Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Boburiylar sulolasi davrida Hindiston iqtisodiy ahvoli kanday bo’lgan?
2.Hindistonda Angliya va Fransiya raqobati sabablarini bayon qiling?
3.Nega Hindiston inglizlar asoratiga tushib qoldi?
4.Angliyaning Hindistondagi agrar siyosati mohiyatini tushuntiring?
XX asrning boshlarida Turkiya va Erondagi inqiloblar.
Reja:
1. XIX asrning oxirgi choragida Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy ahvol.
2. “Yosh Turklar” tashkilotining tuzilishi va faoliyati.
3. Yosh Turklar inqilobi, ular davrida ichki va tashqi siyosat.
4. XX asrning boshlarida Eronning iqtisodiy - siyosiy ahvoli va inqilob sabablari.
5.1905-1911 yil Erondagi inqilobiy harakatlar va oqibatlari.
Turkiya o’zining o’rta asrlardagi qudratini saqlab qolish uchun 19 asrda 2 bosqichda tanzinlar o’tkazdi.
1.Turkiya tarixida 1839-1856 yillarni o’z ichiga oladi. Tanzimat boshiga turgan Rashit podsho mamlakat hayotini o’nglay olmadi. Turkiya nafakat ichki qolavyersa, tashqi siyosatda inqirozga yuz tutdi. Garchi u 1853-1856 yillardagi Rossiya Turkiya urushlarida g’alabaga yerishgan bo’lsa ham u turkiyaga obro’y olib kelmadi. Aksincha Angliya va Fransiya ta`siri kuchaydi. Ruslarning demokratik yozuvchisi Chyernoshevskiy yozganidek Turkiya ustiga odam mingan qirchang’i otga o’xshaydi.
2.Tanzimat: 1856-1870 yillarni o’z ichiga oladi. Aslida bu tanzimat xorij davlatlari ta`sirida uyushtirilgan edi. 1876 yilda Turkiya taxtiga Abdulhamid II chiqadi. Uning davrida Turkiya tarixida despotik-zulum ustunlariga asoslangan boshharuv edi. Uning davrida bosh vazir Mitxat podsho Konstitutsiya joriy qilmoqchi bo’ladi. Konstitutsiya e`lon qilindi. Turkiya tarixiga Mitxat podsho isloxotchi sifatida kirgan. Biroq Abdulhamid mamlakatdagi konstitutsion manarxiya tuzumini bekor qiladi. Abdulhamid hukmronligi yillarida juda ko’p turklar mamlakatdan muxojirlikda ketishga majbur bo’ladi.
19 asrning oxirgi choragida Turk muxojirligining markazi Fransiya bo’lgan xorijga ketgan turklar Matbaachilar ishini rivojlantirdi, Rasmiy ma`lumotlarga ko’ra Turklarning xorijda 116 nomda gazetasi chiqgan. Ularning 95 tasi Turk tilida, 3 tasi Arab tilida, bir qismi fors tilida nashr qilintan edi.
Ayniqsa 1859 yilda Turk matbaatchisi Axmad Rizabiyning "Mashverat" muxokama munozara, Shavkat Alimbsining "Istiklel" mustaqillik gazetasining obro’si baland edi. Axmad Rizabsining "Istiqlol" gazetasi katta mavqesiga ega bo’lgan. U Sultonga oppozitsiyada turdi..
Axmad Rizabey bilan poytaxt Istambul shaxridagi 5 chi miditsina bilim yurti talabalari o’zaro ittifoq tuzdilar. Ularning ittifoqida yangi siyosiy uyushma "Ittixot va taraqqiy" vujudga keladi. Birlik va taraqqiyot 1894 yilda shu uyushma zaminida yosh turklar tashkiloti tuzildi. 1895 yilda Usmon ishchi jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat bir yil yashadi. Abdulhamid II yosh turklarga nisbatan qattiq choralar ko’rdi.
1897 yilda u yosh turklardan 13 kishini o’ldirdi, 68 kishini turmaga tashladi.. Biroq mamlakatda yosh turklarning ta`siri kuchayadi. 1902 yilda Parijda yosh Turklarning birinchi sezdi bo’ldi. Bu sezda tashkilot faolidan Abdulla Javdod "Turk vatandoshlarimga" murojaatini o’qib eshittirgan. U bu murojaatda Abdulhamid rejimini ag’darish uchuy birlikka da’vat etgan. Yosh turklar tarkibida Alban, Arman va Arab vakillari bor edi. Yosh turklar tashkiloti 19 asrning oxiriga qadar yagona bo’lsada, 1903 yildan boshlab 2 ga bo’linadi..
1.Saboxiddin tarafdorlari: ular Turkiya butun hayotini Yevropalashtirishni taklif qildilar;
2.Axmad Rizabey tarafdorlari: ular Turkizm Islomchilik bosqichida turish, texnik jihatidan Yevropalashsak bo’ladi deb hisoblaydilar guruh o’rtasida qattiq kurash boradi.
