Tayanch atamalar:
Sipohiylar - Hindistondagi ingliz qo`shinlarida yollanib xizmat qiluvchi hind harbiylari.
Sipohiylar qo`zg’oloni - 1857 - 1859 yillarda Hindistonda ingliz mustamlakachilariga qarshi hind harbiylari va xalqning birgalikdagi qo`zg’oloni.
Taypinlar urushi - 1850 -1864 yillarda CHin sulolasi va mustamlakachilarga qarshi Xitoy kambag’al tabaqalari olib borgan urush
Taypin - tyango - xudoning rohat - farog’at jamiyati" - Taypinlar tuzgan davlat.
XIX asrning boshlariga qadar inglizlar Shimoliy - Sharqiy va Shimoliy – g’arbiy Hindistonni to`la bo`ysundirdilar. Hindiston iqtisodiyotining Britaniya kapitalizmiga muhtojligi osha bordi. Bu davrda Angliyadan Hindistonga olib kiritiladigan va Hindistondan olib chiqiladigan sanoat mahsulotlari bir-biri bilan tenglasha olmas edi. Hindiston kundan - kunga xom ashyo manbaiga aylanib bordi. Shu bilan birga dunyo fabrikasiga aylangan Angliyada Hindiston xom ashyosiga zaruriyat oshib bordi. Angliya hukumati Hindistondan tayyor mahsulot olib chiqishni va ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun ko`plab chora tadbirlar olib bordi.
XIX asrning 50 yillariga kelib uzoq davr mobaynida Hindiston taraqqiyotiga to`sqinlik qilayotgan kelishmovchiliklar eng yuqori cho`qqiga chiqdi. Hindistonda Britan hukmronligi o`rnatilishi xalqni kambag’allashtirib, xalq hayotini og’irlashtirdi. Xalq noroziligi kun sayin oshib bordi. Mamlakatda istiqomat qiladigan hindlar va musulmonlarni majburan xristianlik diniga kiritish xavfi paydo bo`la boshladi. Bu xabarning tarhalishiga xristian missionyerlarining keng faoliyati sabab bo`ldi. SHuningdek, feodallarning ham noroziligi oshib bordi. Bunga sabab, Britan agrar soliq siyosati va Maratx knyazi Dalxuzining amalga oshirgan islohotlari edi.
XIX asrning 2 chi yarmiga kelib, Hindiston tobora inglizlarning tayyor sanoat mahsulotlarini sotadigan bozorga hamda xom - ashyo bazasiga aylandi. Inglizlar bu yerda o`zlarining ta`sirlarini o`tkazish uchun bir qator oliy o`quv yurtlariga ham asos soldilar. Ayniqsa, Bombeyda, Kalkutta va Madrasda inglizlarga ta`lim beradigan maktablar ochildi. Maqsad inglizparastlarni ko`paytirish edi. Inglizlar bu yerda o`z hokimiyatlarini saqlash uchun hind erkaklaridan qo`shin yolladilar. Yollangan mahalliy xalq vakillari - sipohiylar deb aytiladi. Maxsus sipohiy garnizonlari vujudga keltirildi, 3 ta katta garnizon bor edi. Bombey, Madras va Bengaliya harbiy garnizonlari. Ular o`zlarining kuchlari, jangovarliklari jihatidan bir necha qismlarga bo`lingan bo`lib, ularning eng zo`ri va ko`p sonlisi Bengaliya otryadi edi. Bengal otryadi sipohiylarining ko`pi rajput va braxman kastalaridan edi. Ular jami 128 ming kishini tashkil etgan. Sipohiylarni jang qilish va qurollarning barcha turlari bilan inglizlar tanishtirgan. Ayniqsa ular artilyeriyadan mo`ljalga o`q uzishni o`zlarining ingliz ustalaridan puxta o`zlashtirganlar.
