• Yangi usmoniylar
  • Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi




    Download 97,92 Kb.
    bet10/19
    Sana08.04.2021
    Hajmi97,92 Kb.
    #14194
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
    Tayanch atamalar:

    Yanicharlar - turk sultonining piyoda qo’shinlari.

    Len - harbiylarga xizmati uchun in`om qilingan yer.

    Tishlarni charxlash solig’i - Usmoniylar imperiyasida soliq yig’uvchilarni boqish uchun oziq-ovqat olish.

    Misr ekspeditsiyasi - 1798 yilda Napoleonning Misrga harbiy yurishi.

    Yangi usmoniylar - imperiyani isloh asosida rivojlantirish tarafdorlari.

    Tiraniya - zulmga asoslangan boshqaruv.

    Tanzimat - turkcha "tanzim" - isloxot demakdir.

    1 - Tanzimat - 1856-1870 yillardagi o’tkazilgan islohot.

    Taqvim a vaqoe” - 1832 yil Istanbulda chiqqan gazeta.



    Oliy huquq kengashi - Tanzimatni amalga oshirish uchun nazorat kengashi.
    Usmoniylar imperiyasi dunyo siyosiy haritasidagi uch qit`a hududidan hozirgi o’nlab davlatlarni o’z ichiga oladi. Imperiyaning markazi Kichik Osiyo yoki Onado’li yarim oroli hozirgi Kavkazorti hududi, Yaqin va O’rta Sharqdan Suriya va Falastin, Shimoliy Afrikadan Misr, Tunis, Jazoir, Marokashdan tashqari hududlar, hozirgi Arabiston yarim oroli, Yevropadan Bolqon yarim orolini o’z ichiga olgan.

    Yangi zamon boshlarida imperiyaning iqtisodiy ahvoli asosan agrar mamlakat ekanligi bilan tavsiflanadi. Yangi zamon boshlarida o’rta asr xususiyatlarini saqlab qolgan Osiyodagi bu imperiyada yer egaligining quyidagi shakllari bor edi:

    1. Bosib olingan yerlar. Usmoniy sulotonlar hududlardagi eng yaxshi yerlarni davlat fondiga kiritgan.

    2. Sulton yerlari.

    3. Harbiy gornizonlarga tegishli yerlar.

    4. Xususiy yerlar. Sulton va uning atrofida xizmat qiluvchi badavlat kishilarga tegishli bo’lgan yerlar.

    Umumiy yerlardan olinadigan mahsulotning 3 foizi sultonga tegishli bo’lgan.

    XVII asrning o’rtalarida imperiyaning iqtisodiy tanazzulga yuz tutib, yer egaligi sohasida bir qancha o’zgarishlar sodir bo’ldi.

    Len yer egaligi Yevropadagi benifatsiy yer egaligini eslatardi. Timar yer egaligi in`om qilingan yerlar bo’lib, avloddan-avlodga meros qola boshlagan.

    Sultonning asosiy qo’shini piyoda qo’shinlar - "yanicharlar" bo’lib, ular 6-12 yoshli xristian bolalaridan musulmonchilikka o’tkazib tuzilgan. Ularning o’z yer uchastkalari yo’q edi. Yanicharlar sultonni ruxsatisiz uylanmasdi. Yanicharlar savdo yo’liga o’tib, iqtisodi kuchli bo’lgandan so’ng qo’shin to’plab saroyga hujum qiladilar. Ular sultonlarni ham almashtirib turardilar.

    Sulton davlatda "Xudoning yerdagi soyasi" bo’lib, u hamma mansabdorlarni tayinlar edi. Juda katta apparatga asos solinib, u ko’p xarajatlarni talab etardi. Sulton va uning oilasiga 12 ming kishi xizmat qilar edi.

    Sultonning soliq yig’uvchilari mamlakat bo’ylab o’lpon yig’ganlar. Soliqchilarni 2-3 oy davomida qishloq jamoalari o’z hisobidan boqardi. Bu esa "tishlarni charxlash solig’i" deyilgan. Selim III (1789-1796) taxtga chiqqandan so’ng harbiy va madaniy sohalarda islohotlar o’tkazgan edi. U turk harbiy floti uchun 23 ta linkor, zamonaviy harbiy kemalar tashkil qiladi. Rus shaklida to’p qo’ydiradigan zavodlar ochadi. Dunyoviy maktablarni ko’paytirdi, ko’plab kishilarni meditsina, harbiy sohalar bo’yicha o’qishga yubordi. Biroq Selim III ning aristokratlar o’z boshimchaligiga qarshi ko’rilgan chora-tadbirlari katta qarshiliklarga uchradi. Natijada islohot tarafdorlari bilan unga qarshi bo’lgan kuchlar orasida nifoq boshlandi. Natijada 1796 yil Selim III o’ldirilib, uning o’rniga islohotni to’xtatgan Mustafo IV hokimiyat tepasiga keldi. Lekin islohotga xayrixoxlar joylarda o’z noroziliklarini namoyish qildilar.

