• Sex reglamentatsiyasi
  • Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi




    Download 97,92 Kb.
    bet12/19
    Sana08.04.2021
    Hajmi97,92 Kb.
    #14194
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Tayanch atamalar:

    Ahli davlat, ahli saodat, ahli murod - Boburiylarning hukumatida boshqaruv idoralari.

    Jagir - Musulmon vakillariga harbiy xizmat uchun byerilgan (in`om etilgan) yyer.

    Skix - XVI asrda Boburiylarga qarshi harakat nomi "shogird" degan ma`noni anglatadi.

    Varna - tabaqa, Hindistonda asosan 4 tabaqa bo’lgan.

    Kshatriya - jangchilar tabaqasi.

    Sex reglamentatsiyasi - O’rta asrlarda sex ishlab chiqarishi bo’lib, sanoat rivojiga to’siq bo’lgan.
    Shayboniylar bilan kurashlarda engilgan temuriylardan bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) markazi Qobul bo’lgan Afgoniston davlatini bor edi. 1504 -1526 yillarda u Afgonistonda hukumronlik qildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur 1522 yili Qandaxorni egallaydi. Bu esa o’z davlati chegaralarini Hindiston tomonga kengaytirish imkonini tugdradi. Shu maqsadda u Hindistonga vaqti-vaqti bilan hujum qilib, undagi tabiiy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlarini o’rgana boradi. Nihoyat, 1526 yil aprel oyida Panipat (Dehli yaqinida) bo’lgan 5-jangda u 12 ming qo’shin bilan 100 mingga yaqin askar va 2 mingga yaqin harbiy filga ega bo’lgan Hindiston podshosi Sulton Ibrohim Lo’diyni yengadi va Agra, Dehli, Loxur kabi shaharlarni egallaydi. Bu jangda 50 mingdan ortiq Ibrohim Lo’diyning odamlari va o’z i ham o’ladi. Bobur Hindistonni tashlab ketmadi va mamlakatda qolishga qaror qildi. U 1527 yilning mart oyida Sikri yonida bo’lgan jangda raqibi hind rojasi Rano Sangani ham yengib, butun Shimoliy Hindistonni bo’ysundiradi va Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo’lgan qismini egallab Hindistondagi yangi imperiyaga asos soladi.

    XVII asr boshlarida Hindiston Boburiylar sulolasi hukmronligi ostida edi. Bu imperiyaga Zahiriddin Muhammad Bobur asos solib, Yevropada mazkur davlat "Buyuk Mo’g’ullar imperiyasi" nomi bilan yuritilgan, chunki imperiyaning asoschisi Bobur ota tomonidan temuriylar avlodiga mansub, onasi Kutlug’ Nigorxonim Chingiziylar avlodidan edi.

    Hindistonda Boburiylar sulolasi 1526-1858 yilgacha hukmronlik qiladi. Bobur 1530 yil dekabr oyida vafot etadi. Undan 4 o’gil va 3 qiz farzand qoladi. Bobur farzandlariga bosib olgan mamlakatlarini vafotidan oldin bo’lib beradi. Hindistonni Xumoyunga, Panjobni Mirzo Komronga, Qobul va Qandaxorni Mirzo Askariyga, Badaxshonni Mirzo Hindolga taqsimlab beradi.

    Xumoyun o’z mulkini kengaytirish maqsadidad 1534 yil Gujorat va Beharga yurish qildi. Xumoyun afgon sur qabilasining nufo’zli etakchilaridan Sherxon bilan Chausa va Kanaujda blgan janglarda (1539-1540) maglubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandaxorga, u yerdan esa Eronga shox Taxmasp xo’zuriga qochdi. Shunday qilib Shimoliy Hindiston 1540 yildan 15 yil davomida ya`ni 1555 yilgacha Sherxon va uning avlodlari tasarruffida qoldi. 1555 yil Xumoyun chig’atoy, Afgon, Eron, turkman va kuchmanchi o’zbek qabilalaridan katta qo’shin to’plab, Hindistonga yurish qildi. O’sha yilning iyun oyida Iskandarshox Surni yengib, Dehlini egalladi.