Sipohiylar har 3 yilda shartnoma asosida olinardi. Ularga oyiga 7 rupiya to`langan. Ularga sud ishlaridan foydalanishga ham imkoniyat berildi. Ularning oilalaridan olinadigan soliq, miqdori biroz kamaytirildi. Lekin, armiyadagi yuqori lavozimlar inglizlar tomonidan egallangan edi. Sipohiylar esa askar yoki zobit bo’lishi mumkin, xolos. Sipohiylar orasida nasliy saralanish hali o`z kuchini yo`qotmagan edi. Bu esa inglizlarning ular ustidan hukmron bo`lishiga imkon bergan. Chunki ingliz oddiy askarlari ham xizmatkor yollash huquqiga ega bo`lgan. Urushlar davrida ularga qul berilgan. Ular askar va zobitlarning yo’qlarini ko`tarish, kiyim-kechaklarini saranjom qilish uchun xizmat qiladi. Inglizlar tomonidan Panjob ishqol qilingach. Inglizlarning sipohiylar bilan munosabatlari ko`zga tashlandi. Ular sipohiylar bilan tuzilgan shartnomalarini buzib, ularga to`lanadigan 7 rupiya bekor qilindi. Sipohiylar polklarini Afqoniston, Birma, Eron, Xitoy hududlariga urushga yubora boshladilar. Bundan g’azablangan sipohiylarning noroziliklari mahalliy tus oldi. 1857 yilgi ularga byerilgan Yangi o`q-dorilar esa ularning sabr-kosalarini to`ldirdi. Chunki bu patronlar, o`q-dorilar yog’i bilan yog’langan bo`lib, ularni ishlatishdan oldin o`sha yog’langan ustki qavatini tish bilan qo`porib tashlash kerak edi. Inglizlarning sipohiylarga nisbatan qilgan bunday yovuz ishlari go`yo ularning musulmonchilik yoki hind e`tiqodlarini sinash uchun atayin qilingandek edi. Ular bu ishdan bosh tortdilar, va inglizlarga qarshi harakatlarning dastlabkisi 1857 yil fevralda boshlandi. 1857 yil martda Kalkutta yaqinidagi Barakpurda namoyish vaqtida sipohiylar polidan Mangal Bandi turib, birin – ketin 3 ingliz ofitsyerini otib tashlaydi. So`ngra o`z tarafdorlarini "haqiqat uchun o`lamiz!" deb kurashga chorladi. Lekin sipohiylar hali yaxshi uyushmagan edi. Shu bois Mangal Bandi yarador holda inglizlarga asir tushib, jazolandi. 1857 yil mayda Dehlida qo`shni Mirut shahrida sipohiylarning 3 ta polki ko`tarildi. 11 mayda sipohiylar ingliz ofitsyerlarini kaltaklab, ularning uy - joylariga o`t qo`ydilar. So`ng tunda Dehliga tomon harakat qildilar. Ularning bu yerga kelganligi yashirin signal orqali xabar qilinadi, bundan xabar topgan ayrim inglizlarning ofitsyerlari qochishga ulgurdilar. Qolganlari esa sipohiylar tomonidan o`ldirilib, "Ost-indiya" kompaniyasiga qarashli barcha muassasalarga o`t qo`yildi. Ingliz boshliqlarining uylari vayron etildi. Bu harakatda hind hunarmand va sipohiylari hindlar va musulmonlar birgalashib harakat qildilar. Qo`zg’olonga Aqmadshoh Baxtxon singari kishilar boshchilik qildi. Ularning shiori: "Inson xudoga tegishli, mamlakat shohga tegishli, hokimiyat harbiylarga tegishli"! Mamlakatda qo`zg’olonchilar kengashi tuzilib, 10 kishi a`zo bo`lib kirdi. Dehlida Mo`g’ullar sulolasining vakili Bahodirshox II ni qo`zg’olonga rahbarlik qilish uchun chaqiradilar. Bahodirshox II bu taklifga majburan rozi bo`ladi. U nomigagina qo`zg’olon rahbari bo`ldi, lekin hokimiyatni Baxtxon boshharib turdi. Dehli ishqol qilingach birinchi darajali siyosiy va harbiy markazga aylandi. Hindistonning markaziy qismi - Jamna va Gangada bu harakatni qo`llab - quvvatlovchi o`choqlar vujudga keldi. Kanpur viloyatida bu qo`zg’olonga tayyorgarlik ko`rishda oxirgi Maratxlar peshvosi Napa soqibning asrab olgan o`qli muhim rol o`ynadi. Chunki Napasoqib sipohiylarning Kanpurdagi polki bilan yashirin aloqada edi. Keyinchalik u qo`zg’olon rahbarlaridan biriga aylandi 4 iyunda Kanpurdagi sipohiylar 2 ta polk bo`lib harakatlarini boshladilar. Ular xazina, qurol aslaqa omborlari va qamoqxonalarga qujum qilib, qamoqdagilarni ozod qildilar hamda ularga qurol berish uchun mamlakatga boshqa polk delegatlari yetib keldi. qisqa vaqt ichida sipohiylar Jxansi knyazligida ham bo`ldilar.