    Mustafo Bayroqdor o’zining "rushuk do’stlari" nomli tashkilotini tuzadi. U Bolgariyadan Istambulga qarab yuradi unga ko’p kishilar qo’shiladi. Mustafo IV Bayroqdor bosh vazir lavozimiga ko’tariladi. Bu davrda Turkiyaning tashqi ahvoli ham og’irlashdi. Ayniqsa Kavkaz va Krim masalasida Rossiya va Turkiya ziddiyatlari kuchayib ketdi. 1774 yil "Kuchuk kaynarja" shartnomasi bilan Turkiya Krimga davodan voz kechdi. 1783 yilda ojizlangan Qirimni Rossiya bosib oldi.

    1806-1812 yillarda Rossiya-Turkiya urushlari bo’lib Turkiya Shimoliy Kavkazdagi bir qator hududlaridan, Bessarabiyadan ajraldi. Imperiyaning boy kaloniyasi Misr edi. Misr masalasida Fransiya va Angliya manfaatlari to’qnashdi. Birinchidan, Misr imperiyaning eng boy koloniyasi edi. Ikkinchidan, Misr savdo yo’llari kesishgan nuqtada joylashgan edi. Uchinchidan esa kelgusida Hindistonni bo’ysundirishda Misr baza rolini o’ynar edi.

    Shuning uchun 1798 yil iyul oyida Napoleon Bonapart Misrga desant tushirgan. Misrda hokimiyat mamlyuklar qo’lida bo’lgan. Bir paytlar qul qilib olingan nasroniylarni Sulton Misrga yuborgandi. Napoleon mamlyuklar bilan to’qnashdi. Napoleon Fransiyaning Misrga ta`sir o’tkazishini ko’zlab, u biz bu yerga bosqinchilik uchun emas, biz musulmonlarni hurmat qilamiz, mamlyuklar zulmidan aziyat chekkan xalqqa yordam byerish uchun keldik deydi.

    Napoleon Ali Banobardi poshsho nomi bilan "Qur’on"ni o’rgana boshlagan. Juma kunlari namoz o’qigan.

    Napoleon bilan bir davrda inglizlar ham bu yerga o’zini ekspeditsiyasini uyushtirdi. Napoleon armiyasi inglizlar bilan to’qnashdi. Shundan keyin Suriyaga ekspeditsiya uyushtirdi. Lekin bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsiz chiqdi. Sulton imperiyadagi xristian yoki nasroniylikka e`tiqod qiladigan aholini "to’da" deb atagan. Ular o’zi bilan har qanday qurol olib yurishi mumkin bo’lmagan. Mamlakatda o’rta asr an`anachiligi asosida sanoatga to’sqinlik qiluvchi "tsex reglamentatsiyasi" tartibi mavjud edi. Ko’pi bilan un ikki kishi ishlovchi hunarmandchilik ustaxonalari bo’lgan. 1730 yil sulton va uning Tiraniyadan iborat siyosatiga qarshi norozilik harakati bo’lgan. Bu harakatga Patron Xalil boshchilik qilgan. Madaniyatda ham krizis chukur bo’lib, mantiqsiz anglab bo’lmaydigan san`at asarlari yaratilgan.

    1770 yillarda Usmoniylar imperiyasining chet ellarga qaramligi ortib borardi. Krim urushidan so’ng imperiya chet davlatlardan qarzdor bo’lib qoldi. Chet el kolonistlari usmoniylar imperiyasidagi feodal ahvoldan foydalanib qolardilar.

    Fransiya-Prussiya urushidan keyin Turkiyaning xalqaro ahvoli yanada og’irlashdi. Angliya va Fransiyaning usmoniylar imperiyasini egallash xoxishi ortib borardi. Turkiya va Bolqon uchun kurashda Gyermaniya ham qo’shildi.

    1770 yilda Rossiya - Fransiyaning Qora dengizdagi hama haq huquqlarini bekor qiladi va Qora dengizda o’zining jangovor flotini tashkil etadi. Bo’larning hammasi Turkiya uchun tezda katta xavf tug’dirardi.