    Boburiylar hukmronligida Hindistonda davlat bir xil boshqaruvda edi. Hukumat tarkibi 3 qismdan iborat bo’lib:

    1. Ahli davlat - bu harbiylarga tayangan. Saroy qorovuli, harbiy xizmatchilari kirgan.

    2. Ahli saodat - eki baxt ahllari - qozi, shayx, ulamo, shoirlar kirgan.

    3. Ahli murod - saroyda xizmat qiladigan qo’shiqchi, sozanda, mashshoqlar kirgan.

    Davlatni idora qilish 4 ga bo’lingan:

    1.Olov - harbiy ishlarni boshqaradi.

    2.Xavo - davlatni - saroy ishlarini boshqaradigan kishilar.

    3.Suv - hokimiyatni may, moddiy ne`mat bilan ta`minlaydigan idora.

    4.Yer - yer ishlarini tartibga soladigan idora.

    Boburiylar hukmronligi davrida barcha yerlarning egasi podshox hisoblangan. Podshox yerlari bilan birga yana yer egaligining keng tarqalgan shakli "jagir". Jagir - bu in`om qilingan yerlar bo’lib, harbiy xizmati uchun musulmon harbiylariga byerilgan. Mamlakatda yana xususiy yer egaligi shakli ham mavjud edi.

    Kelgindi kishilarga Hindistonda yer ijaraga byerilib, hosilning 1/5 qismi, ba`zi hollarda esa 1/7 qismigina ularga tegishli bo’lgan. Sex reglamentatsiyasi, jamoat tartibi saqlanib qolingan. O’rta asr an`analari asosida xo’jalik yuritilib, aholining soni taxminan 150 mln kishi edi.

    Hindlarda aholining 2/3 qismi hindlar bo’lib, ularning e`tiqodlari alohida kitobda jamlangan emas. Ularning e`tiqodlari asosan 4 ta vedada:

    1.Rigveda

    2.Samoveda

    3.Yajurveda

    4.Atharvaveda

    2 ta eposda ("Mahobhorat" va "Ramayana") marsiya, duo, qo’shiqlar tarzida aks ettirilgan. Qishloqlardagi jamoalarda har bir dehqon alohida yer uchastkasidan foydalanardi, yaylovlar esa umumiy hisoblanardi. Dehqonlar birgalashib feodallar foydasiga mehnat qilishar, sug’orish inshootlarini, quduqlar, kanallarni tozalashardi, ho’kizlar yordamida ishlatiladigan charxpalaklar qurishardi.

    Hindistonning butun aholisi kastalarga bo’lingan edi. Bo’lar braxman, kshatriya, vayshi, shudra va boshqalardir. Bir kastadan ikkinchi kastaga o’tishning imkoni yo’q edi. Turli kastalarning a`zolari o’rtasidagi nikohlarga ruxsat berilmasdi. Kashshoklikka va inson sha`nini yerga uruvchi ishlarni bajarishga maxkum etilgan past kasta "moxovlar" kastasi bilan aloqa qilish tamomila takiklangan edi. Eski urf-odatlarga binoan, xatto "moxovlar"ning soyasiga tegib ketish ham boshqa kasta a`zolarini go’yo murdor qilar edi. Hindistonni kastalarga bo’linishini, ularning urf-odatlarini, yurish-turish qoidalarini muhimi mashg’ulotlarining turlarini muqaddaslashtirib qo’ygan. Insonning jamiyatdagi o’rni, uning kasbi kasta bilan va uning ota-onalari shug’ullanib kelgan kasblar bilan oldindan belgilab qo’yilgan. Feodal munosabatlarning hukmronligi saqlab qolinganligi, siyosiy tarqoqlik, ayrim knyazlarga tegishli qabila o’rtasidagi urushlar va diniy adovatlar bularning barchasi Ovropa mustamlakachilari uchun Hindistonni mustamlakaga aylantirishda qulay vaziyat edi.

    XVII-XVIII asrlarda Hindistonda ichki savdo jonlana boshlandi. Hunarmandchilik va savdo markazlari sifatida shaharlarning roli bir muncha oshdi.