1907 yilda yosh turklar harakatida yangi davr boshlandi. Turk sultonining harbiylari xalqqa o’q otishdan bo’yin tovladi". Natijada eng strategik ahamiyatga ega bo’lgan shaharlar Qaysara, Sivan, Yerzurush, Kuniya kabilardan sulton qo’ygan hukmdorlar haydaldi. O’sha yili yosh Turklar harakatining markazi Parijdan Salonikaga ko’chadi. Harbiylar ham yosh Turklarga xayrixox edi. 1907 yilda kapital Mustafo Kamol yosh Turklarni himoya qilgan, "Vatan siyosiy tashkilotini tuzdi" bu davr Turkiya uchun ancha murakkab kechdi. Yosh turklar hokimiyatga intilayotgan edi. Parijdagi kelishuvga muvofiq Abdulhamidga qarshi qo’zg’olon, u taxtga kelganligining 33 yillik bayramida 1909 yil avgustda boshlanishi kerak edi. Ammo yosh Turklar qo’zg’olonni vaqtli boshladilar. Bunga Angliya va Rossiyaning Raveltanlik shartnomasi sabab bo’ladi. Makidoniya Turkiyaga qaradi. Avstro-Vengriya uni bosib olmoqchi bo’ldi" Lekin Turkiya qarshi eski hukumat bu masaladan qat`iy chora ko’rmadi. Natijada Resna shaharlik Kapitan Niyozboy Revel shartnomasiga qarshi kurash boshladi, bosh shtat mayyori Anvarbiy padpolkovnik Saloxiddinbiy mayyor Xasantosup kabilar Makedoniyani himoya qildilar. 1908 yil 23 iyunda yosh Turklar manastrida ultumatumni sultonga yubordilar.
1.1876 yilgi konstitutsiyani tiklash.
2. Parlamentni joriy qilish.
Sulton shartnomalarni bajardi. Parlamentni chaqirishga vada berdi. 23 iyunda yosh Turklar tomonidan milliy bayram deb e`lon qilindi. Ular hokimiyatga kelganga qadar xalqqa ko’p vada beradi, biroq ular "Birlik va bo’linmaslik" shiorini o’rtaga tashladi. Buyuk davlatchilik siyosatini yuritdi. Birinchi, ikkinchi Bolqon urushlarida Turkiyaning yengilishiga yosh turklarni obro’sini tushurdi. Vaqtincha hokimiyatni 1912 yil iyul, 1913 yil yanvargacha "Ozodlik va birlik" partiyasi egalladi. 1913 yil yanvardan Anvarboshi harbiy to’ntarish qilib,"Yosh turklar triunverati"ni to’zadi. Hokimiyat 3 ta yosh turklar qo’liga o’tadi..
1-Harbiy Ministr va bosh shtab boshlig’i Anvar poshsho.
2-"Ichki ishlar Ministri "Ittixot va taraqqiy" partiyasi raisi Tolad poshsho.
3-Flod Ministri Istambul shahar harbiy General gubernator Jamol poshsho ular 1913 yilda Turkiya sanoatini rag’batlash haqida qonun chiqardi. Lekin natija bermadi. 1890-1908 yillarda 45,3 mln mila bo’lsa, 1908-1914 yillarda 4 9,5 mln milliard Turkiya Yevropadan qarz bo’ladi. 19 asr oxirida Usmoniylar Turkiya imperiyasi Osiyo Yevropa va Afrikada hali ham juda katta territoriyalarga ega edi, lekin bu territoriyalarning ko’pchiligi sultonga rasmangina bo’ysunar edi. O’tmishda g’oyat qudratli bo’lgan bu davlat Angliya, Fransiya va Gyermaniyaning yarim mustamlakasiga aylanib qoldi.
Kapitalizm sekin rivojlanib bordi. Aholining asosiy ommasi bo’lgan dehqonlar feodal majburiyatlar sistemasi bilan kishanlab tashlangan edi. Imperiyaning hukmron doiralari boy bergan narsalarining o’rnini mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish va o’zga din xalqlarini ayniqsa muntazam suratda yo’q qilib borilayotgan slavyanlar bilan armanlar talash yo’li bilan to’ldirishga harakat qilar edilar. 90 yillarda bir necha yuz ming armanni o’ldirishni tashkil etganligi uchuy Abdulhamid "Qonxo’r sulton" degan nom oldi. Bolqondagi har bir mag’lubiyatdan qo’shin Usmoniylar imperiyasining krizisi chuqurlashib bordi. 19 asr oxirida taraqqiyparvar kuchlar "Ozodlik, tenglik, qardoshlik va adolatni" talab qila boshladilar. Ularning liderlarini "Yosh Turklar" deb atadilar .
