• Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari.
  • Tadqiqotning vazifalari
  • Muammoning o‘rganilganlik darajasi




    Download 395,16 Kb.
    bet3/4
    Sana07.02.2024
    Hajmi395,16 Kb.
    #152607
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mulloqulova Shohista.maqola tahlili

    Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mustaqillik tufayli adabiy meroslarimizni o‘rganishda yangi istiqbolli yo‘llar ochildi. Islomiy manbalar va badiiy adabiyotning o‘zaro munosabatlari haqida adabiyotshunoslikda bir qator ishlar amalga oshirildi. “Devoni Foniy” mavzusida Sadriddin Ayniy, Shoislom Shomuhammedov, Ergashali Shodiyev, Sodir Erkinov, Homidjon Homidiy, Najmiddin Komilov, Rahim Vohidov, Nazora Bekova kabi olimlar tadqiqotlar yaratishgan. H.Karomatovning “O‘zbek adabiyotida Qur’on mavzulari» dissertatsiyalarida hamda Olim Davlatovning “Alisher Navoiyning she’riyatida Qur’on oyatlari va hadislarning badiiy talqini” tadqiqotlarida Navoiy ijodida Qur’on va hadislarning o‘rni hamda ahamiyati haqidagi fikrlar yoritilib berilgan.
    Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsadi Prezidentimizning Xalq ta’limi tizimini hamda Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida aks etgan vazifalarni amaliyotda qo‘llashdan iboratdir. Alisher Navoiyning forsiy she’riyatida Qur’on oyatlarining tutgan o‘rni hamda islomiy g‘oyalarning Navoiy ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashidagi darajasini aniqlashdan iborat.
    Tadqiqotning vazifalari:

    • Alisher Navoiyning forsiy she’riyatida aynan keltirilgan oyat matnlarining manbalarini aniqlash, mazkur baytlarning g‘oyaviy-badiiy mohiyatini ochib berish, asl matnni forsiy misralarda singdirish usullarini belgilash;

    • shoir ijodida badiiy san’atlar yordamida Qur’on oyatlari ma’nosi singdirilgan bayt va misralarni tahlil qilish, ulardagi ma’no qatlamlarini ochib berish, bu she’rlar uchun Qur’on qay darajada asos bo‘la olgani aniqlash;

    • Alisher Navoiy forsiy she’riyatidagi Qur’oni karimda zikr etilgan qissa qahramonlari-payg‘ambarlar, hakimlar hamda zalolatga yuz burgan kishilarning tasvirini tadqiq etish;

    • Alisher Navoiy forsiy she’riyatida komil insonning oliy namunasi bo‘lgan payg‘ambar (s.a.v.)ning siymosini oyatlar yordamida tahlil va tadqiq etish.


    Download 395,16 Kb.
    1   2   3   4




    Download 395,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoning o‘rganilganlik darajasi

    Download 395,16 Kb.