    Boburiylar sulolasining oxirgi hukmdorlari davrida imperiyaning zaiflashgani, inqirozga yo’z tutishi Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi, o’zaro ichki nizolarga ya`ni "mu’g’ullar davlatini" qulatish uchun ozodlik harakatlari va boshqa sabablar Boburiylar imperiyasining inqirozga yuz tutganligidan dalolat berardi.

    Boburning imperiyasiga qarshi ozodlik harakatlaridan biri, bu tarixda "Skixlar" harakati nomi bilan kirib qolgan. Bu harakatning asoschisi Nanak bo’lib hisoblanadi. Bu ozodlik harakatining asosiy maqsadi:

    1."Buyuk mo’g’ullar" ya`ni boburiylar davlatini qulatish.

    2.Kastachilik tuzumini bekor qilish.

    3.Hammani tengligini joriy etish.

    4.Yerlarni jamoalarga olib byerish.

    "Skix" so’zining ma`nosi “shogird”. Skixlar harakatining markazi Panjob va Laxor bo’lgan. Bu ozodlik harakati qatnashchilari boshqalardan farq qilish uchun 3 xil metall buyum olib yurganlar. Bular xanjar, braslet, greben. Ular yana uzun soch va soqol qo’yganlar.

    Yevropaliklarning Hindistonda paydo bo’lishi XV asr oxiri va XVI asr boshlariga to’g’ri keladi. Hindiston birinchi marta portugallar tomonidan kashf etildi. Shundan keyin ko’pgina fransuzlar, inglizlar, portugallar, gollandlar kirib kela boshladilar. Bularning asosiy maqsadlari Hindistonni mustamlakaga aylantirishdan iborat edi. Boburiylardan bo’lgan Akbarshox davrida (1556-1609), yani 1600 yilda hind -ingliz shirkati tashkil topdi. Uning raxbarlari Akbarshox bilan uchrashib, ba`zi savdo-sotik imtiyozlarini olishgan. Undan tashqari Akbarshox ingliz qiroli Jeyms I ning elchisi Tomas Runini o’z saroyida kabul qilgan. 1602 yilda inglizlar Hindistonda Ost-Indiya savdo kompaniyasini tuzishdi. Bu kompaniya Hindiston boyliklarini tashib ketuvchi savdo-harbiy tashkilotiga aylandi.

    Jaxongir zamoniga kelib (1609-1627), 1615 yili Tomas Runi Sultonning ishonchini qozonib, u inglizlardan savdo-sotiqda soliq olmaslikka yerishgan. 1616 yili Suropat portini kal’a qilib, o’rab olishga ham ularga ruxsat berilgan. 1640 yil inglizlar Hindiston hududida Boburiylarning ruxsati bilan mustaxkam shahar Kalkuttani barpo qildilar. XVI asr boshlarida Hindistonga frantsuzlar ham kirib keldi. Shu vaqtlarda fransuz lar bilan inglizlarning manfaatlari to’qnash keldi. Fransiya Angliyaning asosiy raqibi bo’lib qoldi. Ammo sanoat va harbiy jixatdan ustunlik Angliyaning galabasini engillashtirdi. Garchi inglizlar fransuz mustamlakachilarini haydab chiqargan bo’lsalarda, Hindiston soxillaridagi kal`alarigina Fransiya qo’lida qoldi. Bu fransuzlarning Hindistonga ancha vaqtgacha ta`sirini o’tkazardi. Shunday qilib, Angliya Hindistonga asta-sekinlik bilan kirib kela boshladi. Hindiston endilikda mustamlakaga aylanishi aniq bo’lib turardi. Angliya dastlab mustamlakachilik harakatini Bengaliyadan boshladi. Ots-Indiya kompaniyasining harbiy xizmatchisi Robert Klayv 1757 yil Bengaliyaga qarshi qo’shin tortadi. Robert Klayv qo’shinlariga qarshi 1757 yil Plessi yonida jang bo’ladi. Bu shiddatli jangda Robert Klayv g’alaba qozonadi. Bengaliya poytaxti Murishobodni egallaydi.