Yosh Turklar ofitserlarga tayanib 1908 yil iyulda Makedoniyada qo’zg’olon ko’tardilar. Ko’p o’tmay Istambulda hokimiyat amalda yosh Turklar komiteti qo’liga o’tib qoldi. Yosh Turklar o’z hokimiyatlarini mustahkamlash uchun impyerialistik davlatlardan qarz olishga harakat qildilar, chet elliklarga kontsessiyalar tarqatdilar. Shunday qilib, yosh turklar inqilobi Usmoniylar imperiyasi tuzumining sinfiy mohiyatini o’zgartirmadi va mehnatkashlarning ahvolini yaxshilamadi.
20 asr boshlarida Eronda inqilobiy vaziyat vujudga keldi. 1905-1907 yillarda Rossiyada yuz bergan birinchi revolyutsiya Erondagi voqealarga katta ta`sir ko’rsatdi. Bolsheviklar propaganda olib borgan Bokudagi neft konlaridan qaytib kelgan Eronlik ishchilar mamlakatdagi inqilobiy harakatga yordam berdilar.
1905 yil oxirida revolyutsiyani Tehrondagi va mamlakatning boshqa shahardagi ommaviy xalq namoyishlarini boshlab berdi. Bozorlarda, machitlarda saroylar va elchixonalar oldida ruxoniylar liberal pomyeshchiklar va savdogarlar rahbarligi ostida mehnatkashlar isloxotlar o’tkazishni, konstitutsiya qabul qilishini, shox hokimiyatini va chet ellik imtiyozlarini cheklab qo’yishini talab qildilar. Umumiy ish tashlashlar o’tkazildi. Shox qo’shinlari namoyishchilariga qarshi borishdan bosh tortdilar. 1906 yil avgustda konstitutsiya joriy etish va majlisga saylov o’tkazish haqida farmon chiqarishga majbur bo’ldi. Ruxoniylarning yuqori tabaqalari va liberal konstitutsiya joriy etilishi, majlisning chaqirilishi va uning pomeshchiklar hamda savdogarlar talabini qondiradigan qonunlar qabul qilishi bilan inqilob tugadi deb, hisoblar edilar. Lekin o’rta va mayda savdogarlar, hunarmandlar-ishchilar shuningdek dehqonlar ham qanoatlanmagan edilar. Shu sababli ruxoniylarning quyi tabaqalari ishtirokida shox ma`murlari va chet el kapitaliga qarshi chiqdilar. 1907 yilda kuchaydi. Xalq orasidan chiqqan ko’ngillilar, fidoyilar otryadlari tuzildi. Xalqning harakatidan xavsirab qolgan liberallar bu harakatning rivojlanishiga xalaqit berar va shox bilan kelishishga intilar edilar. Demokratik kuchlarga birlik yetishmas edi. Ularga rahbarlik qilishga kodir bo’lgan revolyutsion partiya yo’q edi. Kontrrevolyo’tsisi kuchlar bunday foydalandilar. 1907 yilda Anglya bilan Rossiya Eronnni ta`sir doiralariga bulish haqida kelib oldilar. Janub va markaz Angliyaga Shimoliy Rossiyaga va qurolli intyerventsiya tayorlay boshladilar. 1908 yil iyulida ularning madadida kontrrevolyutsion to’ntarish qildi. Tehronda harbiy holat joriy etdi, konstitutsiyaning amal qilishini to’xtatib qo’ydi. Shoxga xizmat qilgan qozoqlar brigadasi fidoyilarni tor-mor qildi, majlisni tarqatib yubordi. Uning ko’pgina deputatlari qamoqqa olindi va qatl etildi. Lekin mamlakatning Shimolida Tabriz shaxrida revolyutsion demokratlar rahbarligida qurolli qo’zg’olon boshlandi. Qo’zg’olonchilar Rossiya revolyutsionyerlaridan madad oldilar va shox qo’shinlariga qarshi dadil jang qildilar. Bu hol mamlakatda yangi revolyutsion yuksalishni keltirib chiqardi. 1909 yil iyulda fidoyilar Tehronni egalladilar. Shoxni qulatdilar va konstitutsiyani tikladilar. Biroq hokimiyat liberallar qo’liga o’tib qoldi. Ularning imperialistik davlatlardan olish soliqlarini ko’paytirish, fidoyilarni qurolsizlantirish va revolyutsionyerlarni ta`qib qilish yo’li bilan o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga intildilar. Ag’darib tashlangan shox konstitutsion hukumatga qarshi qurolli kurash tashkil etdi. Rossiya mamlakatning Shimoliy qismiga Anglya esa janubiy qismiga o’z qo’shinlarini kiritdi.
Inventarizachilar rag’batlantirib turgan shox tarafdorlari Tehronda 1911 yil dekabrda yangi kontrrevolyutsion to’ntarishni amalga oshirdilar. Interventsiyachilar yordamida shox hokimiyati tiklandi. Shunday qilib Erondagi Antifiodal va antiimpyeralistik xalq revolyutsiyasini bo’g’ib tashlashga muvofaq bo’lindi.
|