    Usmoniylar imperiyasining iqtisodi asosini qishloq xo’jaligi tashkil qilardi. Lekin qishloq xo’jaligi kundan-kunga tanazzulga yuz to’tayotgan edi. Onato’lida sayoxat qilgan bir sayoxatchining aytishicha, Turkiyada dehqonchilikda plug ishlatilishini aytadi. O’sha davrda hosil ham juda past darajada etishtirilar. Dehqonlar orasida shunday maqol bor edi: "Hosilning bir qismini sovuq uradi bir qismi yo’qoladi, bir qismini qushlar cho’qiydi, agar Xudo xoxlasa bir qismi o’zimizga qoladi" degan. Lekin o’sha qolgan bir qism hosil ham pomeshchik va soliq yig’uvchilarga ketar edi.

    Qishloq xo’jaligining inqirozi mamlaktda ocharchilik yillarini boshlanishiga olib keldi. 1773-1775 yillarda Kichik Osiyoning Shimoliy va Markaziy rayonlarida qattiq ocharchilik bo’lib o’tadi. Bu ocharchilikdaí ba`zi qishloqlarda juda ko’plab odamlar xalok bo’ladi.

    Shaharlarda ham ahvol ancha og’ir edi. Mamlakatdagi feodal tartiblar kapitalizm uchun katta to’siq edi.

    Sulton hukumati mamlakatdagi krizisdan chiqish yo’lini izlardi. Sulton hukumati chet el bankirlaridan qarz ola boshladi. Birgina 1770-1774 yillar orasida chet eldan 3 mlrd frank miqdorida qarz olish to’g’risida kelishuv imzolandi. Turkiyaning o’sha davrda chet el mamlakatlaridan olgan qarzi 5,3 mlrd frankni tashkil qilardi. Bu esa aholidan olinadigan soliqlarni yanada oshirdi.

    Turkiya o’zining o’rta asrlardagi saloxiyatini saqlab qolish uchun XIX asrning ikkinchi bosqichida Tanzimlar o’tkazdi. Sulton Maxmud II Rus-Turk urushidan so’ng (1828-1829 yillardan so’ng) mamlakatda hokimiyatni mustahkamlash uchun bir qancha islohotlar o’tkazdi. U o’zining siyosatida pomeshchiklar va bir qancha Onado’li feodallarini o’ziga qattiq bo’ysunishiga majbur qildi. Sipoxiylarga kompensatsiya tarzida har yili nafaqa berilardi.

    Viloyat hokimlari markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar va bo’ysunar edi. Istambulda harbiy meditsina bilimgohi ochildi. 1832 yildan Turk tilida "Takvim va voqoi" degan gazeta chop etila boshlandi.

    Maxmud II ning vafotidan so’ng yangi reformalar o’tkazildi. Bu davrga kelib Sulton a`yonlari orasidan ilmli ziyolilar ajralib chiqdi. Xalq noroziliklari ham o’sib bordi. Yirik siyosiy arbob va diplomat Rashid poshsho davrida ham bir qator islohotlar bo’ldi.

    Yangi Sulton Abdulmajid va tashqi ishlar vaziri Rashid poshsho islohotlar dasturini ishlab chiqdi. 1839 yil 3 noyabrda Sulton islohotlari e`lon qilindi. Yangi tanzimat e`lon qilindi. Tanzimatning asosiy maqsad imperiya ahvolini yaxshilash, iqtisodiy siyosiy harbiy jihatdan islohotlar qilinib davlatning mavqeini tiklash edi.

    Tanzimat qonunlarini joriy etish va ular ustidan nazorat o’rnatish uchun "Oliy huquq kengashi" tashkil qilindi. Savdo sohasida, pul sohasida islohotlar o’tkazildi. O’rta maktablar to’g’risida islohotlar amalga oshirildi. Harbiy maktablar ochish to’g’risida farmonlar qabul qilindi.

    1839 yildan 1856 yilgacha davom etgan 1-tanzimat mamlakat hayotini o’nglay olmadi. Turkiya nafaqat ichki, balki tashqi siyosatda ham inqirozga yuz tutdi.

    Garchi 1853-56 yillardagi Rossiya-Turkiya urushida Turkiya g’alabaga yerishgan bo’lsada, bu imperiyaga obro’ keltirmadi. Aksincha Angliya va Fransiyaning ta`siri kuchaydi. Rus yozuvchisi Chyernishevskiyning aytishicha "Turkiya o’sha paytda ustiga odam mingan qirchangi otga" o’xshardi.

    Tanzimatning ikkinchi davri 1856-1870 yillarni o’z ichiga oladi. 1856 yil fevral oyida Parij Kongressining ochilish marosimida yangi islohotlar manifesti e`lon qilindi.