Sipohiylarning qolgan otryadlari Dehliga yordamga ketdi. Qo`zg’olonning muhim o`chog’i Aud bo`lib, u yerdagi harakat tashkilotchilaridan biri mayda feodal Aqmadshoh edi. U inglizlar tomonidan tutib, qamoqqa tashlangan edi. Qo`zg’olonchilar uni ozod qildilar.
Bu harakat Hindiston aholisining ingliz mustamlakachilariga qarshi buyuk ozodlik kurashi bo`lib, bu kurashda sipohiylar harbiy yadro vazifasini o`tadilar. Bu harakat ishtirokchilari bo`lgan keng xalq ommasi maqsadining asosiy negizini faqat mustamlakachilarini mamlakatdan quvish emas, balki mahalliy feodallarning jabr zulmidan batamom qutulish tashkil etardi. Lekin dehqon va hunarmandlarning otryadi yaxshi uyushmaganligi, harakatlardagi tashabbuskorlikning yo`qligi ko`zga tashlandi. Ya`ni bu harakat Hindiston janubida o`z homiylarini topmadi. Mamlakatning Shimoli – g’arbida, Panjobda sipohiylarning alohida, ajratilgan otryadlari harakat boshladi. Lekin ular mahalliy feodallarning yordami bilan inglizlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchradi. Bu yo`lda mustamlakachilarga skixlar va musulmonlar, skixlar va boburiylar o`rtasidagi kelishmovchiliklar qo`l keldi. Mahalliy feodallarning ko`pchiligi inglizlar tomonidan turib harakat qilgani mustamlakachilar ahvolini biroz yengillashtirdi.
1857 - 1859 yillardagi bu qo`zg’olonning yakunlanishi shuni ko`rsatdiki, bu vaqtda hali Hindistonda kelgindilarga qarshi kurashish uchun yagona, umumiy kuch etishmas edi. Chunki feodallarning ko`pi inglizlar tomonidan turib harakat qilardi. Bu harakatda dehqonlar va hunarmandlar tashabbuskorlikni o`z qo`llariga ololmadilar.
