|
1. Radioelektron qurilmalar,video signal modulyatsiyasi
|
bet | 1/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 43,48 Kb. | | #248414 |
Bog'liq praktika 007
KIRISH……..……………….………………………………………….3
|
1
|
Radioelektron qurilmalar,video signal modulyatsiyasi.…………...5
|
2
|
Radio elekrtron xotira chiplarining turlari………………………...11
|
3
|
Signal manbalari va kuchaytirgichlar……………………………..19
|
Xulosa………………………………………………………………….28
|
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..30
|
1.Radioelektron qurilmalar,video signal modulyatsiyasi.
Radioelektron sistemalar
Radiotexnik jarayonlar radiosistemalar yordamida amal- ga oshiriladi. Eng ko‘p tarqalgan radioelektron sistemalarga xabar (signal) tarqatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni kiritish mumkin.
Axborot uzatuvchi qurilmaning struktura chizmasi 1.1- rasmda ko‘rsatilgan.
1.1-rasm. bu yerda:
XM — xabar manbayi; XESA — xabarni elektr signaliga aylantirgich; PCHK — past chastotali kuchaytirgich; M — modu- lator; RCHK — radiochastotali generator; YCHK — yuqori chastotali kuchaytirgich; TA — tarqatuvchi antenna.
Xabar, odatda, elektr tabiatiga ega bo‘lmaganligi sababli (tovush, tasvir va shunga o‘xshash) manbadan xabar elektr signaliga aylantiruvchi qurilmaga beriladi. Radioaloqa ishlarida bu vazifani mikrofon, uzatuvchi televizion kamera va hokazolar bajaradi. Hosil bo‘lgan elektr signali ku- chaytirgichga kuchaytirilgandan so‘ng modulatorga beriladi. Modulatorga generatorda yuqori chastotali elektr tebranish- lari beriladi. Modulatorda yuqori chastotali tebranishlarning biror-bir parametri (amplitudasi, chastotasi yoki fazasi) xabar signaliga aylantiriladi. Bu jarayon modulatsiyalash deb yuritiladi. Modulatsiyalangan yuqori chastotali ku- chaytirgichda kuchaytirilgandan so‘ng u tarqatish uchun antennaga uzatiladi. Uzatuvchi antennadan chiqqan radioto‘lqinlar
|
|
| |