    Manifest 1839 yilidagi ediktdan farq qilib, ingliz – fransuz ta`siri ruhida yozilgan edi. Kongressda Usmoniylar imperiyasi xalqi va muxojirlari hayoti haqida gap boradi. 1856 yilgi manifest, 1839 yilgi musulmon va musulmon bo’lmaganlar tengligini tasdiqladi. G’arbiy Yevropa burjuaziyasi kapitalining Turkiyaga kiritilishi qonunan mustahkamlandi. Chet elliklar Turkiya hududida doimiy va ko’chmas mulkka ega bo’lish huduqini oldilar. Shunisi xaraktyerliki Rashid poshsho 1856 yilgi tanzimat manifestini Turkiya uchun barbod qiluvchi deb bilardi. Manifestda shunday bandlar bor ediki, doimiy sistemasini bekor qilish, soliq tizimini o’zgartirish, yo’llar qurilishiga ta`sir o’tkazish va boshqa masalalarga e`tibor kuchaytirildi.

    1858 yilda yer haqida qonun chiqdi. Bu qonun "yer masalasini to’g’ri yo’lga qo’yish" uchun qabul qilindi. Beriladigan yerning bir qismi davlat yoki vaqf yerlari edi. Bu yerlar ijaraga berilar edi. Bu ijaraga olingan yerlarni sotish, hadya qilish man etilgan edi. Yer haqidagi qonun ham dehqonlarning yerdan maxrum bo’lishini to’xtatib qololmadi.

    60-yillarda sex reglamentatsiyasi man etildi. 40-yillarda boshlangan boshlang’ich o’rta va oliy maktablar ochish yana davom etdi. Maktablarni nazorat qilish uchun maorif vazirligi to’zilgan edi.

    60-yillarning o’rtalariga kelib boshlang’ich maktablarda 660 ming o’quvchi o’qirdi.

    Harbiy sohada ham islohotlar qilindi.

    Turkiya tarixidagi ikki tanzimat ham o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erisha olmay yuzaki xaraktyerga ega bo’lib, ko’plab Tanzimat oldiga qo’ygan vazifalar faqat qog’ozdagina qolib ketdi. Yevropa hukumati ham bu islohotlarga tinch qarab turmadi. Mamlakatda islohotlarning amalga oshmasligining sababi islohotga qarshi bo’lgan feodal guruhlarning goh yashirin, goh ochiq qarshiliklari hamdir. Tanzimat Turkiya mustaqilligini mustahkamlashga yordam berolmadi, Turkiyaning Yevropa mustamlakachiligiga qarshi harakatga chorlay olmadi. XIX asrning o’rtalarida Usmoniylar imperiyasida chet el kapitaliga yo’l ochilib, mamlakat iqtisodiy qaramlikdan qutula olmadi.

    Ko’plab pomeshchiklar, yirik yer egalari Turkiya feodallarining tanzimatga qarshi chiqishi islohotlari amalga oshmay qolishiga olib keldi. Xullas 1 va 2- tanzimat (1839-1856, 1856-1870), Turkiyaning qudratini tiklay olmadi. Aksincha Usmoniylar imperiyasi tobora Yevropaga qaram bo’lib qoldi.

    XIX asrning 70-yillarida Usmoniylar imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Butun imperiyada xalqning noroziligi avj ola boshladi.

    Bu davrda muxojirlikda bo’lgan yangi usmoniylar o’zlarining goyalari bilan chiqdilar. Matbuotda va o’zlarining varaqalarida ular mamlakatda konstitutsiya qabul qilinishini talab qildilar va Turkiyada yangi reformalarni ilgari suradilar.

    Ularning goyalari Turkiyada xayrixox bo’lgan bir qancha chinovnik va ofitserlar bor edi. Ular orasida "buyuk vazir" maktabida bo’lgan Midxat poshsho aloxida urin egallardi.

    Midxat poshsho va "yangi usmoniylar" turk liberal pomeshchiklari va yangi burjuaziyasining diqqatini o’zlariga jalb qildilar. Ular sulton absolyutizmiga qarshi kurashdilar. Lekin ular sulton zulmidan xalqning o’zi xolos bo’la olishini anglab yetmagan edilar. Midxat va uning tarafdorlari Angliyaga murojaat qildilar.

    Sulton imperiyasidagi krizis badiiy adabiyot, san`at va madaniyatda ham o’z izlarini qoldirdi. Mantiqsiz anglab bo’lmaydigan san`at asarlari yaratildi.