Bahodirshox Birmaga surgun qilindi. Uning nevara, o`g’illarini ingliz ofitseri Xok otib tashlaydi. Shuningdek sipohiylar va dehqonlar otryadi tarqoq va uyushmagan edi. Garchand mag’lubiyatga uchragan bo`lsada, 1857 - 1859 yil qo`zg’oloni hind xalqi tarixida muhim o`rin egalladi. Bu qo`zg’olon o`zidan keyingi qo`zg’olonlarga turtki berdi. Qo`zg’olondan keyin Hindistonda ingliz harbiy garnizonlari kuchayib ketdi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Angliya Hindistonni bo`ysundirganidan so`ng uzoq Sharq regionida savdo yo`llari kesishgan nuqtada joylashgan Xitoyni ham bo`ysundirishga harakat qildi.Xitoy Angliya uchun juda katta xom ashyo bazasi bo`lishi mumkin edi. Hokimiyatni boshqarayotgan Tsin (1644 - 1911) sulolasi davrida mamlakatda feodal ekspluatatsiya milliy zulm bilan qo`shilib ketdi. Turk imperiyasi bosqinchilik siyosatini olib borib, 1636 yil ichki Mo`g’uliston, 1757 yil Jung’oriya xonligi, 1760 yil Sharqiy Turkiston, XVIII asr oxirida Tibetni bosib olish hisobiga o`z imperiyasi hududini yangi chegaralar bilan boyitdi. Bu esa Xitoy xalqining ahvolini yanada og’irlashtirdi. XIX asr Xitoy feodal iqtisodining asosini ilgarigidek aholining 90% ini band qilgan qishloq xo`jaligi tashkil qilardi. Dehqonlar faqat qishloq xo`jalik mahsulotlari etishtirib qolmay, balki o`zlariga zarur hunarmandchilik buyumlarini ham yasardilar. Ular etishtirgan qishloq xo`jalik mahsulotlarining ko`pi pomeshchik va feodallarga yerlaridan foydalanganliklari uchun ijara to`loviga , yana oz miqdori ruhoniylarga tegardi. XVIII asr oxiridan boshlab inglizlar Bengaliya qora-dorisini kontrabanda yo`li bilan Xitoyga kirita boshladi. Bengaliya qoradorisi inglizlarning mustamlakalardan oladigan daromadining 7 dan 1 % ini tashkil qilgan. Xitoyda qoradoriga talab kuchli bo`lgan. Zamondosh yilnomachilarning fikricha, XVIII asr oxiri XIX asrning boshlarida Xitoyning oddiy kishisidan tortib qatto imperatorigacha nasha tortish uchun yonida trubka olib yurardi. Odamlar qoradoriga pulni ayamagan. Xitoyda 2 xil pul mavjud edi. Pul birligi - lyan bo`lgan, kumush va mis lyan. Kumush lyan miss lyanga nisbatan 4.7 marta past qadrga ega bo`lgan. Deqqolnlar mis lyan bilan soliq to`laydi. Qoradori esa kumush lyan bilan sotiladi. XVIII asr oxirida 2 ming yashik qoradori kiritilgan bo`lsa, 1824 yilda 12 ming, 1837 yilda 39 ming yashik, 1840 yilda 40 ming yashik qoradori Xitoyga kiritilgan. Bunga qarshi imperator saroyida 2 ta guruh paydo bo`lgan.
1. Tsi - Shan tarafdorlari.
2. Liin Tsai Chen tarafdorlari.
1836 yilda imperator Daugan maxsus edikt chiqargan. Unga binoan qoradori kiritilishi taqiqlab qo`yilgan. 1840 yilning iyunidan 1842 yil avgustiga qadar Xitoy ingliz harbiy to`qnashuvi bo`lgan. Bu tarixga "Birinchi qoradori urushi" nomi bilan kiradi. 1843 - 1844 yillarda ikkinchi qoradori urushi ham bo`lib o`tdi. Biroq u hech qanday siyosiy ahamiyatga ega emas. 1850 yilda bo`lgan qo`zg’olon eng yirik qo`zg’olon bo`lib, u tarixga "Taypinlar qo`zg’oloni" nomi bilan kirgan. Bu harakatning boshliqi Xun - Syu - Tsyuan edi. U 1814 yilda Guanchjouda dehqon oilasida tug’ilgan bo`lib, ota - onasi uni 7 yoshidan boshlab o`sha yerdagi mahalliy maktabga berishadi. 2 yildan keyin uni o`zlarining qishloqdagi maktabga o`qituvchilik qilishga chaqiradilar. 1843 yil u o`qituvchilik qilib yurgan chog’ida bir qancha qadimgi Xitoy mualliflarining asarlari bilan tanishadi. 1837 yil u ilmiy darajaga ega bo`lish uchun imtihon topshiradi. Biroq imtihonlardan o`ta olmaydi. U o`zini Iisus Xristosning kichik ukasi deb e`lon qiladi. U 3 ta diniy falsafiy gimnlar yaratadi:
1. "Dunyoni bilish haqida gimn".
