O’zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan o‘zining ehtiyojini to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi




Download 15.2 Kb.
Sana01.04.2021
Hajmi15.2 Kb.
#13855

O’zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan o‘zining ehtiyojini to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli 50% respublikaga tegishlidir.

“O’zbekenergo” AJ energetika sohasida maxsus vakolatga ega bo‘lgan organ bo‘lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini va aholisini markazlashtirilgan holda elektr ta’minoti bilan ta’minlaydi, shunindek respublikaning bir qator shaharlari sanoat va kommunal-maishiy iste’molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish texnologik jarayonining o‘ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektrostansiyalar, magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari bilan birgalikda markaziy boshqaruvni saqlashni taqozo etadi.

“O’zbekenergo” AJ tarkibiga 49 korxona, shu jumladan 36 aksionerlik jamiyati, 6 unitar korxona, 7 mas’uliyati chegaralangan jamiyat kiradi.

2017 yilda “O’zbekenergo” AJ issiqlik elektr stansiyalari tomonidan 52,1 mlrd. kVt elektr energiyasi ishlab chiqarildi, 7,3 mln. Gkal issiqlik eneregiyasi yetkazib berildi va elektr stansiyalarning umumiy belilangan quvvati 14,1ming. MVtni tashkil etadi.

Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan, umumiy uzunligi 8,8 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan 220 - 500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari “O’zlektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Respublika iste’molchilariga elektr energiyasini sotish har bir hududiy tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘n to‘rtta tarqatish-sotish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming. kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kVgacha bo‘lgan podstansiyalar bor.

Respublika iste’molchilariga elektr eneregiyasini yetkazib berish asosan eng sertarmoq kuchlanishga ega 0,4-6-10 kVli uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.

“O’zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajaruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va yordamchi uskunalarini ta’mirlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.

Rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va yuqori malakali xodimlarning mavjudligi “O’zbekenergo” AJga energetika uskunalaridan yuqori darajada fodalanish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish bo‘yicha farmoniga muvofiq “O’zbekenergo” AJ da 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda umumiy qiymati 11 mlrd. AQSh dollariga teng 52 ta investitsion loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosidagi zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishi mkonini beradi.



“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati shuningdek, elektr energiyasini yetkazib berishni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda respublikaning barcha hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Rejalashtirilgan dasturni amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalarni va energiya tejovchi tejamkor uskunalarni joriy etish bilan 10 foizgacha elektr energiyasini yetkazib berish uchun yoqilg‘i sarfini kamaytirish hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga hamda iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirishga, yoqilg‘i va energiya balansini diversifikatsiya qilishga erishiladi. 

Download 15.2 Kb.




Download 15.2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan o‘zining ehtiyojini to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi

Download 15.2 Kb.