Guliston va Turkmanchoy shartnomalari -




Download 278.81 Kb.
bet8/19
Sana08.04.2021
Hajmi278.81 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Guliston va Turkmanchoy shartnomalari - 1813, 1828 yillardagi Rossiya va Eron shartnomalari

Bob - Ali Muhammad (1820-1849) Darvoza – Imom Mahdi bilan xalq o’rtasida o’zini vositachi deb hisoblagan

Bobiylar qo’zg’oloni - 1848-1852 yillarda Erondagi diniy xaraktyerdagi qo’zg’olon

Amir Nizom – Shohning 1 – vaziri. XIX asr 2 - yarmida Erondagi islohotlar tashkilotchisi
XVII - asrda ham Eron feodal manarxistik taraqqiyot bosqichida turgan davlat edi. Eron Sharqning yirik davlati bo`lib, nisbatan iqtisodiy, Ijtimoiy jihatdan rivojlangan davlatlardan biri edi.

1712 yilda bu mamlakatni afg’onlar istilo qildi. Afg’onlarning hukmronligi 1730 yilgacha davom etdi. 1730 yildan boshlab esa, ya`ni afg’onlar hukmronligiga barham bergandan so`ng Eronni afshorlar sulolasi boshqardi. Ushbu davlatning hukmdori Nodishoh Afshor harbiy istilolar natijasida Eron, Afg’oniston, Buxoro, Xiva, Hindistonni birlashtirgan davlat tuzdi. Lekin uning hukmronligi mamlakatda uzoq davom etmadi. 1747 - yilda Nodirtepada bo`lgan qo`zg’olonda Nodirshoh Afshor o`ldiridadi. U zo`rlik bilan birlashtirgan davlatlar parchalanib ketdi.

1747 yildan boshlab turli sulolalar o`rtasida Eronda yagona hukmronlik uchun qonli janglar boshlandi. Ana shu kurashlarda Kajarlar xonadoni g’olib chiqadi va davlatni o`z qo`liga oladi. Bu sulola Eronda o`z hukmronligini o`rnatadi. Sulolaning birinchi vakili Og’a - Muhammad bo`lib, bu hukmdor 1796 yilda to`la to`kis taxtning egasi bo`ldi. 1790-1925 yilgacha bo`lgan tarixiy davr kajarlar sulolasining hukmronlik davri hisoblanadi. Og’a Muhammad davrida Eronliklarning ahvoli og’ir bo`lgan. Mamlakatda hamma mehnat turlari qo`l mehnati orqali amalga oshirilgan. 1790 yildan boshlab Yevropa sanoat maxsulotlari Eronga kirib keladi. Natijada hunarmandlarning katta qismi xonavayron bo`ladi.

1797 yilda taxtni Fath Alishoh egallaydi. Fath Alishoh Eron davlatida 1797 - 1834 yillarda hukmronlik qilgan. U viloyatlarga farzandlari va nabiralarini noib qilib yuboravergan. Ma`lumotlarga qaraganda uning 126 dan ortiq farzandlari bo`lgan. hammalarini viloyatlarga noib qilgan. Shu davrda hokimiyatning markazlashuv jarayoni susayib ketdi. Ko`pgina viloyat hukmdorlari o`ziga turli xil qonunlar chiqarib mustaqil siyosat yuritdi. hatto tangalar ham chop etilgan. Kavkaz orti Shimoliy Kavkaz Eron ta`sir doirasida edi, ular markaziy davlatga bo`ysunmaslik uchun keskin choralar ko`rishga majbur bo`ldi. qattiq tan jazosini belgiladi. Fath Alishoh davrida ko`zni o`yish jazosi eng keng tarqalgan va tus olgan jazo turlaridan biri edi. Forslar Kavkaz xalqlariga qarshi qirg’in barot urushlar qilib turgan 1795 yilda ular Gruziya poytaxti Tbilisini bosib olib bir kunda20 ming kishini qilichdan o`tkazgan. Xalq boshiga og’ir kulfatlar solgan. Shuning uchun bu xalqlar o`zlariga homiy qidirganlar bu albatta Rossiya davlati edi.