2."Dunyoni uyg’onishi haqida gimn".
3. "Dunyoni saqlab qolish haqida gimn".
Uning g’oyalari negizida tenglik yotadi. Avvalambor, jamiyat a`zolarining tengligi. ijtimoiy tenglik - xotin va yerkaklarning tengligini tushunadi.
U istaydiki, odamlar do`stona yashasin, kambag’al va boylar bo`lmasin, odamlarda oliy axloq bo`lsin, yigitlar va qizlar hayotda bir-birini uyaltirmasin, hammaning bolasi jamoa maktabida o`qisin. Bu g’oyalarni "dunyoni saqlash gimni"da yozgan. 1850 yil iyo’lda Xun - Syu - Tsyuan jamiyatning butun a`zolarini to`plab, ularga barcha uy - joy va mol mulklarini so’tishni va butun oilalari bilan otryadlarga birlashini , ularga butun jamiyat omborlari qisobidan kiyim va egulik berilishini aytdi. Jamiyat a`zolari bilan birga ularga 10 mingdan ortiq boshqa provintsiyadagilar ham kelib qo`shildi. 1850 yil ular hokimiyat armiyasi bilan bo`lib o`tgan qattiq janglardan so`ng g’alabaga erishdilar. 1851 yil 11 yanvarda Xun - Syu - Tsyuanning tug’ilgan kunida Nankindagi Tsainbtyan qishloqi egallandi. Va u yerda Taypinlar davlatiga asos solinadi. Taypin - rohat - farog’at degani. Taypin - tyango - xudoning rohat - farog’at davlati degan ma`noni anglatadi. Xun - Syu – Tsyuan bu davlatning imperatori bo`ladi. Xun - Syu - Tsyuan tarafdorlari ko`paydi. Ularga Vey - Chan - xay, Ish - Da - kay, Yan - Syu -Tsin, va boshqalar kiradi. Bu harakatga qo`shilganlar o`zlarini taypinlar deb ataydi.
Taypinlar soni 100 ming kishiga etadi. Ular kuchli armiya tuzadi. Ular Markaziy Xitoy va bir qator janubiy viloyatlarini egalladi. Armiyaning ichki tuzilishi "byoshlik" bo`linmalardan iborat bo`lib, shu bo`linmalardan 4 tasiga 1 ta komandir bor edi. Har bir boshliqning alohida "kuchli", "botir" kabi nomlari bo`lgan. 5 ta rota polk bo`lgan. Armiya diviziya va korpuslarga bo`lingan. Armiyada qattiq tartib - intizom o`rnatilgan. Bundan tashqari harbiy qismlarni barabanchilar, trubachilar, musiqachilar kuzatib borganlar. Armiya qattiq harbiy tartib asosida qurilgan.Ular jang qilishda qadimgi Xitoy sarkardalarining usullarini qo`llaganlar. Ularning o`zlarining harbiy ustavlari bo`lgan. Taypinlar o`z harakatlari davomida pomeshchiklarning uylarini yondirdilar. Ijara shartnomalarini yondirib tashlaganlar. Pomeshchiklar va chinovniklarni o`ldirib qaydab yuborganlar. Ular boy zodagonlar uylariga kirib, ularning qimmatbaqo jiqozlarini yoqib yubordilar. 1853 yil fevralida taypinlarning mingga yaqin kemasi Yantszi tomonga harakat qiladi. Taypinlar harakatining 2 bosqichi bor:
Muvaffaqiyatli (g’oliblik) davri. 1850 -1856 yillarni o`z ichiga oladi.
1856 yildan boshlab imperator Angliyadan yordam olib taypinlarga qarshi urush boshlaydi. Taypinlar lagerida qarama - qarshilik paydo bo`ladi. Taypinlar davlati 15 yil yashadi. 1850 yildan 1864 yilgacha Taypinlarning qilgan ishlari, jamoa maktablari tashkil qildilar. Bolalarni kiyintirish, boqish jamoa maktabida amalga oshirilgan. Ular odamlarni baravar qilishga behuda zo`r urgan edi.
|