    Inglizlar Hindistonning janubiga qarab 3 marta qo’shin tortadi va Maysur urushlari bo’ladi. Inglizlar bu yerlarni ham egallaydilar. 1773 yil poytaxti Kallikut bo’lgan Hindiston gunural-gubyernatorligi tuziladi. Hindistondagi birinchi general-gubernator qilib Karnouli tayinlangan edi.

    Hindistonda Angliya Bengaliyani, Madras viloyatini, bo’lardan tashqari yirik knyazliklardan: Aud, Banoras, Karnatni o’z iga karam qilib oladi. Fransuz lar Hindistonning Sharqiy soxillaridan butunlay sikib chiqariladi. Inglizlar Hindistonda o’z larini yer egasi deb e`lon qildilar, dehqonlarni feodal solik sistemasi yuli bilan ekspluatatsiya qilishning Osiyoda an`ana bo’lib qolgan usullarini qabul etdilar va mislsiz shafqatsizlik bilan qo’llay boshladilar. Bevosita inglizlarning juda og’ir, vaxshiyona soliklar solishi tufayli yuz bergan 1770 yil ocharchilikda boy va aholisi ko’p Bengaliyaning 10 mlndan ortiqroq xalqi qirilib ketdi. Hunarmandlar ham keng miqiyosda ekspluatatsiya qilindi. XVIII asrning 60-70 yillarida Ost-Indiya kompaniyasining tutgan siyosati shafqatsizligi jihatidan "dastlabki jamg’arilish" tarixining eng jirkanch saxifalaridan birini tashkil qilardi. Bengaliyani bosib olgach, kompaniya uning xazinasini taladi va bengal feodallaridan juda kata kontributsiya oldi, keyinchalik esa Bengaliya aholisiga katta soliqlar soldi. Soliqlar otkup sistemasi yo’li bilan yig’ib olinardi, bu esa boshqa yig’imlar ustiga ustama bo’lib tushardi. Inglizlarning Hindistonda orttirilgan boyligini hind istilosi "qaxramonlari"dan Robert Klayv, Uoren Gastings qabilarning sanoqsiz mol dunyosidan ham bilish mumkin edi. Masalan: Klayv Hindistonni talash natijasida 37 mln funt sterlingini o’zlashtirganida namoyon bo’ladi.

    Hindistonning butun iqtisodi inglizlar manfaatlariga buysundirilgan edi. XVII asrning 2-yarmidan boshlab Hindistondan o’g’irlab olib kelingan xazinalar Angliyaning kapitalistik rivojlanishiga sarf etildi. Bu narsa Hindistonning rivojlanishiga juda kata salbiy ta`sir ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarda Sharq, Osiyo mamlakatlari hisobiga Yevropada yuz bergan "dastlabki jamg’arish" bu ishlab chiqarish kuchlarining vayron bo’lishi va feodal tushkunlikning tobora kuchayishiga sabab bo’ldi. Inglizlar hukmronlik qilgan davrda 12 mlrd so’mlik qimmatbaho narsalar tashib ketilgan. Bu Hindistonning ancha vaqtgacha rivojlanishiga og’ir zarba bo’ldi.

    Hindiston janubidagi kichik knyazliklarni bo’ysundirish XIX asrning o’rtalariga qadar davom etdi. Hindiston Angliyaning xom ashyo bazasiga va sanoat maxsulotlarini sotadigan bozoriga aylandi. Keyinchalik ingliz parlamenti a`zolaridan biri: "Agar inglizlar Hindistonda shu tartibda hukmronlik qilsalar bu yerda 100 yillardan keyin orongutanlar yashaydi", - deb aytgan edi. Inglizlar o’zlarining "Zamindorlik haqida qonun" (1793), "rayyatvari", "maxalvari" kabi tartiblari bilan qishloq xo’jaligi sohasiga ham hukmron bo’lib qoldilar.

    Xullas, mamlakatda Angliyaning salkam 200 yillik mustamlakachilik tartibi o’rnatilib, hind xalqining taqdiri ajnabiylarga bog’lik bo’lib qoldi.



    Download 97,92 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 97,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi

    Download 97,92 Kb.