariy


    O‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;
    Test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
    Mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
    Taqdimot (ing. presentation) – audiovisual vositalardan foydalanib ko‘rgazmali shaklda ma'lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o‘zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma'lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo‘ladi.
    Animatsion roliklar - multimediali texnologiya; tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlar- ning almashinishida hosil bo‘ladi.
    O’yinlar - O‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma'lum malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
    Video ilovalar – harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va namoyishi. Video tasvirlarni o‘qish qurilmalari – videofilmlarni boshqaruvchi dasturlar.
    Multimedia galereyalar – ovoz jo‘rligidagi harakatlanuvchi suratlar to‘plami.
    Audio ilovalar - Ovozli fayllarni o‘quvchi qurilmalar – raqamli tovushlar bilan ishlovchi dasturlar.
    Raqamli tovush – bu elektrik signal amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi.
    Web uchun ilovalar - bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyu, navigatsiya v.b.),ma'lumot o’zatish uchun ilovalar, ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.
    Animatsiya – ob’ektlar, kameralar, yorug‘lik manbalari joyini o‘zaro almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga ega bo‘lgan vazifa yoki topshiriq.

    Download 28.33 Kb.
      1   2   3




    Download 28.33 Kb.