Rossiya Kaspiy dengizi va Kavkaz masalasida Eron bilan o`zaro ziddiyatli bo`lgan. 1801 yil Gruziya rossiyaga qo`shilganidan so`ng (Georgiy XII Rossiyaga xat yozadi), so`ng Rossiya Kavkaz ortida platsdarmga ega bo`ladi, va 1804 yilda bu yerda ganja xonligini bosib oladi. Shundan so`ng Rossiya va Eron davlatlari o`rtasida munosabatlar har tomonlama yomonlashdi. Ikala davlat o`rtasida urush boshlanadi. Eron Rossiyaning raqibi bo`lgan Angliyadan yordam so’raydi. Angliya Eronga qurol-yaroqlar yubordi. Urush harakatlarining birinchi davrida Eron faoliyati yaxshilandi. G’alaba ular qo`lida bo`lgan edi. Chunki inglizlar Eronliklarga har tomonlama yordam beradi. XIX asrning boshlarida napoleonga qarshi 1805 yilda Rossiya-Angliya ittifoqi tuzildi. O`sha ittifoqdan so`ng angliya Eron davlatiga yordam byerishni to`xtatadi. Endilikda Eron Fransiya davlatiga murojaat qiladi. Napoleon Bonapart Eronga Kavkazni qaytarishni va`da qiladi. Fransuz harbiy maslahatchilarini Eronga yubordi. Fransiyaning yordami ham uzoqqa cho`zilmaydi. 1807 iyulda Kontinental blokada iqtisodiy qamal siyosatini yuritib Fransiya Angliyaga yenga olmaganidan Tilzit sulhi bilan Rossiya Frantsiÿa shartnomasini izolandi. 1808 yildan boshlab Fransiya Eronga yordam byerishni davom ettiradi. Iqtisodiy qamaldan Angliya emas balki o`sha qamalda ishtirok qilganlar zarar ko`rdi. Urush harakatlari 1813 yilning oktyabr oyigacha davom etdi. O`sha yili Guliston degan joyda shartnoma imzolandi. Bu shartnomaga binoan Eron ruslarga katta tovon to’lashni o`z bo`yinlariga oladilar.

Dog’iston va Shimoliy Ozarbayjon Rossiyaga o`tadi, bu hududlardan Eron voz kechadi.

Rus savdogarlari Eronda yerkin savdo qilish huquqlarini oladi. Rus savdogarlari Kaspiy dengizida yerkin suzishi mumkin va Kaspiy dengizida Rossiya Flot tashkil qilish huquqini qo`lga kiritadi.

Guliston shartnomasi Eronga yomon ta`sir ko`rsatdi. Napoleon urushlaridan keyin, Rossiya va Angliya o`rtasida munosabatlari yana keskinlashadi. 1914 yilda Eron va Angliyaning antirus shartnomasi imzolandi, va nihoyat 1826 yilning yozida Eron alamini olish maqsadida Rossiyaga urush e`lon qildi. Bu davrda arman va ozarbayjonlar Erondi qo`llab - quvvatlashdi, chunki ular Rossiyaga ishonmas edi. 1828 yilning 10 fevralida urush harakatlari tugab turk manchay shartnomasi imzolandi. SHartnomaga binoan "Guliston" shartnomasining shartlariga qo`shimcha Sharqiy Armaniston Rossiyaga o`tdi. Rossiya savdogarlari Eronning hamma shaharlarida eng imtiyozli boj bilan savdo qilish huquqlarini qo`lga kiritdi. Uchinchidan engilgan Eron Rossiyaga 20 mln so`m miqdorida kontributsiya to`laydi. Eron shaharlarida Rossiya vakolatxonalari ochildi. Tehronda Rossiya elchixonasi ochiladi. Griboedov bosh elchi qilib Eronga yuborildi. Greboedovga Rossiya tashqi ishlar vazirligidan buyruq keladi. Kontributsiyani tezroq uyushtirishni talab qilgan Greboedov 1829 yilda Eronda o’ldirildi.



SHoh - Muhammad davrida (1834 - 1848) yillarda Yevropa mahsuloti raqobatiga Eron dehqon, hunarmand mahsulotlari chidam byermadi, natijada hunarmandlar xonavayron bo`ldi. Yyerni yerkin sotish va sotib olish tashkil qilinishi bilan dehqonlar ham bir qancha yyerlardan ajraldi. 40-yillarning oxiriga kelib dehqonlarning shaharga qochishi kuchaydi. Ijtimoiy kelishmovchiliklarning kuchayish va keskinlashuvi ommaviy chiqishlarda o`z aksini topdi. 1847 yil Isfahonda shaharlik kambag’allar o`rtasida noroziliklar paydo bo`la boshladi.

