• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali direktori v.v.b. O‘.K.Matyokubov
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




    Download 184.5 Kb.
    Sana27.12.2022
    Hajmi184.5 Kb.
    #37177
    Bog'liq
    Direktor tavsiyanoma
    10.Знакомство с жанром басни И А Крылова10, 1481462352 66529 - для слияния, 10 sinf showmessaga oynasi, 7-mavzu Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari., Dilfuza.7lab, 60 test-javobsiz-Def, Таълим кредитлар хакида кискача, 10A-klass 2021-2022 , Doska uchun, Bolaning rivojlanish xaritasi 5-6 yosh, Oliy matematika. 3 jild Yo.Soatov [uzsmart.uz], Trebovaniya k klientu po kreditu 857b5948e6, yyyyyyyyyy, portal.guldu.uz-ORFOGRAFIYA

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
    VAZIRLIGI


    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali



    MINISTRY FOR DEVELOPMENT OF INFORMATION TECHNOLOGIES AND COMMUNICATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
    Urgench branch of Tashkent university of information technologies named after Muhammad al-Khwarizmi




    220100. Urganch sh., Al - Хorazmiy ko‘chasi, 110.


    Tel \ Fax: (998) 62-224-61-32 E-mail: info@ubtuit.uz,
    www.ubtuit.uz
    110., Al - Khorezmi str., 220100, Urgench, Uzbekistan
    Tel \ Fax: (998) 62-224-61-32 E-mail: info@ubtuit.uz
    www.ubtuit.uz



    TAVSIYANOMA

    Ravshanqulov Abbos 2019-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining “Telekommunikasiya” fakulteti “AKT- sohasida kasb ta’limi” yo‘nalishiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Ravshanqulov Abbos hozirda “Telekommunikasiya texnologiyalari ” fakulteti “AKT- sohasida kasb ta’limi” yo‘nalishida 4-bosqichida tahsil olmoqda.


    U TATU Urganch filialining iqtidorli va faol talabalaridan biridir. Filialimizda o‘tkaziladigan barcha ilmiy anjumanlarda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va kechalarda, jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirmoqda.
    Hozirgi kunda 20 dan ziyod ilmiy maqolalar va bir qancha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi guvohnomalari huquq egasi va dasturchisi hisoblanadi.
    “Yil talabasi-2022” tanlovining filial bosqichida "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin g‘olibi.
    2022 yillarda “Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” tanlovining fakultet va filial bosqichining g‘olibi
    2022-yilda “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovida fakultet va filial bosqichida faxrli
    2-o‘rin egalladi.
    2019-2022 yillar davomida TATU Urganch filiali va IT park tomonidan tashkil etilgan turli xil start-up loyihalarda, jumladan “Ideathon”, “Hacathon” kabi loyihalarda turli xil faxrli o‘rinlarni egallagan.
    Ko‘pgina xorijiy OTMlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashrif buyurgan xorijiy ustozlar bilan bevosita muloqot olib borib, tajriba almashish jarayonida o‘zini hamisha ko‘rsatib kelgan yosh talabalarimizdandir
    Abbos sportning basketbol, shaxmat, shashka va stol tennis turlari bilan muntazam shug‘ullanadi. Elektron o‘quv resurslarini yaratish, dasturlash tillari va operatsion tizimlarini o‘rganishga qiziqadi va ularga oid bilimlarini doimiy ravishda TATU Urganch filialida o’zlashtirib kelmoqda.
    Shu kungacha bir qancha “Uzbekcoders” va “Sololearn” kabi xalqaro sertifikatlarga ega va bir qancha loyihalarning muallifidir.
    PZ-2020103078 shifrli “Dorul xikmat val maorif” va “GO TEST” grant a’zosi hisoblanadi.
    U ingliz va rus tillarini yaxshi o’zlashtirgan.
    Ravshanqulov Abbos mutaxassislik fanlari orqali egallagan bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda elektron o‘quv resurslarini yaratmoqda.
    Ravshanqulov Abbos darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv muassasalariga borib ilmiy va amaliy salohiyatini oshirmoqda. U darslik metod va metodikalarini ishlab chiqishni mukammal o‘rganishga harakat qilib kelmoqda.
    Ravshanqulov Abbos filialimiz va fakultetimiz tomonidan beriladigan topshiriq hamda ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida va aniq bajarib kelmoqda.
    Ravshanqulov Abbos kamtarin, samimiy, o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan talabchan, mas’uliyatli talabadir.
    Ravshanqulov Abbos Ravshanqul o‘gli kelajakda telekommunikasiya sohasining yetuk bilimdoni va yurtimizning fidoyi farzandlaridan biri bo‘lib yetishishiga ishonch bildirgan holda uning nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasiga qatnashishga tavsiya qilamiz.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
    TATU Urganch
    filiali direktori v.v.b. O‘.K.Matyokubov


    Download 184.5 Kb.




    Download 184.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

    Download 184.5 Kb.