O'zbek tili va adabiyoti yo′nalishi 1-kurs magistranti Mulloqulova Shohista




Download 395.16 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2024
Hajmi395.16 Kb.
#152607
  1   2   3   4
Bog'liq
Mulloqulova Shohista.maqola tahlili
nir, 5-mavzu, The theme of doctor of philosophy, 20-mavzu, Речь человека представляет собой продукт работы речевого аппарата, Taqdimot, Online-shopping-vs-Traditional-shopping-SV, Sillabus kunduzgi. Innovatsion pedagogika, Konspekt .Nutq uslublari, Abdullayev abdulaziz, Topshiriq IP, Tezislar va ularning turlari, Фиолетовый и Оранжевый Творческий Градиент Краткая Презентация Блиц-Резюме, A1.Ilmiy uslub janrlari. Ilmiy sharh. Kurs ishi., Yusuf Tolibov

O'zbek tili va adabiyoti yo′nalishi
1-kurs magistranti Mulloqulova Shohista


1-maqola:
“Alisher Navoiy g`azallarida frazeologik birliklar inversiyasi”
Maqola bugungi kun uchun ahamiyatli bo′lib, mavzu to`g`ri tanlangan va maqolada maqsad to`g`ri yoritib berilgan. Annotatsiya, kalit so`zlar berilgan.Annotatsiyada aytib o`tilgan ,,Alisher Naviy g`azallaridagi frazeologik birliklarning ikki xil yo`l bilan,ya’ni kontakt hamda distant holda inversiyaga uchrashi’’ maqola matnida to`liq hamda izchil yoritib berilgan.Kirish qismida o`ziga xos tushuntirishlar ilmiy ma’lumotlar orqali berib o`tilgan.Asosiy qismda maqola maqsadi to`liq tushuntirib berilgan.Vazn,qofiya,ritm talablari asosida yuz bergan bu kabi inversiyalar batylar asosida tahlil qilingan.Xulosa tushunarli yakunlangan.Muallifning yutuqlariga kelsak, maqsad to′g’ri qo′yilgan. Plagiatlikka yo′l qo′yilmagan. Mavzuni yoritishda turli adabiyotlardan foydalanilgan va havolalar orqali ko`rsatib berlgan. Uslubiy va imloviy xatolarga yo`l qo`yilmagan.O`zbek tilshunosligida inversiya hodisasi atroflicha o`rganilgan bo`lsa ham,Navoiy g`azallarida frazeologik birliklar inversiyasi masalasini tadqiqot obyekti qilib olish yangilik hamda dolzarblik sanaladi.



2-maqola:


,,O`zbek tilshunosligida undoshlar tasnifini matematik usulda o`rganish’’
Maqola mavzusini o`qishim bilanoq alohida qiziqish uyg`otdi.Maqolada metodika bilan bog`liq yangi tavsiya berilgan.Mavzu to`g`ri tanlangan va izchil yoritilgan.Maqola ilmiy uslubda yozilgan.Maqola kirish,asosiy qism va xulosadan iborat.Kirish qismda ,,Grammatika ikkinchi matematika’’ xususida fikrlar keltirilgan.Asosiy qismda undoshlar tasnifining matemetik ifodalar usulida qanday tushuntirish mumkinligi ko`rsatib berilgan.Darslarda,amaliy mashg`ulotlarda undoshlar tasnifini o`rgatish jarayonida bu kabi yangi innovatsion pedagogic texnologiyalardan foydalanish yuqori samaradorlik berishi,o`quvchining qiziqishi orttishiga sabab bo`lishi ko`rsatilgan.Maqola matematini puxta tushungan fan o`qituvchilari uchun qo`shimcha yangi tavsiya va metodik yordam sanaladi.Muallifning shaxsiy xulosalari berilgan.Umumiy adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilgan,havolalarga murojaat etilmagan.Maqola uslubiy ravon va izchil bayon etilgan.Uslubiy va imloviy xatoliklar mavjud emas.Plagiatlikka yo`l qo`yilmagan.Shaxsan men ham bu usul orqali undoshlar tasnifini o`rgatishni amaliyotda tatbiq etishni maqsad qildim.Ilg`or pedagogik texnologiyalar ta’siri qay darajada bo`lishini kuzatmoqchiman.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 5A111201 -O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi talabasi Mulloqulova Shohista Jamshid qizining magistrlik dissertatsiyasi


Download 395.16 Kb.
  1   2   3   4




Download 395.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbek tili va adabiyoti yo′nalishi 1-kurs magistranti Mulloqulova Shohista

Download 395.16 Kb.