1848 1852 yillarda Eronda bobiylar harakati nomi ostida chiqishlar bo`lib o`tdi. qo`zg’olonni bobiylar diniy sektasi boshqardi. Ular SHyerozda tug’ilgan Bobiy nomini olgan Said Ali Muhammadning davomchilari edilar. Bobiylik qo`zg’olonchilarning g’oyasi bo`lib qoldi. Bobiylik nafaqat Bobning o`zini balki uning ishi davomchilari g’oyasi hamdir. Bobning o`quvchilari (shogirdlari) uning ishining ko`p qirrali tashkilotchilari bo`ldilar. Bobiylik oqimining ko`p g’oyalari boshqa diniy ilmlardan olingan. O`z fikrlarini bob "Bayon" kitobida ifoda etgan. Muallif o`z fikrlarida diniy urf-odatiy tomonlarga unchalik ahamiyat byermagan. Bobiylik shialikdan keskin farq qilmagan. Asosiysi shuki bularda sheyxlardagi kabi odamlar va 12-chi imom Mahdi o`rtasida ma`lum bir kishi borligi g’oyasi bo`lgan. Bu kishi Ollohning fikrlarini insonlar o`rtasida tarqatgan. Bobiyning ilk qarashlari shayxchilikda vujudga kelganligi haqida o`zi "Bayon" kitobida yozgan. SHeyxchilik ta`limotining asoschisi SHayx Ahmad Axsai bo`lgan. U o`z ta`limotini XIX asr boshlarida Karbaloda va Najafda yoygan. "Bayon" - da Bobiy yozganki unchaga 2 ta bob bo`lgan, biri shayx Ahmad Axsai, ikkinchisi uning davomchisi Said Qosim Rishtiy. Bobiy Said Qosim Rishtiyning shogirdi bo`lgan va uni har doim "hurmatli ustozim" deb tilga olgan. Birinchi davrda Bobiy sheyxlar urf-odatini davom ettirib odamlar orasida faqatgina yaxshilikni, mehr-oqibatni targ’ib qilishni o`zining asosiy vazifasi deb bilgan. Bu davrda Bobiy faylasuf sifatida o`z ishlarini targ’ib qildi, uning fikricha dunyoni o`zgartirib emas, balki insonni dunyoga bo`lgan munosabatini o`zgartirish kerak edi. Bobiy insonlar orasida muqaddaslik ramzi sifatida paydo bo`ldi. 12-chi imom Mahdiy yaqinda yyerga tushar emish, u adolat o`rnatadi, u bilan odamlar orasida vositachi bo`lgan bu kishi Ali Muhammad bo`lib o`zini bob deb atagan, o`ziga yergashgan kishilarni esa Bobiylar deb atagan. U 17 yoshida kishilarning muqaddas qadam joyi bo`lgan Aljavr va Karbalo shaharlariga ziyoratga boragan. Zamonasining zo`r shayxlaridan ma`ruzalar tinglagan. Bob qur`onni tozalashga chaqiradi. 1844 yilda Ali Muhammad o`zini bobiy deb e`lon qildi, 1847 yilda esa Mahdi degan nomni oldi. O`sha yilda "Bayon" ham yozildi. Lekin bu asar 1850 y keng tarqaldi, ya`ni bobiylar qo`zg’oloni arafasida Bobiyning bu asari nafaqat savodsiz odamlarga balki fors diniy atamalari Bilan notanish bo`lgan odamlarga ham tushunarsiz edi. "Bu asarni o`qish uchun - deb yozgan Svetkov - kam bo`lsada falsafiy fikrlar olish kerak". U o`z maqsadini asta-sekinlik bilan izohlagan, ayrimlar uchun esa umuman tushunarsiz qolgan. Bobning qarashlari odamlarga faqatgina shogirdlari tomonidan izohlab byerilgandan keyingina tushunarli bo`ldi. Ali Muhammad o`z g’oyalarida haqiqiy olamni targ’ib qilib, undan begonalar va bobiy bo`lmaganlarni haydash kerak degan. Bobiylar olamini Eronning 5 viloyatida Ozarbayjon, Mozandaron, Forsiy Eron, Fors va Xurosonda tashkil qilsh ko`zlangan edi. Bob bu olamni tashqi ta`sirlardan ajratishi kerak edi. Bobiylarning ziyoratdan tashqari o`z davlat chegaralaridan chiqishi man etilgan. Mamlakat aholisining asosiy mashg’uloti savdo-sotiq bo`lishi kerak edi. Boshqa mashg’ulotlar ham mumkin bo`lgan. Lekin mantiqni, falsafani, grammatikani, huqushunoslikni o`rganish man qilingan. qo`zg’olon ko`pgina shaharlarda o`z tasirini ko`rsatgan edi.