    1871 yil "buyuk vazir" lavozimiga Maxmud Nadim poshsho o’tirdi. U yangi usmoniylarga mamlakatga qaytish uchun amnistiya e`lon qildi. Maxmud Nadim yangi usmoniylar Turkiyada politsiya nazorati ostida xavfsizroq bo’ladi deb o’ylardi. Lekin tez orada "yangi usmoniylar" o’zlarining gazeta va varaqalarida Sulton Abdul-Aziz (1861-1876) va Nadim poshshoning siyosatlarini qoralab chiqdilar.

    1873 yilda Stambulda "Qaxramonlik yoki o’lim" nomli drama namoyish qilinadi. Bu dramada hukumatga qarshi voqealar bayon etiladi. Sultonning topshirig’i bilan Namiq Kamol va uning tarafdorlari (yangi usmoniylar) turmaga tashlanadi.

    1871-1873 yilda o’nlab vazirlar almashtirildi. Keyin yana hokimiyatga Maxmud Nadim poshsho keladi.

    1876 yil may oyida "yangi usmoniylar" faoliyati kuchayib, xalqning ko’pchiligi ular tomonga o’ta boshladi. Ularning maqsadi Abdul-Azizni hokimiyatdan chetlashtirib, o’rniga boshqa sulton qo’yish edi.

    1876 yil 22 mayda shahar kambag’allari musulmon maktabi a`zolari, savdogarlar, jami 40 ming kishi Sulton saroyi atrofini o’rab oldilar. Ular Nadim poshshoni vazir lavozimidan bo’shatishni talab qiladilar. Qo’rqib qolgan Sulton Nadim poshsho o’rniga Maxmed Rashid poshshoni tayinlaydi. Midxat poshsho ham hokimiyatga keldi.

    Lekin baribir xalqning noroziligi tugamadi. 1876 yil 30 mayda kechasi Abdul-Aziz hokimiyatdan chetlashtirildi. Ikki kundan keyin esa uning o’zini o’ldirganligi to’g’risida xabar tarqaldi. "Yangi usmoniylar" va Midxat poshsho yangi Sulton Murod V ning hokimiyatga kelishi bilan o’zlarining konstitutsiyalarin joriy qila olishlariga ishonardilar. Lekin Murod V ning kuchli ruxiy kasal ekanligi, hatto eng oson davlat ishlarini ham bajara olmasligi aniq bo’ldi. Feodallar Midxat poshsho va uning tarafdorlarini Murod V ning kasalligidan foydalanayapti deb chiqishdi. Midxatning muxalliflari Murod V ning o’rniga shaxzoda Abdul Hamidni Sulton qilishini yoqlab chiqdilar. Midxat poshsho yordamida Abdul Hamid taxt tepasiga keldi. Tezda Midxat vazir bo’lib, konstitutsiya dasturini ishlab chiqishga kirishdi.

    Usmoniylar imperiyasi tobora zaiflasha borardi. Turkiyaga Syerbiya va Chyernogoriya urush boshladi. Rossiya bilan ham alokalar tobora zaiflasha borardi.

    Abdulhamid II Konstitutsiya loyixasini qabul qilishga rozi bo’ldi. U xalq bilan hisoblashishga majbur edi. Konstitutsiya xalqaro konfyerentsiyada qabul qilinadigan bo’ldi.

    1876 yil 23 dekabrda xalqaro konfyerentsiya boshlanish arfasida mo’shaklar ochildi. Turk delegati turib shunday dedi: "Janoblar Turk sultoni Sizlarga konstitutsiya byerdi. Bu Konstitutsiyada xalq haq-huquqlari va ozodligi belgilangan". 1877 yil konfyerentsiya o’z ishini tugalladi.

    Midxatning Konstitutsiyasi Turkiyada Konstitutsion monarxiyani joriy qildi. Ikki palatali parlament joriy etildi. Senat a`zolari sulton tomonidan bir umrga tayinlanar edi. Davlat tili turk tili deb e`lon qilindi. Davlat dini esa Islom dini deb e`lon qilindi. Konstitutsiyada sultonning haq-huquqlari saqlanib qolingan edi. Sulton xoxlasa urush e`lon qilar, xoxlagan qonunlarini joriy etar, og’ir jinoyatlarga jazo e`lon qilar edi.

    XIX asr o’rtalaridan boshlab, Turkiyaning chet davlatlardan qaramligi yanada orta boshladi. Angliya, Fransiya, Gyermaniya singari davlatlarga Turkiya iqtisodiy jihatdan qaramligi orta bordi. Turkiya Fransiya kapitalini o’z hududiga kiritib, temir yo’llar kurishga kapitallarini sarfladi. Yevropa mamlakati kirib borgan sari Turkiyanng yarim mustamlakaga aylana boshlashi kuchaydi.


    Download 97,92 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




    Download 97,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi

    Download 97,92 Kb.