Bobiy g’oyalari asosida inson huquqlarini imoya qilish turadi. Uning g’oyalarni Eron savdogarlari va hunarmandlarining manfaatlarini aks ettirgan. Savdogarlar va hunarmandlar bu mamlakatda asosiy rol` o`ynashi kerak edi. Bobiy o`z mamlakatida mulkiy tengsizlikni man etmagan. U faqatgina bobiylarni qonun oldida teng deb aytgan. Lekin qarashlarida qonun antifeodal yo`nalishi nafaqat savdogarlar, balki boshqa ijtimoiy qatlamlarning manfaatini ham aks ettirgan. Ali Muhammad goyaari shu bilan birga dinning antifeodal oqimlarga xos bo`lgan umumiy gumanistik oqimga ham ega bo`lgan. Tiklanayotgan davlatning asosiy printsipi "Odamga yomonlik va g’arazlik" qilmaslik, faqat yaxshilik qilish. Bobiylar printsiplari o`ziga Eron aholisining keng qatlamlarini jalb qildi, va ommaviy xalq chiqishlarining g’oyaviy mazmuni bo`lib qoldi. Shunisi ma`lumki Bobiy hech qayerda qurolli urush haqida gapirmagan. qurolli to`qnashuvlar haqidagi gaplar uning shogirdlari tomonidan targ’ib qilindi, Xususan Muhammad Ali Barfurushiy tomonidan. Eronning uyushtiruvchi va boshliqlari balki ideologlari ham chiqqan. Bundan tashqari bu qatlam Eron xalq ommasiga yaqinroq edi, va ular bobiyning fikrlarini xalq tushunadigan tilda targ’ib qildilar.

Bobiy va bobiylik o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy farq bor. Bobiy va bobiylik o`rtasida avvalambor savdo-sotiq burjuaziyasi manfaatini himoya qilgan. Bobiylik esa Eron hunarmandlari, dehqonlari ekspluatatsiya xalq ommasini manfaatlarini himoya qilgan. Bobiy va bobiylik feodal eksaluatatsiyasi va chet el bosqinchilariga qarshi kurashda birlashdi. XIX asrning 40 yillarida iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan Eron viloyatlari - Ozarbayjon, Mozandaron, Xuroson, Forsda hunarmandlar va kambag’allarning ommaviy chiqishlari bo`lib o`tadi. Bu chiqishlar yaxshi uyushtirilmaganligi sababli tezda shoh hukumati tomonidan bostirilgan. 1848 yil sentyabrda Muhammad shoh vafot etdi. Bu davrda taxt vorisi shahzoda Nasriddin poytaxt chegarasidan tashqarida bo`lgan. U Ozarbayjon hukmdori edi. Bu orada bobiylar o`z g’oyalarini targ’ib qilishga urindilar. 1848 yil oktyabrda Barfurushda ular 700 ga yaqin odam yig’ib qo’zg’olonga tayyorgarlik ishlarini olib borganlar. Shu davrda ham Xurosonda ham Karbaloda, Isfaxonda, Sherozda mahalliy hukmdorlarga qarshi qo`zg’olonlar bo`ldi.bobiylar 1848-1852 yillarda Shayx Tabriz, Zanjon, Yazd, Nayriz markazlari bo`lgan qo`zg’olonlar uyushtirganlar. Lekin qo`zg’olonlar bostirildi, bobiylik oqimi xalq orasida obro`ga ega bo`lmadi.Umuman olganda Eronning umumiy ahvoli XIX asr boshlarida inqirozli holatda edi.



Download 278.81 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Download 278.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston va Turkmanchoy shartnomalari -

Download 278.81 Kb.